16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:25
Sport 👁 123

SPORT — SOGʻLOM HAYoT VA YuKSAK NATIJALAR GAROVI

SPORT — SOGʻLOM HAYoT VA YuKSAK NATIJALAR GAROVI

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tobora kuchayib borayotgani bejiz emas. Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aynan shu yoʻnalishdagi ustuvor vazifalar, erishilgan yutuqlar hamda dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari yigʻilish boshida sportning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyatini alohida taʼkidlab, “Sport bu faqat musobaqa emas, balki sogʻlom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch”, deya eʼtirof etgan edi. Darhaqiqat, bugungi kunda sport nafaqat jismoniy chiniqish vositasi, balki yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashning muhim omiliga aylanib bormoqda. Shu maqsadda joylarda ham keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Amudaryo tumanida ham aholining sportga boʻlgan qiziqishini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida qator sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Tuman miqyosidagi navbatdagi musobaqalar davlat tashkilotlari, korxona va muassasalar xodimlaridan iborat jamoalar oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Yaqinda tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining zamonaviy yopiq, sunʼiy qoplamali sport maydonchasida oʻtkazilgan mini futbol musobaqalari fikrimizning dalilidir. Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan musobaqalarda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, tibbiyot birlashmasi, madaniyat boʻlimi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi hamda yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi jamoalari oʻzlarining sport mahoratini namoyish etdilar.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda sport sohasida erishilayotgan yutuqlar eʼtiborga molik. Soʻnggi toʻqqiz yil ichida 1,5 mingdan ortiq mahallalarda 1 774 ta zamonaviy sport maydonchalari bunyod etildi. Bundan tashqari, 200 dan ziyod yirik sport inshootlari barpo etilib, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari faoliyat boshladi.

Natijada sport bilan professional shugʻullanayotgan yoshlar soni ikki barobarga oshdi. Olimpiya terma jamoalarimiz tarkibi sezilarli kengayib, paralimpiya yoʻnalishida esa bu koʻrsatkich uch barobarga ortdi.

Yurtimiz sportchilarining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari esa alohida eʼtirofga loyiq. Birgina oʻtgan yilning oʻzida ular 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, 50 dan ortiq jahon va Osiyo rekordlarini yangilashga muvaffaq boʻldilar.

Shuningdek, sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish maqsadida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Yaqinda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq, sport federatsiyalariga homiylik qilgan tadbirkorlar boshqaruv tizimida ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar. Professional futbol klublarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlagan tadbirkorlar esa ularni ishonchli boshqaruv asosida rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Amudaryo tumanida davlat muassasalari xodimlari ishtirokia oʻtkazilgan mini futbol musobaqalari ham aholini sportga faol jalb qilish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvlar yakunida tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ushbu musobaqa nafaqat gʻoliblarni aniqladi, balki jamoalar oʻrtasida doʻstlik, hamjihatlik va sogʻlom raqobat muhitini yanada mustahkamladi.

Zero, sport — bu faqatgina musobaqa emas. U sogʻlom jamiyat poydevori, yoshlar tarbiyasi, millat gʻururi va mamlakat nufuzining yorqin ifodasidir. Amudaryo tumanida bu kabi sport musobaqalar yana davom etadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019