16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:06
Adabiyot 👁 3,616

HAYoTGA INTILGAN AYoL VA NOShUKUR ER QISMATI

HAYoTGA INTILGAN AYoL VA NOShUKUR ER QISMATI

Taqdir taqozosi bilan Sanobar sevib-sevilib turmush qurdi. Oilasiga mehr berdi. Epchilligi va chaqqonligi tufayli qaynota va qaynonaning sevimli keliniga aylandi. Eri esa usta. Loy ishlarida mohir va epchil. Yosh oilada bir oʻgʻil va bir qiz dunyoga keldi. Oila atalmish bu qoʻrgʻonning devorlari yanada mustahkamlandi. Yangi imorat qurib, koʻchib oʻtishdi. Birovdan oldin, birovdan keyin, deganlaridek asta-sekin roʻzgʻor kamchiliklari barham topdi. Lekin nogahonda, eri ogʻir kasallikka chalindi. Tez-tez  shifoxonada davolanadigan boʻlib qoldi. Sanobar erini yolgʻiz qoldirmadi, har kuni hol-ahvolidan xabar olar, dori-darmonlarini izlab, topib berar, dardiga sherik boʻlishga harakat qilar edi. Bu yangi oilaga koʻz tegdimi yoki kattalar aytganidek, shayton oraladimi, sogʻaya boshlagan eri Sanobarga sovuq munosabatda boʻla boshladi. Kasalxonada qandaydir qiz bilan tanishdi-yu, eri aynidi-qoldi. U qiz deyarli har kuni turli xil taomlar olib kelib, bu oilali, boʻsh-bayovgina yigitning es-hushini oʻgʻirladi.

Eri kasalxonadan chiqib, oʻsha qizni uyiga boshlab  keldi. Ikki norasida goʻdakning yuziga oyoq qoʻydi, xotini va ota-onasidan, qarindoshlaridan voz kechdi.

Bir oydirki, bir hovlida bir xonada Sanobar farzandlari bilan yashaydi. Yana bir xonada esa eri  bilan oʻsha benomus qiz.

Yigʻlayverib Sanobarda kuch-iroda qolmadi, farzandlari bilan ota-onasinikiga koʻchib oʻtdi. Eridan koʻngil uzdi, bu oilani qayta tiklab boʻlmasligini tushundi, "gʻisht qolipdan koʻchgan” edi. Sanobarning aqlli-hushli, mehnatsevarligini butun qishloq ahli bilardi. Ota-onasi Sanobarni qoʻshni qishloqqa, befarzand bir oilaga uzatdilar. Sarvar Sanobarning farzandlarini oʻzining farzandlaridek mehr berib tarbiyaladi. Ularni oʻqitdi, oliy maʼlumotli qildi...

Bugun Sanobar qizini uzatayotir. Qiziga yaxshi tarbiya berib, oʻqitgan, otalik mehrini bergan Sarvar oq fotiha berib uni yangi oila bagʻriga kuzatdi.

Qizining haqiqiy otasi esa...

"U otami? – oʻyladi Sanobar, – gulday farzandlarining, oilasining qadriga yetmagan noshud, noshukur banda u! Unga otalik hayf”.

Darvoqe, sobiq erining hayoti sira oʻnglanmadi. Yaxshi koʻrib  uylangan ayoli nogiron bolani  dunyoga keltirdi. Tugʻma kar va soqov bu bola ikki adashgan bandaning ogʻir gunohi tufayli oʻz tengqurlari bilan chopqillab oʻynashdan, gapirishdan, eshitishdan mahrum. Xuddi ota-onasining gunohi jabrini tortayotganday, doimo  boshini egib, maʼyus yuradi.

Sanobarning hayoti esa havasga loyiq, oʻgʻli ham, qizi ham el ardogʻiga munosib ustoz-muallim. Shuni aytadilar-da, farzandni dunyoga keltirishdan ham, uning tarbiyasi muhim, deb.

Zuhra AHMEDOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019