16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Salomatlik 👁 705

Leyshmanioz – xavfli yuqumli kasallik

Leyshmanioz – xavfli yuqumli kasallik

Leyshmanioz – odam va hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasallik boʻlib, uni bir hujayrali parazitlar – leyshmaniyalar keltirib chiqaradi. Kasallikning asosiy tarqatuvchilari ignali chivinlar (iskabtoparlar) boʻlib, ular kasallangan odam yoki hayvon qonini soʻrib, infektsiyani sogʻlom organizmga yuqtiradi. Leyshmanioz ichki organlar va teri shakllarida kechib, ogʻir asoratlarga sabab boʻlishi mumkin.

Ichki organlarni zararlovchi shaklida leyshmaniyalar jigar, taloq va limfa tugunlariga joylashib, kasallik koʻpincha 1-5 yoshli bolalarda kuzatiladi. Harorat 39-40 darajagacha koʻtariladi, teri oqaradi, limfa tugunlari shishadi va bemor holsizlanadi. Davolanmasa, organizm jiddiy intoksikatsiyalanib, xavfli asoratlar rivojlanishi mumkin. Teri leyshmaniozi esa chivin chaqqan joyda yara paydo boʻlishi bilan boshlanadi. Inkubatsion davri 1-4 hafta davom etadi, baʼzan 1,5-2 oyga choʻziladi. Yaralar uzoq vaqt bitmaydi va chuqur chandiq qoldiradi. Odatda, bir marta kasallangan insonda mustahkam immunitet shakllanadi.

Kasallikning keng tarqalishiga bir qancha omillar sabab boʻladi. Ignali chivinlar asosan yoz va kuz faslida faollashib, axlatxonalar, daraxt kovaklari, pol osti va choʻl hududlarda koʻpayishi mumkin. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi, chiqindilarning toʻplanishi va iflos muhit chivinlar sonining ortishiga olib keladi. Shuningdek, daydi itlar, boʻri va tulkilar ham infektsiya manbai boʻlib, ular chivinlar orqali virusni tarqatish ehtimoli yuqori.

Leyshmaniozdan himoyalanish uchun bir qator profilaktik choralar koʻrish zarur. Chivinlarga qarshi kurashish maqsadida derazalarga himoya torlari oʻrnatish, insektitsid vositalardan foydalanish va chivinlar koʻpayadigan joylarni dezinsektsiya qilish muhim. Sanitariya va gigiyena talablariga rioya etish – chiqindilarni oʻz vaqtida yoʻq qilish, hovli va koʻchalarni toza saqlash, aholi yashaydigan hududlarni dezinsektsiya qilish kasallik xavfini kamaytiradi. Shuningdek, shaxsiy himoya choralariga amal qilish – chivin chaqishiga qarshi sprey va malhamlardan foydalanish, kechqurun tanani yopiq kiyimlar bilan himoyalash samarali hisoblanadi.

Kasallangan hayvonlarni nazorat qilish ham muhim. Daydi it va mushuklarni veterinariya tekshiruvidan oʻtkazish, leyshmanioz tashuvchisi boʻlishi mumkin boʻlgan hayvonlarni nazorat ostiga olish infektsiya tarqalishining oldini olishga yordam beradi.

Leyshmanioz oʻz vaqtida tashxislanmasa, ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yuqtirish xavfi mavjud hududlarda ehtiyotkorlik choralariga qatʼiy rioya qilish talab etiladi. Agar chivin chaqqan joyda yara paydo boʻlsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

T. Atamuratov, Amudaryo tumani SEO va JSB Parazitologiya boʻlimi mudiri.

A.Allayarov, entomolog.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019