16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Salomatlik 👁 701

Dorixonalar faoliyatini tartibga solish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Dorixonalar faoliyatini tartibga solish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Respublikamizda soʻnggi yillarda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika muomalasini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Aholini sifatli, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan taʼminlashni yanada yaxshilash hamda farmatsevtika mahsulotlari muomalasini tartibga solish jarayonlari takomillashtirilmoqda.

Shu bilan birga, farmatsevtika sohasini isloh qilish, farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni takomillashtirish va dorixonalar faoliyatini tartibga solishga masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida ushbu masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Maqset Utepbergenov, tuman Soliq inspektsiyasi boshligʻi oʻrinbosari Islom Yusupov hamda tumandagi dorixona faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Unda departamentning tuman boʻlimi boshligʻi Maqset Utepbergenov tomonidan dorixonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati xususida, ushbu yoʻnalishda kelib chiqishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tushunchalar berildi.

Taʼkidlanganidek, dorixonalar faoliyatini rivojlantirish maqsadida qator farmon va qarorlar qabul qilinib, xalqimizning sogʻlom va uzoq umr kechirishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, tizimdagi toʻsiqlar bartaraf etilmoqda.

Aytish joizki, tibbiy xizmatlar koʻlami va sifatini oshirish, fuqarolarni sifatli hamda arzon dori vositalari bilan taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar ushbu sohaga dolzarb masala sifatida qaralayotganidan dalolat beradi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, olib kirish va aylanmasini hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish hamda qonuniy aylanishini taʼminlash, shuningdek, ushbu mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish maqsadida imzolangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim dasturulamal boʻlmoqda.

Mazkur qaror bilan Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalari va tibbiy buyumlarni guruhlarga boʻlinishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022-2025-yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilgan hamda majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar turlari koʻrsatilgan.

Shuningdek, yigʻilishda Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari asosida litsenziya talablariga rioya qilish zarurligi xususida soʻz yuritildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019