16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:27
Salomatlik 👁 130

Quturish kasalligi tarqalishining oldini olish boʻyicha maxsus taktik-oʻquv mashqi oʻtkazildi

Quturish kasalligi tarqalishining oldini olish boʻyicha maxsus taktik-oʻquv mashqi oʻtkazildi

Amudaryo tumanida “Odamlar va hayvonlar oʻrtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olish” mavzusida maxsus taktik-oʻquv mashqi oʻtkazildi. Mashq Mangʻit shahridagi Olmazor mahallasi hududida tashkil etilib, quturish kasalligiga doir favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish davlat quyi tizimi Amudaryo tumani boʻgʻinining oʻzaro hamkorlikdagi harakatlari amalda namoyish etildi.

Maxsus taktik-oʻquv mashqi 3 bosqichda oʻtkazildi. Birinchi bosqichda mahalla hududidagi oʻyingohda tegishli xizmatlarning saf koʻrigi tashkil etildi. Masʼullar aholi oʻrtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha kerakli kuch va vositalarning shayligini koʻrikdan oʻtkazdilar. Har bir xizmat oʻz funktsional vazifasidan kelib chiqib amalga oshirishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni aniq belgilab oldi.

Ikkinchi bosqichda mahalla hududidagi 82-sonli maktab binosida koʻrgazmali oʻquv seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda “Aholi oʻrtasida quturish kasalligi tarqalishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi, ularning oldini olish va bartaraf etishda davlat quyi tizimining ahamiyati” mavzusida maʼruzalar tinglandi.

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi masʼullari hududda quturish kasalligining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar haqida axborot berib, kasallikning yuqish yoʻllari va himoya choralari yuzasidan tushuntirishlar berdilar.

Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari “Quturish kasalligining kelib chiqishi, klinikasi, davolash va profilaktika usullari” mavzusida maʼruza qildilar. Ularda quturish virusli yuqumli kasallik ekani, asosan zararlangan hayvon tishlashi yoki tirnalishi orqali yuqishi, markaziy asab tizimini zararlashi va oʻz vaqtida davolanmasa oʻlimga olib kelishi mumkinligi alohida taʼkidlandi. Shu bois, har qanday tishlanish holatida zudlik bilan tibbiy muassasaga murojaat qilish zarurligi qayd etildi.

Amudaryo tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari hududda quturish kasalligi boʻyicha mavjud vaziyat, uy hayvonlarini muntazam emlash va nazorat qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdilar.

Mashgʻulotning uchinchi bosqichida quturish kasalligiga gumon qilingan bemor aniqlangan holatda xizmatlarning amaliy harakatlari namoyish etildi. Tibbiyot birlashmasida yuqumli kasalliklar shifokori gumon qilingan fuqaroni qabul qilib, quturishga xos klinik belgilarni aniqladi va tegishli tibbiy muolajalarni boshladi. Belgilangan tartibga muvofiq, holat yuzasidan tezkor axborot uzatildi.

Sanitariya-epidemiologiya boʻlimi epidemiolog-shifokori jabrlangan hududda epidemiologik anamnez yigʻdi. Veterinariya xodimlari bemorga jabr yetkazgan hayvon va hududdagi boshqa uy hayvonlarini tekshiruvdan oʻtkazib, 10 kunlik nazoratga oldilar. Quturish tashxisi tasdiqlangan taqdirda amalga oshiriladigan choralar ham koʻrgazmali ravishda namoyish etildi. Obodonlashtirish boshqarmasining qarovsiz hayvonlarni tutish brigadasi tomonidan hayvonni ushlash va maxsus nazorat joyiga yetkazish jarayoni amalda koʻrsatib berildi.

Soʻnggi bosqichda oʻquv mashgʻulotining yakunlari muhokama qilindi. Yigʻilishda ishtirokchilarning kamchiliklari koʻrsatilib, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, xizmatlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarga tezkor va muvofiqlashgan tarzda javob qaytarish muhim ekani alohida taʼkidlandi.

Mazkur maxsus taktik-oʻquv mashqi aholi salomatligini muhofaza qilish, quturish kasalligi tarqalishining oldini olish va sohalar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida muhim amaliy qadam boʻldi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019