16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Jamiyat 👁 2,359

“Obod turmush yili“ yangiliklari

“Obod turmush yili“ yangiliklari

ELDAN OLQISh OLIB

Nazarxon ovuli tumanimizning eng chekka hududlaridan sanaladi. Lekin  shunday boʻlsa-da ovul yoshlari har sohada faol, intiluvchan. Oʻz oilasi, ovul-eli, ona yurt taraqqiyoti uchun fidoyi mehnat qilish, yangiliklar yaratib yashash ular uchun hayot mazmuniga aylangan. Muyassar Xolmurodova ana shunday fidoyi yoshlardan. U oʻz uyida tikuvchilik tsexi ochib, ham 3-4 nafar hamqishloq qizlarni ish bilan taʼminladi, ham oʻzi doimiy ishli boʻldi.

Oʻz oilasi, farzandlari bagʻrida kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanib, hamqishloqlari olqishiga sazovor boʻlayotgan Muyassar Xolmurodova ustoz-shogird anʼanasi asosida  undan chevarlik sirlarini oʻrganuvchi ovul yoshlari uchun xonadoniga yana kamida 2 ta tikuv mashinasi oʻrnatish niyatida.

 Uy hayvonlariga veterinariya xizmati

"Choykoʻl” ovuli hududida yashovchi aholi ixtiyoridagi uy hayvonlariga veterinariya xizmati koʻrsatuvchi veterinariya feldsheri Yusufboy Ahmedovning xizmatidan barcha mamnun. Chunki u oʻziga birkitilgan hududda uy hayvonlari, ayniqsa, parranda va qoramollarni turli xil kasalliklarga qarshi emlash  ishlarini oʻz vaqtida olib borgani bois, uy hayvonlarining brutsellyoz, kana chaqishi, oqsil, qorason kabi kasalliklarga chalinish holatlari keskin kamaygan. Aholi qaramogʻidagi uy hayvonlari durkun rivojlanmoqda.

 30-yildan soʻnggi diydorlashuv

Tumanimizdagi 22-sonli maktabni 1983-yilda tugatgan sobiq sinfdoshlar 30-yildan soʻng qadrdon maktablarida qayta uchrashdilar. Barchasi oilali, nevarali boʻlgan sobiq oʻquvchilar mustaqillik davrida yangidan qurilgan, zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maktabda ustozlari davrasida oʻzlari erishgan yutuqlardan soʻzladilar. Hayotdan erta ketgan doʻstlari, aziz ustozlarini xotirlab, yodga oldilar.

 Inson omiliga eʼtibor

"Qoraqalpoq qishloq qurilish servis” MChJ ishchilari uchun korxona hududida barcha qulayliklarga ega hammom qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda.

Hammom bitsa, bir yoʻla 5-6 nafar mijozni qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

- Korxonamizda inson omiliga eʼtibor katta. Shuning uchun ham ishimizda sifat va samara yuqori, - deydi korxona ishchisi Jumabek Aytmurotov.

 Aholi bandligi taʼminlanmoqda

Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida 578 ta xonadonda 3500 nafardan ortiq turli millat vakillari ahil va inoq yashashmoqda.

Hududda 1 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta bolalar bogʻchasi, 1 ta xususiy toʻyxona, 5 ta doʻkon, 6 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat olib bormoqda.

Mahalla ishga yaroqli aholisining bandligini taʼminlash maqsadida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda hududdagi 1-gʻisht zavodiga 48 nafar yoshlar mavsumiy ishlarga, 4 nafar yoshlar  kasanachilik, 22 nafari oilaviy tadbirkorlik, 14 nafari hunarmandlik, 2 nafari tunukasozlik faoliyatiga jalb qilindi. 8 nafar xotin-qizlarga uylarida parrandachilik bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozli kreditlar olishga koʻmaklashildi.

 "Parvoz - 2013”

Mangʻit shahrida joylashgan NDPI qoshidagi 3-sonli akademik litseyda tugallangan oʻquv yilida  687 nafar iqtidorli yigit-qizlar 4 ta yoʻnalish boʻyicha bugungi  kun talabi darajasida taʼlim-tarbiya oldilar. Shularning 232 nafari litseyni muvaffaqiyatli tamomlashdi.

Shu yilning 26-iyunida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi – "Parvoz - 2013”deya nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni litsey direktori Otabek Yoʻldoshev ochdi va oʻquv muassasasidan uchirma boʻlayotgan bitiruvchilarning parvozi yuksak boʻlishini tiladi. Soʻzga chiqqan bitiruvchilar 3-yil mobaynida oʻz farzandlaridek gʻamxoʻrlik qilib, taʼlim-tarbiya bergan ustozlariga minnatdorchilik bildirdilar.

Nodiraning doʻstlari koʻpaydi

83-maktab bogʻcha majmuasining 4-sinfini aʼlo baholarga tugatgan, faol oʻquvchi Nodira Eshimbetova Mangʻit shahrining "Olmazor” mahallasida yashaydi.

U yozgi taʼtilni bekor oʻtkazmaslik uchun Toshkentdagi "Chimyon” bolalar yozgi oromgohida boʻlib qaytdi.

Oromgohda oʻz tengqurlari bilan turli sport musobaqalari va tanlovlarda faol ishtirok etib, koʻplab doʻstlar orttirgan Nodiraning oromgohda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlardan quvonchi cheksiz.

 Sugʻorish maromida olib borilayapti

Choykoʻldagi Nurulla Yerdoshev rahbarligidagi fermer xoʻjaligi dehqonlari joriy yilda 80 gektar paxta maydonidan 168 tonna hosil yetishtirish niyatida mehnat qilmoqdalar.

Ayni kunlarda begona oʻtlardan tozalangan paxta nihollarini sugʻorish ishlari maromida olib borilmoqda.

Xoʻjalik paxta dalalarida nihollar toʻliq va rivoji yaxshi.

 QVPda yigʻilish oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013-yil 30 aprel kuni imzolangan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nikoh yoshiga amal qilmaslikka qarshi qabul qilingan jazo choralarining mazmun-mohiyatini, oʻzgarishlarga toʻla-toʻkis amal qilish lozimligini ommaga keng targʻib qilish maqsadida umumtaʼlim, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida, mahallalarda ota-onalar, yoshlar bilan yigʻilishlar oʻtkazilayapti.

Ana shunday yigʻishlardan biri yaqinda "Olmazor” qishloq vrachlik punktida boʻlib oʻtdi.

Hudud aholisi tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, tuman FHDYo boʻlimi mudirasi N.Qoʻchqorova, tuman tibbiyot birlashmasi bosh ginekologi D.Abduraimovalarning shu mavzudagi maʼruzalarini tingladilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 Ishlayman, deganga imkon koʻp

Xitoy ovulida aholining ish bilan bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor beriladi. Ayni kunda 10 nafar ovul yoshlari yakka tartibda imoratlar qurilishida mehnat qilishmoqda. Bundan tashqari, 3 nafar ayol-qizlar kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanib, chevarlik sirlarini oʻrganishmoqda.

 Panton koʻprik mukammal taʼmirlanadi

4R181 "Qipchoq-Mangʻit sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomabil yoʻlining 4-kilometrida joylashgan Qipchoq panton koʻprigini Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan kapital taʼmirlash ishlari boshlanmoqda.

Ikki bosqichda, yaʼni 2013 va 2014-yillarda amalga oshirilishi moʻljallangan bu kapital taʼmirlash ishlarining umumiy tender bahosi 3 mlrd. 304 million soʻmni tashkil etadi.

Panton koʻprigini taʼmirlash ishlari Taxiatoshdagi Qoraqalpogʻiston koʻprik xoʻjaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan taʼmirlash, foydalanish korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019