16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:07
Maqolalar 👁 5,560

“Obod turmush yili“ yangiliklari

“Obod turmush yili“ yangiliklari

OILAVIY TADBIRKORLAR SAFI OShMOQDA

Mangʻit shahrining "Doʻstlik” mahallasida yashovchi duradgor-usta Botir Kamolov oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullana boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. U yangi imorat quruvchilarning buyurtmalari asosida eshiklar, deraza romlari va boshqa roʻzgʻorbop buyumlar yasashni yoʻlga qoʻydi. Shu bilan birga hunar oʻrganishni xohlagan mahalla yoshlariga duradgorlik sirlarini oʻrgatmoqda.

 

EʼTIBOR YaXShI BOʻLGACh

Nazarxon OFY hududida aholining ish bilan bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor beriladi. OFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Guljahon Ibragimovaning saʼy-harakatlari bois, ovulda 20 nafardan ziyod kishi kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratib berildi. Bundan tashqari, 40 dan ziyod oilada oilaviy tadbirkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xitoy texnologiyasi asosida hududning "Qulamet oʻy” mavzesida bunyod etilgan gʻisht zavodida esa 45 nafar yoshlar doimiy ish bilan taʼminlanishdi.

 

Pillakorlar ishi qizgʻin

"Toshyop” ovulidagi mavjud 5 ta fermer xoʻjaliklarida ayni kunlarda gʻoʻza parvarishi bilan bir qatorda 84 quti ipak qurti ham ilgʻor tajribalar asosida parvarish qilinayapti. Ipak qurtlari parvarishi mutaxassislar tomonidan muntazam nazorat qilinib, tavsiyalar berib borilayapti. Toshyoplik pillakorlar rejadagi sifatli xom ashyoni yetishtirishlari uchun yetarli ozuqa bazasi mavjud.

 

BAYRAMGA MUNOSIB SOVGʻA

Tumanimizda "Obod turmush yili”ning yirik qurilishlaridan biri – Qipchoq qishlogʻida qad rostlayotgan zamonaviy qulayliklarga ega boʻlgan musiqa va sanʼat maktabi binosidir. Bu yangi maktab 150 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan boʻlib, uni "Amudaryo maxsus qurilish” MChJ quruvchi-bunyodkorlari barpo qilmoqdalar. Bu yangi qurilish obʼektida 2 milliard 462 million soʻmlik qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi. Qurilish-montaj ishlarini tajribali quruvchi-muhandis Rahimboy Tojiboyev boshqarib, muvofiqlashtirib bormoqda.

Yangi musiqa va sanʼat maktabi qurilishi Mustaqilligimizning 22 yilligi bayramiga bitkazilib, bu ulugʻ bayramga munosib sovgʻa tayyorlanadi.

 

ChORVAChILIK RIVOJI

"Toʻlqin” ovulidagi "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi chorvachilik va paxtachilikka ixtisoslashgan boʻlib, bu yerda  Polshadan keltirilgan sut  mahsulotlari yetishtirish yoʻnalishidagi 110 bosh yirik shoxli zotdor qora-ola mollar zooveterinariya qoidalariga muvofiq parvarish qilinmoqda. Tajribali veterinar Kenjaboy Abdullayev maxsus keltirilgan zotdor mollar urugʻlari bilan mazkur Polsha zotidagi sigirlarni sunʼiy usulda urugʻlantirib, oʻtgan 2012-yil davomida 80 bosh sogʻlom buzoq olishga erishdi.

 

URUSh FAXRIYLARIGA EHTIROM

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati  bilan Mangʻit shahridagi   "Chordara” mahallasida istiqomat qiluvchi urush faxriylaridan Oʻtepbergan bobo Adilov va Xolboy bobo Bekmanovlar xonadonlarida mahalla faollari boʻlishib, ularga milliy chopon-toʻn kiydirildi va turli shirinliklar sovgʻa qilindi. Shuningdek, Prezidentimiz Farmoniga muvofiq ularning har biriga 500 ming soʻmdan sovgʻa puli berildi.

Mana shunday tadbir Navoiy mahallasida ham boʻlib, mahallada istiqomat qiluvchi urush faxriylaridan Sobir bobo Nurullayev va Yoʻldosh bobo Tojimurodovlarga mahalla faollari nomidan qimmatbaho sovgʻalar va har biriga 500 ming soʻmdan pul hadyalari berildi.

 

BIR OILA FARZANDLARIDAY

Turkmaniston davlati bilan chegara hududda joylashgan Amir Temur nomli ovulda 3312 nafar turli millat vakillari ahil-inoq istiqomat qilishmoqda. Ularning 2545 nafari oʻzbeklar, 63 nafari qozoqlar, 19 nafari qoraqalpoqlar, 683 nafari turkmanlar va rus-tatar millatlariga mansub kishilardan iborat boʻlsa-da bir-birlari bilan doʻst-birodar, quda-anda boʻlib yashayaptilar.

Toʻyi, maʼrakasi, quvonchi bir ovul odamlari 9 ta fermer xoʻjaligi paxta dalalarida koʻzlanganiday hosil undirish maqsadida hamjihatlikda mehnat qilishmoqda va 130 quti ipak qurtlarini tunni-kunga ulab parvarish qilishmoqda.

 

ijtimoiy muhofaza

Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 27 maydagi "Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻizlarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 2012-sonli Farmoniga va 2011-yil 30-maydagi 1542-sonli qaroriga muvofiq oʻzgalarning parvarishiga muhtoj 143 nafar yakka-yolgʻiz pensioner va nogironlarga xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yakka-yolgʻiz pensionerlar va nogironlardan 18 nafariga 17 nafar ijtimoiy xodim biriktirilgan boʻlib, ular oʻzgalar yordamiga muhtoj kishilarga sidqidildan xizmat qilishmoqda.

Yakka-yolgʻiz pensionerlar va nogironlar ijtimoiy xodimlar yordamidan mamnun boʻlishmoqda.

 

QIShLOQDAGI AGROFIRMA

 

"Boʻzyop” OFYning "Olang ovul” mahallasida yashovchi Anvar Tojiboyev "Mikro-kreditbank”ning Mangʻit filialidan 4,5 million soʻmlik imtiyozli kredit olib, parrandachilik fermasi tashkil etishga kirishganida koʻpchilik ferma istiqboliga ishonmagandi. 2011-yilda 5 ming ta tovuq boqish uchun moʻljallangan  qoʻra qurib, "Tojiboyev Oʻrolboy” agrofirmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazib, ish boshlagan Anvar Tojiboyev qisqa vaqt ichida parrandachilik yetti xazinaning biri ekanligini amalda isbotladi. Agrofirma oʻz xarajatlarini qoplash bilan birga Anvar Tojiboyevning oila aʼzolari va yana 4 nafar kishi doimiy ish bilan taʼminlandi. Agrofirmada yetishtirilib, ichki bozorimizni toʻldirayotgan parrandachilik mahsulotlari sifatidan xaridorlar mamnun.

www.amunews.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019