16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:21
Jamiyat 👁 229

Diniy ekstremizm va aqidaparastlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Diniy ekstremizm va aqidaparastlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Bugungi globallashuv davrida tinchlik va osoyishtalikni asrash, yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanmoqda. Ayniqsa, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlar jamiyat barqarorligi, millatlararo totuvlik hamda inson xavfsizligiga jiddiy xavf tugʻdirayotgani bois bu illatlarga qarshi maʼrifat bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan ish-rejaga muvofiq, Amudaryo tumanida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tahdidlarining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tuman hokimligi majlislar zalida oʻtkazilgan tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov olib bordi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, taʼlim sohasi xodimlari, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda hushyorlikni kuchaytirish, ayniqsa yosh avlodni turli buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan asrash, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida Din ishlari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Nurulla Jamolov diniy aqidaparastlikning asl mohiyati, uning jamiyat uchun xavfli jihatlari haqida atroflicha toʻxtaldi. Taʼkidlanganidek, aqidaparastlik — bu diniy tushunchalarni notoʻgʻri talqin qilish, murosasizlikni targʻib etish va jamiyatda nizolarni keltirib chiqarishga xizmat qiluvchi zararli oqimdir. Bunday gʻoyalar yoshlarning ongini zaharlab, ularni ota-ona, Vatan va jamiyat manfaatlariga zid yoʻllarga boshlashi mumkinligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, ekstremistik oqimlar internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni oʻz domiga tortishga urinayotgani, turli yolgʻon vaʼdalar, diniy shiorlar bilan ularning ishonchidan foydalanayotgani haqida ogohlantirildi. Mutaxassislar bugungi kunda axborot xurujlariga qarshi eng kuchli qurol — bu ilm, tafakkur va mustahkam maʼnaviyat ekanini taʼkidladi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis Xurayim Ibragimova oiladagi sogʻlom muhit, farzand tarbiyasi va onalarning hushyorligi masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlashicha, farzand tarbiyasiga befarqlik, nazoratning sustligi va maʼnaviy boʻshliq ayrim yoshlarning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois oilada kitobxonlikni rivojlantirish, farzandlar bilan doimiy muloqot qilish va ularning qiziqishlariga eʼtibor berish muhim omil ekani qayd etildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul vakili Nurabulla Minajov esa terrorizm va ekstremizmning bugungi xavfli koʻrinishlari, ularning jamiyat xavfsizligiga salbiy taʼsiri haqida tahliliy maʼlumotlar berdi. Terrorizmning hech qanday millat va din tanlamasligi, u insoniyatga qarshi jinoyat ekani taʼkidlandi. Dunyoning turli hududlarida sodir boʻlayotgan terrorchilik harakatlari minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin boʻlayotgani, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka katta zarar yetkazayotgani misollar orqali tushuntirildi.

Tadbirda diniy bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik xalqimizning azaliy qadriyati ekani alohida eʼtirof etildi. Oʻzbekistonda barcha millat va din vakillarining tinch-totuv yashashi uchun yaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan olib borilayotgan insonparvar siyosat yurtimizdagi osoyishtalikning muhim omili ekani qayd qilindi.

Yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot vakillari ham ishtirok etib, joylarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, yoshlar bilan manzilli ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotni yanada faollashtirish yuzasidan fikr almashdilar.

Darhaqiqat, bugungi murakkab zamonda har bir fuqaroning hushyorligi, farzand tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondashuvi hamda maʼnaviy qadriyatlarga sodiqligi yurt tinchligi va jamiyat osoyishtaligining eng muhim kafolatidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026