16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Qishloq xoʻjaligi 👁 334

ILGʻOR TOMORQAChINING IBRATLI TAShABBUSI VA TAJRIBASI

ILGʻOR TOMORQAChINING IBRATLI TAShABBUSI VA TAJRIBASI

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish, ilgʻor tomorqa yer egalarining ish tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli bugungi kunda tomorqa nafaqat moʻl-koʻl daromad manbai, balki ziroatchilik boʻyicha haqiqiy tajriba maydoniga aylanib bormoqda. Qishloq xoʻjaligi sohasiga doir yangiliklar va tajribalarni oʻz faoliyatiga tatbiq etib, tomorqa xoʻjaligini tom maʼnoda ziroatchilik fabrikasiga aylantirgan, qishloqda dehqonchilik madaniyatini yuqori darajaga koʻtargan, oʻzlarining yangi-yangi tashabbuslari bilan mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshayotgan tomorqa yer egalari talaygina.

Amudaryo tumanining Xolimbeg qishlogʻida istiqomat qiluvchi ilgʻor tomorqachi Erkin ogʻa Qoʻshayev ana shunday fidoyi dehqonlardan. Uni bugungi kunda nafaqat Amudaryo tumanida, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining aksariyat tumanlarida juda yaxshi bilishadi. Chunki Erkin ogʻa Qoʻshayev tomorqa xoʻjaligida mavsumiy ekinlardan, mevazor bogʻi, uzum toklaridan sifatli va yuqori hosil olishdan tashqari, mevali daraxtlar, poliz va sabzavot ekinlarining tabiiy iqlim sharoitiga mos navlarini yaratish orqali tomorqa xoʻjaligi imkoniyatlarini oʻz mehnati bilan amalda namoyon etib, kaftdek yerdan zar undirayotganlardan.

Erkin ogʻa Qoʻshayev uchun joriy yilgi dehqonchilik mavsumi juda barakali boʻldi. Uning shaxsiy tashabbusi bilan Amudaryo tumanida ilk bor kartoshka urugʻchiligi amaliyoti boshlandi. Mamlakatimizda yoʻlga qoʻyilgan, mahalliy iqlimga mos, sifatli urugʻchilik mahsulotlari yetishtirish tizimiga munosib hissa qoʻshish maqsadida u erta bahorda tomorqa yerining 10 sotix qismiga 300 kilogramm "Toshkent" navli urugʻlik kartoshka ekdi. Oʻz vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik chora-tadbirlar tufayli ekilgan urugʻ toʻliq unib chiqdi va 3,4 tonna hosil olindi.

– “Toshkent" navi bizning tez oʻzgaruvchan tabiiy iqlim sharoitimizga juda mos, — deydi Erkin ogʻa Qoʻshayev. — Serhosil, kasalliklarga chidamli, toʻyimlilik darajasi yuqori, vitaminlarga boy. Uni tumanimizning barcha hududlaridagi tomorqa yerlariga, hatto fermer xoʻjaliklarining katta-katta maydonlariga ham ekish mumkin.

Kartoshkachilikda "Amudaryo tajribasi" sifatida eʼtirof etilayotgan, ilgʻor tomorqachi Erkin Qoʻshayev tashabbusi bilan tomorqada amalga oshirilgan kartoshka urugʻchiligi boʻyicha tajriba tomorqadan samarali foydalanish va qisqa muddatda yuqori hosil olish mumkinligini isbotladi va amudaryolik tomorqachilarda katta qiziqish uygʻotib, mahalliy darajadagi yangi yoʻnalishni boshlab berdi.

Ayni paytda tumanda soha mutaxassislari tomonidan maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, kelgusi dehqonchilik yilidan boshlab tumanning barcha hududlaridagi fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ushbu tajribani amaliyotga tatbiq etish koʻzda tutilgan. Shuningdek, xolimbeglik ilgʻor tomorqachi Erkin ogʻa Qoʻshayev tomorqasida amalga oshirilgan kartoshka urugʻchiligiga oid ushbu tajribaning Respublika miqyosidagi ahamiyati mutaxassislar tomonidan alohida eʼtirof etilib, "Amudaryo tajribasi"ni Qoraqalpogʻiston Respublikasining boshqa hududlarida ham tatbiq etish rejalashtirilmoqda.

"Toshkent" navli kartoshka yetishtirishdagi iqtisodiy va agrotexnik ustunliklar, xususan, kartoshkaning serhosilligi, kasalliklarga va Qoraqalpogʻistonning tabiiy iqlim sharoitiga moslanuvchanligi, tezpisharligi dehqonlarga juda manzur boʻlmoqda va mazkur yoʻnalishda infratuzilma, tadqiqotlar hamda xalqaro tajribalar uygʻunligida ish olib borilmoqda. Xolimbeglik ilgʻor tomorqachi Erkin ogʻa Qoʻshayev esa kelgusi dehqonchilik mavsumida "Toshkent" navli kartoshka urugʻchiligi yoʻnalishida ham bahorgi, ham kuzgi mavsumlarda kartoshka yetishtirishni rejalashtirgan.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019