16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Jamiyat 👁 2,749

RAHMAT VA MAGʻFIRAT OYI

RAHMAT VA MAGʻFIRAT OYI

Alloh taolo Ramazoni sharif oyida kishilarni hidoyat sari boshlovchi, insoniyatga baxt-saodat yoʻllarini koʻrsatuvchi Qurʼoni karimni nozil qilgan. Shuning uchun bu kunlarni kechalari toat-ibodatda qoim, kunduzlari roʻzador boʻlish bilan oʻtkazamiz.

Ramazon roʻzasi Qurʼon va hadis orqali musulmonlarga farz boʻlgan amallardandir. Bu haqda Alloh taolo Qurʼoni karimda: "Ey imon keltirganlar!Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli boʻlsangiz” (Baqara, 183-oyat), - deya bandalarni koʻngil sofligiga chaqiradi.

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom: "Kimki Ramazon oyida roʻzaning farzligiga ishongan va Alloh taoloning roziligini istagan holda roʻza tutsa, uning oʻtgan gunohlari kechiriladi” - dedilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo Odam bolasining hamma amali oʻzi uchun, faqat roʻza Men uchundir va uning mukofotini Men – Oʻzim berurman, dedi. Roʻza saqlovchidir. Qachon qaysi biringiz roʻzador boʻlsa, fahshdan gapirmasin va baqir-chaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan soʻkishmoqchi yoki urishmoqchi boʻlsa, men roʻzadorman, desin. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan zot ila qasamki, albatta, roʻzador ogʻzining hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushboʻyroqdir. Roʻzadorga ikki xursandlik bordir. U ikkisini ham yashagay. Qachon iftor qilsa xursand boʻlgay va qachon Robbisiga muloqot boʻlganda roʻzasi ila xursand boʻlgay”, - dedilar”.

Roʻzaning mukammal boʻlishi uchun roʻzador yolgʻon soʻzlash, igʻvo va boʻhton qilish, noloyiq soʻzlar bilan oʻzgalar dilini ogʻritish kabi illatlardan oʻzini saqlashi lozim. Bu borada Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v)ning muborak hadislarida: "Qaysi bir roʻzador yolgʻon gapirish va unga amal qilish kabi gunohlarini tark etmasa, unday kishining faqat yeb-ichishini tark etib yurishiga Alloh muhtoj emas”, - deb marhamat qildilar.

Ramazoni sharif toat-ibodat, qut-baraka, baxt-saodat oyidir. Shuning bilan birga, bu oyda gunohlar magʻfirat etilib, tavba-tazarruʼlar,chin ixlos va eʼtiqod ila qilingan duolar mustajob boʻlib, qalblar taskin topadi, qilingan xayrli ishlar savobi bir necha bor ziyoda qi-lingan holda qabul qilinadi.

Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislarida deydi: "Agar ummatlarim ramazondagi fazilatlarni bilganlarida edi, yilning hammasi ramazon boʻlishini orzu qilardilar”. Yana bir hadisda aytadilarki: "Ramazon oyining birinchi oʻn kunligi Rahmat, ikkinchi oʻn kunligi magʻfirat va uchinchi oʻn kunligi doʻzaxdan xalos boʻlish kunlaridir”.

Rahmat nafaqat Alloh taoloning bandalarga rahmati, balki bandalarning bir-birlariga rahmli-shafqatli boʻlishini ham oʻz ichiga oladi. Oʻz ixtiyori bilan och qolgan, tashna boʻlgan odamda oʻz-oʻzidan rahm-shafqat hislari uygʻonadi. Oʻzgalarga yaxshilik qilish tuygʻulari kuchayadi. Buni roʻza tutgan har bir odam darhol mulohaza qiladi. Ayniqsa ochlik va tashnalikni oʻz tanasida sinab koʻrgan shaxs, turli sabablarga koʻra doimo och qolganlarga rahm-shafqat qilish lozimligini toʻla tushunib yetadi. Shuning uchun ham, roʻzadorlardan kambagʻal-miskinlar foydasiga xayr-sadaqa qilish koʻpayadi.

Roʻza tufayli musulmonlar ichida oʻzaro tenglik, birodarlik, mehribonlik aloqalari yana ham ortadi. Boy-badavlat kishilar, podshoh va hokimlarning saroylari-yu qasrlarida ham, kambagʻal, beva bechoralarning kulbalarida ham bir xil holat, bir xil ruhoniyat hukm suradi. Balki, saroy va qasrlarning eshiklari ochilib, kambagʻallar ichkariga taklif etilib, aziz va moʻʼtabar mehmonlarga aylanadilar. Yoki aksincha, boylar, amirlar, hokimlar boshlarini egib, kambagʻal, beva-bechoralarning kulbalariga iftorlik, xayr-sadaqa, zakotlarini koʻtarib borib, Alloh uchun qabul qilishlarini soʻraydilar.

Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Abdulloh ibn Abbos ro-ziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: "Rasululloh sallollohu alayhi vasallam eng saxiy odam edilar. U kishining eng saxiy boʻlishlari Ramazonda boʻlar edi”, deyilgan. Demak, Ramazoni sharif oyining savoblari faqat roʻzador boʻlishdagina emas, balki atrofimizdagi gʻarib-u miskin, kam taʼminlangan kishilarga koʻrsatadigan mehr-muruvvat hamda xayr-ehsonlarimizda ham namoyon boʻladi.

Abdurahmon Matsapoyev,
Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.

(Foto - http://www.uz24.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019