16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:14
Jamiyat 👁 2,388

“Obod turmush yili“ yangiliklari

“Obod turmush yili“ yangiliklari

Mahallada oziq-ovqat doʻkoni

Uzoq yillar xalq taʼlimi tizimida matematika fani oʻqituvchisi, yuqori malakali uslubchi, maktab direktori vazifalarida ishlab, nafaqaga chiqqan Mangʻit shahrining Oybek nomli  mahallasi faoli Roziya Qutlimurodova jamoatdan uzilib, uyida oʻtirib qolishni oʻziga ep koʻrmadi. Mahalladoshlariga biron yengillik yaratishni oʻyladi. Mahalla guzarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi doʻkon ochib, savdo-sotiq ishlarini yoʻlga qoʻydi. Mahalla ahlining kundalik ehtiyoj mollarini keltirib, ularning, ogʻirini yengil qildi. Doʻkonda xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitdan mahalladoshlari mamnun.

 

Maktab hududi obodonlashtirildi

Yangi 2013-2014 oʻquv yili uchun puxta taraddudni koʻrib qoʻygan 22-sonli umumtaʼlim maktabida ayni kunlarda keng qamrovli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Maktabning ochiq stadioni, yoʻlaklar taʼmirlanib, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Bundan tashqari, maktab joylashgan hududdagi Mangʻit-Qipchoq guzar yoʻlining maktab hududiga yaqin qismi maktabning texnik xodimlari tomonidan obodonlashtirildi.

Chet tili xonasi jihozlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligiga qarashli 8-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlariga bu yil alohida ahamiyat qaratildi. Ayniqsa, chet tillari boʻyicha fan xonalarini  jihozlashda yangi innovatsion loyihalarga keng oʻrin berildi. 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan "Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni maktab chet tillar oʻqituvchilari uchun bu borada dasturilamal boʻlmoqda.

- Oʻqituvchilarning til oʻrganishida uslubiy va koʻrgazmali oʻquv qurollarining oʻrni katta, - deydi maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Raʼno Davletova. - Shu bois, chet tili sinfxonasini oʻzbek va ingliz tillaridagi suratli plakatlar, savol-javoblar orqali aks ettirilgan suratli lavhalar bilan bezatdik.

Chunki bunday usullar oʻquvchilarning chet tilini oʻrganish imkoniyatini yanada oshiradi.

Oʻquvchilar kasb-hunarli boʻlishadi

"Boʻz yop” OFY hududidagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarni keyingi uzluksiz kasb-hunar taʼlimiga jalb qilish bilan qamrab olishga alohida eʼtibor qaratilgani bois, maktabning 51 nafar bitiruvchi-oʻquvchilari yangi 2013-2014 oʻquv yilida oʻzlari tanlagan kasb-hunar yoʻnalishlari boʻyicha va akademik litseylarda oʻqishni davom ettirish imkoniga ega boʻldilar.

 

"Mahalla kitobi” qoʻl kelmoqda

"Choy koʻl” OFY raisi Rashid Yoʻldoshev rahbarligida tez-tez OFY faollari bilan uchrashuvlar, "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati xususida suhbatlar oʻtkazib, tushuntirish ishlari olib boriladi.

- Uchrashuvlarda yigʻin aholisi hayotiga oid muammolarni hal etish choralari koʻriladi, - deydi diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi R.Orziboyeva. – Bunda bizga "Mahalla kitobi” qoʻl kelmoqda.

 

 

Kun tartibida inson sogʻligi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va  fuqarolik jamiyatining boshqa  institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan koʻrik-tanlovda "Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yanada yaxshilashda, aholi orasida, ayniqsa yoshlarga sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda OAVlarning rolini oshirish”  mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etib, Davlat granti sohibi boʻlgan "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ushbu loyiha asosidagi rejaviy ishlar va tadbirlarni muvaffaqiyatli bajarishga kirishdi.

Shu yilning 26-iyul kuni mazkur loyiha doirasida Mangʻit shahrining Beruniy mahallasi aholisi, tibbiyot xodimlari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi xodimlari ishtirokidagi "Sogʻlom turmush tarzi – salomatligimiz garovi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Beruniy MFY raisi Sh.Nurimbetov, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, tuman "Salomatlik” markazi direktori J.Yavqashov, markaz shifokori I.Sariboyev, tuman DSENM shifokori M.Norboyev, tuman tibbiyot birlashmasi tugʻruqxona boʻlimi shifokori Sh.Yoqubovalar mahalla aholisini qiziqtirgan savollarga javob berish bilan birga, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda har bir shaxsning tutgan oʻrni haqida qiziqarli suhbatlar oʻtkazishdi. Loyiha muvofiqlashtiruvchisi A.Jumaniyozov va loyiha noziri O.Rajabovalar davra suhbati ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019