16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:01
Jamiyat 👁 349

MURGʻAK JONLAR NAJOTKORI EDI...

MURGʻAK JONLAR NAJOTKORI EDI...

(El sevgan shifokor Ulugʻbek Jumamuratov xotirasiga)

Inson hayoti uning qancha yashagani bilan emas, balki ortidan qanday iz qoldirgani bilan oʻlchanadi. Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasining bolalar reanimatsiyasi boʻlimida oʻttiz yildan ziyod vaqt mobaynida minglab goʻdaklarni davolab, minglab oilalarga quvonch bagʻishlagan oliy toifali shifokor, anesteziolog-reanimatolog Ulugʻbek Bozorboyevich Jumamuratov ham oʻzidan yorqin iz va yorugʻ xotiralar qoldirib, 58 yoshida bu dunyoni barvaqt tark etdi.

Ulugʻbek Jumamuratov 1966-yilning 23-avgustida Amudaryo tumanining Qilichboy ovuli (hozirgi Yuqori qishloq mahallasi) hududidagi ziyolilar oilasida dunyoga keldi. Otasi Bozorboy muallim matematika oʻqituvchisi va maktab direktori, onasi Qurbonoy opa esa qishloq tibbiyot punkti mudirasi sifatida el eʼtiborini qozongan insonlar edi. 11 nafar oʻqimishli farzandni voyaga yetkazgan bu oilaning toʻngʻichi boʻlgan Ulugʻbek yoshligidanoq intiluvchanligi, tartib-intizomi va bilimga chanqoqligi bilan ajralib turardi.

1983-yilda ovuldagi sobiq Kuybishev nomli maktabni aʼlo baholarga tamomlagan yosh yigit kelajak maqsadlari sari dadil qadam tashlab, Toshkentdagi Oʻrta Osiyo meditsina  pediatriya instituti (hozirgi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti)ga oʻqishga kirdi. 1989-yili oliygohni muvaffaqiyatli tugatib, shu yili oila qurgan yosh mutaxassis oʻz mehnat faoliyatini dastlab Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam boʻlimida boshladi.

1990-yildan 1992-yilga qadar Taxtakoʻpir tumanida, 1992-yildan boshlab esa Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasining bolalar reanimatsiyasi boʻlimida faoliyatini davom ettirdi. Shuningdek, qabul boʻlimi va tez yordam reanimatsiyasida ham fidokorona mehnat qildi. 2024-yilning 4-dekabr sanasiga, yaʼni, vafotiga qadar ushbu dargohda bemorlar dardiga malham boʻlib, oʻz kasbini sidqidildan sevuvchi, malakali va fidoyi shifokor sifatida elga tanildi.

Ulugʻbek nafaqat oʻz kasbining bilimdoni va fidoyisi, balki oilasining mustahkam suyanchigʻi edi. Uning bosib oʻtgan sharafli yoʻlini bugun izdoshlari davom ettirmoqda. Otasining izidan borib, shifokorlik kasbini tanlagan oʻgʻli Sardorbek Bozorboyev bugun el xizmatida. «Otamning oʻgitlari va ustoz sifatida bergan ilmi, oʻrgatgan amallari men uchun katta boylik boʻlib qoldi. Uning bergan tarbiyasi va duolari doimo yoʻlchi yulduzday yoʻlimni yoritib kelmoqda. Dadam oʻz kasbini jondili bilan yaxshi koʻrardi. U faqat malakali shifokor emas, balki odamlarga mehr ulasha oladigan, yuragi pok, mehribon va oqkoʻngil inson edi...” deya xotirlaydi oʻgʻli.

Ulugʻbek Jumamuratov jamoada nafaqat oʻz ishining ustasi, balki hamkasblari uchun haqiqiy suyanchiq va mehribon ustoz edi. Bolalar reanimatsiyasidek oʻta masʼuliyatli va har soniyasi hayot-mamot bilan oʻlchanadigan boʻlimda uning bosiqligi, yuksak professionalizmi va shu bilan birga, cheksiz insoniyligi koʻpchilikka oʻrnak boʻlardi. Yosh mutaxassislarga oʻz tajribasini ayamay oʻrgatar, eng murakkab vaziyatlarda ham hamkasblariga yelkadosh boʻlib, jamoada oʻzaro hurmat, oqibat va mustahkam ishonch muhitini yarata olgan edi. Shu bois uning nomi chuqur ehtirom bilan tilga olinadi.

Shifoxonadan tashqarida, oila davrasi va doʻst-yorlar orasida u butunlay boshqacha – nihoyatda samimiy, ochiqkoʻngil va qalbi daryo inson sifatida namoyon boʻlardi. Ulugʻbek oʻz oilasining mustahkam qoʻrgʻoni, farzandlari uchun gʻamxoʻr ota va nabiralari uchun dunyodagi eng mehribon bobo edi. Doʻstlari va qarindosh-urugʻlari orasida oʻzining ogʻir-vazminligi, birovning dardiga befarq qarab turolmasligi, har qanday holatda ham birinchi boʻlib yordam qoʻlini choʻzishga tayyorligi bilan ajralib turardi.

... Hayot karvoni oʻz yoʻlida davom etaveradi. Kimdir erta, kimdir kech bu karvondan ajralib, abadiy manzilida qoʻnim topadi. Ammo, shunday insolar boʻladiki, jismonan oramizda boʻlmasalar ham, oʻzining chin insoniy fazilatlari tufayli qalblarimizda mangu yashaydi. Ulugʻbek Jumamuratov ham ana shunday yorqin yulduz singari yuzlab insonlarning umr osmonini yoritib yashab oʻtdi. U sababli shifo topgan va hayotga qaytgan yuzlab goʻdaklarning ota-onalari hamda yaqinlari fidoyi shifokorni bugun chuqur ehtirom bilan yodga oladilar. Ulugʻbek Jumamurotovning sermazmun umri endilikda farzandlari va shogirdlari faoliyatida davom etadi, porloq xotirasi yaqinlarining qalbida va undan shifo topgan insonlarning duolarida mangu qoladi.

Jumaboy YavQashev, tuman Tibbiyot birlashmasi tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019