16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:16
Qishloq xoʻjaligi 👁 97

Agrosanoat sohasida faoliyat yurituvchi kasaba uyushmasi tashkilotlari raislarining malakasini oshirish maqsadida oʻquv seminari oʻtkazildi

Agrosanoat sohasida faoliyat yurituvchi kasaba uyushmasi tashkilotlari raislarining malakasini oshirish maqsadida oʻquv seminari oʻtkazildi

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlarni oshirishga, balki ushbu tizimda mehnat qilayotgan minglab ishchi-xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga ham xizmat qilmoqda. Bu borada jamiyatning eng muhim boʻgʻinlaridan biri boʻlgan kasaba uyushmalarining roli beqiyosdir. Aynan shu maqsadlarni hayotga tatbiq etish, joylardagi mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarining 103 ta hududiy boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari ishtirokida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

Amudaryo tumani hokimligi binosida tashkil etilgan ushbu seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-oktyabrdagi uchrashuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda “2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida oʻtkazildi. Undan koʻzlangan asosiy maqsad – Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklaridagi hududiy boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida samarali yoʻlga qoʻyishdan iboratdir. Shu bilan birga, tashkiliy-meʼyoriy ishlarni toʻgʻri va tizimli tashkil etish, shuningdek, joylardagi kasaba uyushmalari raislariga bevosita amaliy koʻmak berish masalalari ham kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri boʻldi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi oʻrinbosari Muratbay Daniyarov, Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari Husan Begmatov, Respublika Kengashi tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri Turgʻunbay Sanayev hamda mazkur Kengashning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha masʼul tashkilotchisi Yergʻali Seytnazarov va Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametovlar tadbirda qatnashib, ishtirokchilarga oʻzlarining qimmatli tavsiyalarini berdilar.

Seminar davomida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish yoʻllari, agrosanoat majmui xodimlarining mehnat huquqlarini munosib himoya qilish hamda ularning ijtimoiy manfaatlarini taʼminlash mexanizmlari boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, tizimda amalga oshirilayotgan soʻnggi islohotlarning tub mazmun-mohiyati yuzasidan muhim va amaliy maʼlumotlar taqdim etilib, ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida urgʻu qaratildi.

Ushbu amaliy oʻquv-seminar barcha qatnashchilar uchun ochiq muloqot va oʻzaro tajriba almashish maydoniga aylandi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olibgina qolmay, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha yangi bilim va zamonaviy koʻnikmalarga ega boʻldilar.

Tadbir soʻngida barcha ishtirokchilarga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu hujjat ularning kasbiy salohiyati oshganligini tasdiqlash bilan birga, kelgusida qishloq xoʻjaligi xodimlarining manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilish yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatlariga ham turtki boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019