16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:52
👁 2,461

EZGU IShLARGA QODIR YoShLARMIZ

Men ziyoli oilada tugʻilganman. Esimni taniganimdan beri badiiy adabiyotga oshnoman. Aziz onajonim, 3-sonli Amudaryo akademik litseyi ingliz tili fani oʻqituvchisi Orzigul Ibragimova mening hayotdagi eng yaqin doʻstim, maslahatgoʻyim, aziz ustozim, desam mubolagʻa qilmagan boʻlaman. Sababi, aziz onajonim men hali oʻqish-yozishni bilmasimdan avval adabiyotning sirli olamiga olib kirdilar. U kishining aytgan ertaklari dunyosida ulgʻaydim. Qoʻlimdan ish keladigan boʻlganida qiz bola uchun eng muhim boʻlgan hunar – pazandalikni oʻrgatdilar.

Tumanimizdagi mashhur "Tamara-Feruza” xususiy korxonasi rahbari, tikuvchi-modeler Tamara opa Yunusovaga shogirdlikka berganlarida hali kichkina qizaloq edim. "Oʻrganganing oʻzingniki, tajribang oshsa - elniki”, - deydilar onajonim.

Baʼzan bitta chokning ustida soatlab ishlagan, ustozimdan dakki eshitgan paytlarimda, garchi oʻzim qiziqsam-da chevarlikni tashlab ketgim kelardi. "Sabr qil, qizim, sabr-qanoat ezgu ishlarga qanot beradi”, - deya yana menga kuch bagʻishlardi onam.

Haqiqatan ham onajonimning, ustozlarimning taʼlim va tarbiyasi bois, dilimda qatʼiyat uygʻondi, ezgulik tomon shaylandim goʻyo. 3-sonli akademik litseyning 2-bosqichini tamomlab, taʼtilga chiqqanimda Toshkent shahridagi "Mashhura” firmasida dizayn yoʻnalishi boʻyicha oʻqib, tajriba orttirdim. Bularning barchasi meni muvaffaqiyatlar sari yetakladi. 2009-yil noyabr va 2010-yil may oylarida Toshkent shahrida oʻtkazilgan "Qoʻli guldir oʻzbek ayolin” koʻrgazma-yarmarkasida oʻzim tikkan liboslar dizaynlari bilan ishtirok etib, sovrinli oʻrinni egalladim. Shu yili "Doʻppi tikdim, ipaklari tillodan” koʻrik-tanlovining avval tuman, soʻngra Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrin sohibi boʻldim.

Oʻz ustimda ishlash, yangilik yaratishga intilish tuygʻusi men uchun yangi muvaffaqiyatlar sari yoʻl ochdi. Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi jamgʻarmasi, "Kamolot” YoIH markaziy Kengashi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim Vazirliklari hamkorlikda oʻtkazgan "Kelajak ovozi - 2010” koʻrik-tanlovida "Liboslar dizayni” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni egalladim hamda ushbu yoʻnalish boʻyicha xalqaro miqyosda, Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan koʻrik-tanlovga yoʻllanma oldim.

Men Moskva shahrida boʻlib oʻtgan bellashuvda "Mening dizaynim” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 3-oʻrinni egalladim. Qoraqalpoq milliy kashtachiligi, tumanimiz xalqining milliy oʻziga xosligini aks ettiruvchi kashtalar bilan bezatilib tikilgan liboslarim dizayni tanlov tashkilotchilari tomonidan yuqori baholandi. Ushbu nufuzli xalqaro tanlovda Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston va mening ona elim Amudaryo tumani, Mangʻit shahri, hatto qadrdon akademik litseyim nomlari bir necha tillarda qayta-qayta jaranglab, ismu sharifim eʼtibor bilan tilga olindi. Men olib borgan chevarlik namunalari sharqona dizayndagi liboslar jahon xalqlariga koʻz-koʻz qilindi.

Oʻsha lahzalarda men Oʻzbekiston farzandi ekanligimdan, shu qutlugʻ zaminga tomir otib, unib-oʻsayotganimdan faxrlandim. Va ana shu tuygʻu meni yanada yangi orzular yoʻliga yetakladi. 2012-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga kirdim.

" – Istiqbolga dadil boqib, ezgu ishlarga shaylangan har bir oʻgʻil-qiz mening faxr-u iftixorim”, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov. Biz yoshlarning istiqbolimiz, kela-jagimiz uchun mamlakatimizda buyuk imkon eshiklari hamisha ochiq ekan, har birimiz ezgu ishlar, ulugʻvor kashfiyotlar qilishga qodirmiz.

Zuhra YeRNAFASOVA,

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

1-bosqich talabasi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019