16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Jamiyat 👁 275

MATBUOT SOHASINING FIDOYISI

MATBUOT SOHASINING FIDOYISI

EʼTIROF VA EHTIROM

Matbuot sohasi jonkuyarlarining hayoti va faoliyatiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularning koʻpchiligi haqiqiy ijodkor sifatida shakllangunlariga qadar imkoni boricha hayotni kengroq oʻrganishga harakat qilganlarining guvohi boʻlamiz. Bu toifa ijodkorlar haqiqatan ham u yoki bu masalalarga oydinlik kiritishda yoxud muammoli masalalarni hal etishda qiyinchiliklarga duch kelishmaydi, ijodiy ishlarining har bir sahifasida hayot haqiqatlari aks etib turadi.

Taʼbir joiz boʻlsa, koʻplab yoshlarning sevimli ustozi, "Shuhrat" medali sohibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Allambergan Jumaniyozov ana shunday jurnalistlar toifasidan. Otaxon jurnalist oʻzining ishchanligi, haqiqatparvarligi, tashabbuskorligi bilan ibratga munosib ijodiy tajriba maktabini yaratgan, qoraqalpogʻistonlik jurnalistlarga hamisha namuna boʻlib kelgan inson sifatida qadrlanadi.

Allambergan Jumaniyozov ayni paytda 75 yoshga toʻldilar. Oʻz hayotini xalqqa maʼnaviyat ulashishdek sermashaqqat va sharafli kasb — jurnalistika sohasiga bagʻishlagan otaxon jurnalist hamisha xalqqa intilib, ularning tashvish va muammolariga yelka tutib yashadi va ana shu fazilati uning hayot mazmuniga aylangan.

HAYoT TAJRIBASI VA IJOD YOʻLI

Ilk mehnat faoliyatini 1966-yilda Xorazm viloyati 167-qurilish trestida oddiy ishchi boʻlib ishlashdan boshlagan Allambergan Jumaniyozov to haqiqiy ijodkor sifatida shakllangunga qadar turli vazifalarda ishladi: elektromontyor, sobiq ittifoq armiyasi safida oddiy askar, harbiy xizmatdan soʻng aloqa boʻlimi boshligʻi, teploxodda ishchi-matros, hatto paxta terish mashinasi mexanizatori kabi kasblarni mukammal egallash bilan birga hayotni, turfa xulq-atvorli insonlarni puxta oʻrgandi. Bularning barchasi unga jurnalist sifatida ijodiy faoliyatini boshlaganida hayotiy tajriba sifatida qoʻl keldi.

Ustoz jurnalist Toshkent Davlat (hozirgi Oʻzbekiston Milliy) Universitetini jurnalist ixtisosi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlab, 1975-1984-yillarda Amudaryo tumani "Amudaryo haqiqati" gazetasi tahririyatida muxbir, masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1984-yildan 1995-yilgacha Amudaryo tumani partiya qoʻmitasida konsultant, boʻlim mudiri oʻrinbosari, Xalq deputatlari A. Temur nomli ovul Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, tuman Kengashi ijroiya qoʻmitasi tashkiliy boʻlim mudiri, Amudaryo tuman hokimligi tashkiliy boʻlim mudiri kabi masʼuliyatli vazifalarda ishlab, xalqqa halol va sidqidildan xizmat qildi. U qayerda, qaysi lavozimda ishlashidan qatʼi nazar, oʻzining sevimli mashgʻuloti — ijod qilishdan aslo toʻxtamadi.

U 1995-yilda tamoman yangi davr va yangi sharoitda ijod maydoniga qaytdi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrining oʻziga xos sinovlari matbuot sohasiga ham oʻz muhrini bosgan bir davrda u tuman gazetasi muharrirligini qabul qilib oldi.

Tahririyat ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda, qolaversa, tuman hokimligining qoʻllab-quvvatlovi bilan gazeta obunachilarini koʻpaytirish, tahririyatda pullik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish choralari koʻrildi. Natijada tahririyat 1996-2005-yillarda gazetaning poligrafik ijrosi va adadi, obunachilarining geografik qamrovi kengligi jihatidan Qoraqalpogʻiston miqyosida ilgʻorlar safidan joy oldi. 2001-yilda Respublika Joʻqorgʻi Kengesining matbuot sohasiga bagʻishlangan maxsus majlisida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi eng sifatli va eng namunali tuman gazetasi deb eʼtirof etildi.

TADBIRKOR JURNALIST VA MUNOSIB EʼTIROF

Oʻz kasbiy faoliyatiga boʻlgan mehr va yangiliklarga intilish hissi Allambergan Jumaniyozovni matbuot sohasining tadbirkori sifatida shakllantirdi. U 1998-yilda Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Amudaryo tuman xotin-qizlar qoʻmitasining nashri — "Sadoqat gulshani" gazetasiga asos soldi.

1999-yilda mamlakatimiz mustaqilligining 8 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumanida oʻtkaziladigan seminar-kengashiga bagʻishlab "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani" deb nomlangan rang-tasvirli suratli albomni chop qildirdi. Tadbirkor jurnalist 2003-2005-yillarda Mangʻit paxta tozalash zavodi — "Yulduz" hissadorlik jamiyatining "Hamroz" adabiy-badiiy, ijtimoiy va tarjima gazetasini tashkil etib, Qoraqalpogʻiston Respublikasining yettita tuman va shaharlariga obuna yoʻli bilan tarqatishga erishdi.

Allambergan Jumaniyozov nafaqaga chiqqach ham ijoddan koʻngil uzib ketmadi. U 2011-yildan 2020-yilga qadar "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyatida masʼul kotib, maxsus muxbir lavozimlarida faoliyat olib bordi. Keyinchalik 2021-2023-yillarda tumandagi 56-sonli maktabda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi vazifasida ishlab, maktab oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga, ona Vatanga muhabbat, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshdi.

Otaxon jurnalist Allambergan Jumaniyozov hamon tetik, bardam va baquvvat. Ayni paytda Boy ovul MFY raisining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida deyarli har kuni xalq orasida. Shu bilan birga, oʻzi uchun qadrdon boʻlib qolgan "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyatida ham tez-tez boʻlib, ijodiy jamoaga, shogirdlariga qimmatli maslahatlar berib, yangi gʻoyalar sari ruhlantirib turishdan aslo charchamaydilar.

Tinib-tinchimas fidoyi ustoz, "Shuhrat" medali sohibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Allambergan Jumaniyozovning el-yurt farovonligi, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida kelajakka ishonch, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini singdirish borasidagi samarali mehnatlari davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etildi. Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan otaxon jurnalist 1-Darajali "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Biz otaxon jurnalist, koʻplab yoshlarning sevimli ustozi Allambergan ota Jumaniyozovni, avvalo umrining qutlugʻ 75 yillik dovoni bilan hamda 1-Darajali "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni bilan chin dildan muborakbod etamiz. Yana uzoq yillar ijod maydonida dadil odimlab, shogirdlar bilan birgalikda qalam tebratish nasib etsin, hamisha xalq nazarida yashab, nevara-chevaralarning kamolini koʻrish baxtiga musharraf boʻling, deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019