16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Fan va taʼlim 👁 800

INFORMATIKA FANINING BILIMDONI

INFORMATIKA FANINING BILIMDONI

Insonning shaxs sifatida shakllanishida u oʻsib-ulgʻaygan oila muhitining oʻrni muhim ahamiyatga ega. Amudaryo tumanining Bosuv mahallasida, ziyoli oilada tugʻilib-oʻsgan Jamshid Rajabov feʼlidagi jamiki goʻzal fazilatlarning barchasi, eng avvalo, ota-onasidan, qo­laversa, tinch va osuda oila muhitidan “yuqqan”.

Oilada 3 nafar farzandning kattasi boʻlgan Jamshid bolaligidan qatʼiyatli, atrofidagilarga mehribon, ilmga intiluvchan boʻlib oʻsdi. Maktabda aʼlochi oʻquvchi, oilada ukasi va singlisiga mehribon, ota-onasiga yaqin yordamchi boʻlgan qahramonimizga “yaxshi bola” deb taʼrif berishganlarida, mahalladoshlari albatta, ota-ona­sini tilga olishadi: “otaga qarab oʻgʻil, onaga qarab qiz ulgʻayadi, ota-ona­si yaxshi odamlar-da” deya havas qilishadi.

TALABALIKDAN USTOZLIKKA

Bosuv mahallasidagi 26-sonli maktabda informatika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlovchi Akbarali Shomurodov hamda ushbu maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulsevar Kamolovalarning toʻngʻich farzandi boʻlgan Jamshid hali 1-sinfga qadam qoʻymasidan oldin dadasi bilan oila davrasidagi suhbatlar orqali informatika fanining moʻʼjizaviy olami haqidagi ilk tasavvurga ega boʻldi. U ulgʻaygan sari ana shu tasavvurlar qalbida bu fanga nisbatan mehr va ishtiyoq uygʻotdi va butun vujudi bilan informatika olamining moʻʼjizalari ichida yashay boshladi.

Umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatgan Jam­­shid Rajabov Qoraqalpoq Davlat Universitetining amaliy matematika fakul­tetiga oʻqishga kirdi.

Intiluvchan va tirishqoq, oʻz ustida ishlashdan, oʻqib-izla­nishdan aslo charchamaydigan Jamshid Universitet ilmiy pedagogika jamoasining eʼtiboriga tushdi. U talabalik davridayoq oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha 2022-2023-yillarda, bir vaqtning oʻzida ham oʻqib, ham Universitetning Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi kabinet boshligʻi vazifasida faoliyat olib bordi. Mazkur kabinet rahbari sifatida tengdosh talabalarga algoritmlash va dasturlash texnologiyalari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdi. 2024-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan Jamshid Rajabov bilimini boyitish, oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar, yangi gʻoyalardan xabardorligini oshirish maqsadida bakalavriat tahsilidan soʻng 2024-yilda Universitetning Kompyuter tizimlari va ularning das­turiy taʼminoti mutaxassisligi boʻyicha magis­traturaga oʻqishga kirdi.

YuTUQLAR VA MUVAFFAQIYaTLAR

Ayni paytda Jamshid Rajabov magistratura tahsili bilan birga Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 26-sonli maktabda oʻquvchilarga informatika fanidan saboq berib kelmoqda. U bir vaqtning oʻzida Qoraqalpoq Davlat Universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasida amaliyotchi-oʻqituvchi sifatida ham faoliyat olib bormoqda.

Qaysi sohada boʻlmasin, oʻz kasbining fidoyisi, bilim­doni boʻlgan insonlar hamisha qadrlanadi. Jamshid Rajabov ham yosh boʻlishiga qaramasdan oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha nafaqat 26-sonli maktab jamoasi, balki Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi taʼlim-tarbiya muassasalari pedagogika jamoalarining hurmat va eʼtiborini qozongan bilimdon, izlanuvchan oʻqituvchi sifatida eʼtirof etiladi. Boisi, oʻzining pedagogik faoliyatini boshlaganiga endi ikki yil boʻlgan yosh mutaxassis qisqa fursat ichida, 2024-yilgi kuzgi attestatsiya natijalariga koʻra 2-toifali, 2025-yilgi bahorgi attestatsiyada esa 1-toifali oʻqituvchi maqomiga erishdi. 2024-yilda ing­liz tilidan B2 darajadagi, 2025-yilda esa informatika fani boʻyicha xalqaro darajadagi sertifikatlar sohibi boʻldi.

HURMAT VA EHTIROM

Jamshid Rajabov amaliyotchi-oʻqituvchi sifatida Qoraqalpoq Davlat Universiteti ilmiy jamoatchiligi tomonidan alohida eʼtibor va eʼtirofga sazovor boʻlgan bilimdon mutaxassislardan. Uning saʼy-harakatlari bilan Universitetning bitiruvchi bosqich talabalaridan iborat jamoa informatika va axborot texnologiyalari yoʻnalishida bitiruvchi talaba-yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiadada faol ishtirok etishib, Qoraqalpogʻistonda faxrli 1-oʻrinni, Olimpia­daning Oʻzbekiston Respub­likasi bosqichida 5-oʻrin­ni egalladilar.

Yaqinda Jamshid Rajabov shaxsiy yutuqlari haqidagi yon daftarchasiga yana bir muvaffaqiyatini qayd etib qoʻydi: informatika va axborot texnologiyalari fanidan oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiadada tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida 1-oʻrinni egallab, mazkur olimpiadaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.

Oramizda oʻz kasbining fidoyilari juda koʻp. Ularning barchasiga qalbimda cheksiz hurmat va ehtirom saqlagan holda oʻz hayotini taʼlim-tarbiya sohasining barqaror rivoji, yosh avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, vatanparvar va xalqparvar, bilimdon insonlar qilib tarbiyalashdek nihoyatda masʼuliyatli va sharafli ishga bagʻishlagan, qalblarini kelajakka daxldorlik tuygʻusi bilan ziynatlagan Jamshid Rajabov va u kabi fidoyi oʻqituvchi va murabbiylarga chin dildan taʼzim qilaman. Zotan,

Ulardir hayotning chin meʼmorlari,

Feʼlimiz keng qilgan, tilimiz shirin.

Parvozga shaylagan lochin-sorlari,

Obod etayotir Ona Yurt bagʻrin!

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019