16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:09
Salomatlik 👁 844

Qonunchilik palatasi deputati tibbiyot muassasalariga tashrif buyurdi

Qonunchilik palatasi deputati tibbiyot muassasalariga tashrif buyurdi

Bugungi kunda deputatlarning oʻz faoliyatiga masʼuliyat bilan yondashuvi barobarida odamlarning ham xalq vakiliga boʻlgan ishonchi ortmoqda. Xususan, deputatlarning joyiga chiqqan holda, hududlardagi mavjud muammolarni oʻrganib, hal etishi, muammolarga samarali yechim topishi, xalqning ichiga kirib borishi esa yurtdoshlarimizning mamlakatimiz siyosiy hayotiga va siyosiy partiyalar faoliyatiga boʻlgan ijobiy koʻz qarashining shakllanishida muhim omil boʻlmoqda.

Ayni kunlarda deputatlar tomonidan saylovchilarning muammolarini oʻrganish va ijobiy hal etish borasida joylarda amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzosi Sayyora Imamova Amudaryo tumanida boʻldi. Tashrif doirasida deputat saylovchilar bilan uchrashdi va hududdagi mavjud muammolarni, jumladan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va korruptsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va tuman Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi faoliyatining holatini oʻrgandi.

Dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sayyora Imamova Amudaryo tumani Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida bemorlar va shifokorlar bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida shifokorlarning ish faoliyatida uchraydigan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik, kasalliklarga toʻgʻri tashxis qoʻyish va oʻz vaqtida kasalliklarning oldini olish, davolash, bemorlar bilan toʻgʻri muloqot qilish, bemorlar tomonidan bildirilayotgan eʼtirozlarni inobatga olib, ularga toʻgʻri yechim topish kabi bir qator masalalar boʻyicha fikr va tavsiyalar berib oʻtildi.

Shuningdek, deputat ushbu poliklinikada tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun aholiga yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi. Oʻrganishlar davomida nikohdan oʻtishdan avval poliklinikaga tibbiy koʻriklardan oʻtish maqsadida kelgan yoshlar bilan ham fikr-mulohazalar almashildi. Ularga nikohdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtishning ahamiyati, qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning salbiy jihatlari, sogʻlom va barkamol farzandni dunyoga keltirishda tibbiy koʻriklarning muhimligi haqida jarayonda ishtirok etayotgan shifokorlar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, sohada korruptsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishildi.

Shundan soʻng, deputat Sayyora Imamova Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi Tugʻruq boʻlimida boʻlib, u yerdagi bemorlar va shifokorlar bilan muloqot qilib, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat holatini koʻzdan kechirdi.

Maʼlumki, mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylandi. Xususan, ayollar va oʻsmir qizlarni sogʻlomlashtirish va boʻlajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish, onalar salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiyot maskanlarida “Ayollar maslahatxona”lari, qizlar salomatligi boʻlimlari tashkil etilgan. Aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish, tizimli patronaj bilan qamrab olish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan choralar oʻz natijasini bermoqda. Yurtimiz shahar va qishloqlarida zamonaviy shart-sharoitlarga ega tugʻuruqxonalar qad rostlamoqda.

Deputat yosh onalar bilan dildan muloqot qilib, ularning boʻlimda yaratilgan sharoitlardan qay darajada roziligi, shifokorlarning muomala madaniyati qanday ekanligi va dori-darmonlar oʻz vaqtida yetkazilib berilayotgani bilan qiziqdi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar ham holati koʻzdan kechirilib, ularning kelgusida sogʻlom va barkamol, komil insonlar boʻlib voyaga yetishiga tilakdoshlik bildirildi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026