16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:54
Siyosat 👁 3,695

JAMOATChILIK NAZORATI – fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili

Yurtboshimiz 2012-yil 17-mart kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda mahallaning oʻrni beqiyos ekaniga alohida eʼtibor qaratib, "... biz xuquqiy-demokratik davlat qurmoqdamiz. Xuquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, koʻzi ham, soʻzi ham, qonundir. Albatta, tegishli qonunlarni qabul qilish mumkin, lekin bu qonunlar bajarilmasa, odamlar, avvalo, rahbarlar, qonun ximoyachilari boʻlgan xuquq-tartibot idoralarining xodimlari qonunga itoat qilmasa, bunday sharoitda adolatga, hokimiyatga ishonch qoladimi oʻzi?  ... Bu masalada jamoatchilik nazorati, mahallaning roli va taʼsiri juda kuchli ekanini xammamiz yaxshi bilamiz”, deya taʼkidladilar.

Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ahamiyatini soʻnggi yillarda qabul qilinayotgan qonun xujjatlari ham isbotlab turibdi.

Ayni paytda Oʻzbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasining namunaviy Nizomi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) qaroriga asosan amalga oshiradi hamda tegishli davlat organlari, boshqa jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda tashkil etadi. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga, fuqarolar yigʻini qarorlari hamda ushbu Nizom asosida fuqarolar yigʻini tomonidan ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan  Nizomga muvofiq ish yuritadi.

Komissiya oʻz faoliyatida mustaqil boʻlib, faqat fuqarolar yigʻini oldida hisobdordir.

Nizomda komissiya faoliyati natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻiniga yilning har choragida hisobot berishi belgilangan.

Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasining maqsadi fuqarolar yigʻini xududida qonun xujjatlarining, yigʻin va uning Kengashi qarorlarining ijro etilishi, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat. Komissiya jamoatchilik nazoratini amalga oshirar ekan, fuqarolar yigʻini xududidagi tadbirkorlik  subʼektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, yilning har choragida tuman, shahar va viloyat rahbarlarining fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli xududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga asosli takliflar kiritish kabi vakolatlarga ega.

Komissiya oʻz faoliyatida isteʼmolchilarning huquqlari buzilishi xolatlarining oldini olish xamda bartaraf etish boʻyicha tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini olib boradi.

Oʻz vakolatlarini amalga oshirishda fuqarolar yigʻinining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladigan Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasi  fuqarolar yigʻini tomonidan yigʻin raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovidan soʻng bir oy ichida rais, rais oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiyaning 5-10 nafar aʼzosidan iborat tarkibda ikki yarim yil muddatga tuziladi. Komissiya aʼzolari soni fuqarolar yigʻinidagi aholi soniga hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) ayni paytda komissiya raisi hisoblanadi. Komissiya tarkibiga tuman (shahar) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolar yigʻini xududida tashkil etilgan tayanch guruhi rahbari, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tavsiyasi bilan yigʻin aʼzolari orasidan oliy maʼlumotli, muqaddam rahbarlik lavozimida ishlagan yoki yuqori ish tajribasiga ega, mahallada oʻzining namunali xulqi bilan obroʻ-eʼtibor qozongan xamda komissiya faoliyatida ishtirok etishga xohishi boʻlgan faollar kiritilishi mumkin.

Shuni ham eslatib oʻtish joizki, komissiya aʼzolari bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻini huzuridagi boshqa komissiyalar aʼzosi boʻlishi mumkin emas. Ayni paytda, fuqarolar yigʻini raisining maslahatchilari, masʼul kotib, "mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari, yigʻin xuzuridagi asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalarning aʼzolari komissiya tarkibiga kirish huquqiga ega emaslar.

Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasi faoliyatini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilayotgan Nizom fuqarolar yigʻinlari ishini yanada jonlantirishda, aholi manfaatlarini himoyalashda muhim meʼyoriy hujjat boʻlib xizmat qiladi. 

 

R.Roʻzmetov,

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026