16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:52
👁 4,363

YuRAKDAGI XAZINA

YuRAKDAGI XAZINA

YuRAKDAGI XAZINA

(ocherk)

Zebo. Ismi jismiga, suvrati siyratiga mos, istarasi issiq, gap-soʻzlarida samimiylik balqib turguvchi bu ayolni ilk marta, koʻrgan kishi: «Muncha xushroʻy, muncha xushtabiat boʻlmasa bu ayol!» - deya havas qilishi tabiiy.

Sababi, Zebo Rajabova nafaqat ayol, ona va nazokatli rafiqa, balki qalami oʻtkir ijodkor, mohir tarjimon, yuzlab yoshlarning sevimli ustozi sifatida tanilgan, nafaqat oʻzi tugʻilib oʻsgan Amudaryo tumanida, hatto Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida yuksak obroʻ-eʼtibor topgan ayollardan.

"Amudaryo haqiqati”  (hozirgi paytda "Taraqqiyot koʻzgusi”) nomi bilan minglab muxlislarining eʼtiborini qozongan tuman gazetasida Zebo Rajabovaning oʻrni katta. U garchi mutaxassisligi pedagog boʻlsada, gazeta ishini  tajribali jurnalistlar kabi yaxshi biladigan, hayotda ham, ishda va oilada ham oʻz tengqurlaridan ancha ilgarilab ketgan, barcha masalalarda oʻz shaxsiy fikriga, oʻz uslubiga ega ijodkor sifatida shakllangan, nihoyatda fidoyi inson.

Zebo Rajabova Mangʻit shahrining eng fayzli, gavjum Navoiy mahallasida, ziyoli oilasida dunyoga keldi. Otasi (xudo rahmat qilsin) Jumamurod Rajabovni tanigan va bilganlar «temir intizomli odam, Jumamurod melisa» deya hurmat-eʼtibor koʻrsatishardi. Boshqird qizi boʻlgan onasi (Alloh rahmat qilsin) Daniya xolaning juda koʻp chiroyli sifatlari Zebogulga oʻtgan.

-Oilada 10 nafar oʻgʻil-qiz voyaga yetganmiz, - deydi Zebo bolalik xotiralarini yodga olarkan. -Ota-onam bizga kamdan-kam hollardagina kiyim-kechak sotib olishardi. Onajonim, keyinchalik opalarim har xil jemper va koftalar, issiq paypoqlar, roʻmollar toʻqib berishardi.Onam kechalari necha soat uxlagan ekanlar-a, deb oʻylayman hozir. Chunki har gal ertalab oʻrnimizdan turganimizda bosh uchimizda oʻzimiz uchun onajonim tikib qoʻygan nimcha, kostyum, koʻylakmi, nimadir taxlab qoʻyilar, nonushtaga esa doim biron bir shirinlik pishirilgan boʻlardi.

Oiladagi bunday batartib hayot tarzi Jumamurod ota bilan Daniya xola farzandlarining qanoatli, mehnatkash, sarishta va tejamkor, rejali boʻlib voyaga yetishishlariga zamin yaratdi.

Oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan Zebo garchi sinfidagi eng aʼlochi oʻquvchi boʻlsa-da, oilaviy sharoit taqozosiga koʻra oʻsha yili oʻqishga bora olmadi.

-Avval hayotni oʻrgan, qizim, qobiliyatingni sendan birov tortib ololmaydi, keyin ham oʻqib olaverasan, ikkala opang talaba boʻlsa, onang qiynalib qolmasin, -maslahat berdi otasi.

Maktabni bitirgan yiliyoq u tuman axborot-hisoblash (statistika) boʻlimida nazoratchi sifatida ilk ish faoliyatini boshladi. 1978 yildan 1983-yilgacha tuman iqtisodiy hayotiga doir barcha maʼlumotlar yigʻiladigan mazkur boʻlimda Zebo Rajabova shu sohaning yetuk mutaxassislari bilan bir safda ish olib bordi. Jamoada obroʻ-eʼtibor topdi.

-Idoramizga jurnalistlar tez-tez kelib turishardi, - eslaydi Zebo. -Ularning ishiga havasim baland edi. Baʼzan oʻz qoʻlimdan oʻtayotgan yuzlab axborotlar, maʼlumotlar asosida gazetada yoritilayotgan tahliliy maqolalarni oʻqib: «nega shunday maqolalarni men ham yoza olmayman?» - deya havasim kelardi.

Ana shu havasmi yo taqdir taqozosimi Zebo Rajabova mehnat  faoliyatining qariyb besh yili «Amudaryo haqiqati» gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi bilan bogʻlandi. U tahririyatda dastlab muxbir, keyinchalik gazetaning qishloq xoʻjalik boʻlimi mudiri vazifalarida ishlab, barakali ijod qildi. Ish, oila, joʻsh­qin ijod bilan birga oʻz bilimini oshirish maqsadida Nukus Davlat Universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi. Adabiyotni, adabiy janrlarni, oʻzbek tilshunosligining oʻziga xos sirlarini, yangi qirralarini qunt bilan oʻrgandi. Oʻzining lirik sheʼrlari, munozarali maqolalari, yoshlar tarbiyasiga oid, chuqur falsafiy mushohadalarga boy, oʻtkir syujetli hikoyalari, tarjimalari bilan gazetxonlar eʼtiborini qozondi.

-Kasbimni qanchalik sevmay, qoʻlimga oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi diplomini olgach, negadir meni maktab ohanraboday oʻziga tortdi. Bolalar bilan birga, ularning quvonchlariga oshno boʻlgim, ularning begʻubor olamiga singib yashagim keldi, - deydi u. 

Ana shu orzu Zebo Rajabovani 32-sonli maktab bagʻriga chorladi. Maktabda besh yil davomida oʻquvchilarga oʻzbek tili va adabiyoti fanidan saboq berdi.

-Hayotning oʻzi katta maktab, - deydi u. - Ana shu ulkan maktab taʼlimini olmagan inson hayotdan hech qachon oʻz oʻrnini topa olmaydi. Umri ham, ish faoliyati ham besamara oʻtadi. Toʻgʻrisi, menga ish faoliyatimdagi eng buyuk ustoz - bu qaynoq va joʻshqin Hayot! Bu hayot dargohida qoqilsam ham, muvaffaqiyat qozonsam ham, bir lahza boʻlsin, bu maktabdan bezmadim. Intildim, faqat oldinga intilib yashadim.

Faqat oldinga intilib yashash, joʻshqinlik - Zebo Rajabovaning hayot shioriga aylandi. Uning tashkilotchilik qobiliyati, ishda nihoyatda intizomliligi, kirishimli, samimiy muomalasi bois, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi bosh mutaxassisi lavozimiga taklif etishdi. Uning bu yerdagi faoliyati tahsinga loyiq boʻl­di. Tumanda yoshlar tarbiyasi, xotin-qizlar hayotiga doir muammolarni hal etish, giyohvandlikka qarshi, turli yot oqimlar, ayniqsa diniy ekstremizmga qarshi kurash mavzularida tuman miqyosidagi tadbirlarni oʻtkazishda faollik koʻrsatdi.

1995-yilda yana oʻqituvchilik faoliyatiga qaytgan Zebo Rajabova oʻzi mehnat qilayotgan Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi Vazirligiga qarashli 8-sonli iqtidorli bolalar maktab-internatida yaxshi oʻqituvchigina emas, endilikda yetuk ustoz darajasiga yetdi. Taʼlim sohasidagi oʻzgarishlar, yangi innovatsion texnologiyalar, koʻrgazmali qurollar asosida dars oʻtish, turli maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish uning oddiy ish jarayoniga aylandi.

-Bolani sinfga qamab A.Navoiy ijodiy faoliyatidan ikki-uch kunlab maʼruza oʻqiganingizdan koʻra Navoiy asarlari boʻyicha bir soatlik sinflararo bahs-munozarali tadbir yoki musiqiy kecha oʻtkazishning ahamiyati juda katta, - deydi Zebo oʻz ish faoliyati haqida soʻzlarkan. - Koʻpincha shunday tadbirlardan keyin qizlarimiz Guli yoki Shiringa, oʻgʻil bolalarimiz Farhodga xos xislatlarni takrorlayotganlarini, Navoiy asarlaridagi ijobiy qahramonlarga oʻxshashga harakat qilayotganlarini his qilib quvonib ketaman. Shu oʻrinda adabiyot, ayniqsa, oʻzbek adabiyoti yoshlar tarbiyasida, ularning maʼnaviy yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlarida eng kuchli tarbiya quroli ekanligini taʼkidlagim keladi. Men oʻquvchilarimdan har bir darsda kim qanday adabiy kitob oʻqiyotgani haqida soʻrashdan, ular bilan suhbatlashishdan, bir doʻst kabi sirlashishdan charchamayman.

Asrimiz boshida buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» deya bong urganlarida naqadar haq ekanligini nafaqat oʻsha davr, balki bugungi davrimiz ham qayta-qayta isbotlamoqda. Chunki yomon tarbiya nainki bir inson, balki butun bir millat, mamlakat yoki dunyo uchun falokat keltiradi. Yaxshi tarbiya esa insonni ham, hayotni, millat va mamlakatni, dunyoni kulfatlardan asraydi. Biz oʻqituvchilarning zimmamizga ana shunday buyuk va saodatli vazifa yuklangan. Inson va millat, hayot va mamlakat, dunyo taqdiri ishonib topshirilgan. Biz shunga munosib ravishda ishlashimiz kerak.

Bunday hayot tarzi Zebo Rajabovaga xos ezgu fazilatlardan biri, xolos. Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi, yoshlarning sevimli ustozi Zebo Rajabova jamoada jamoatchi va faol hamkasb, shogirdlari davrasida ardoqli ustoz, kuyunchak va fidoyi muallima, qavm-qarindoshlar ichida odamgarchilikni joyiga qoʻyadigan oqibatli, epli kelin, oilada sevimli rafiqa, mehribon ona, qadrdon buvi! Qaynotasi Ozod aka Eshniyozov va qaynonasi Roziya opa uni aslo kelinim deyishmaydi, balki:

-Zebogul qizim, Zebojon bolam, - deya alqashadi.

Umr yoʻldoshi Shavkatjonni soʻzlatsangiz butun mehr-muhabbatini bir soʻzga jamlab: «umrim Zebosi!» - deydi samimiyat bilan. Shu oddiygina eʼtirof bilan oʻz rafiqasining oilada, oʻz hayotida tutgan mavqeining naqadar buyukligini ifoda etadi u.

Ana shunday ahil juftlikning shirin mevalari Barnoxon ham onasi kasbini tanladi. Rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, baxtli oila bekasi. Oʻgʻli Farruhjon Mangʻit kasb-hunar kollejining huquqshunoslik boʻlimini tugatib, ayni paytda Mangʻit shahrining "Doʻstlik” mahallasi posboni vazifasida xizmat qilmoqda.

-Yaqinda nevarali boʻldik, - deydi quvonch bilan Zebo. - Bir pasda buvi ham boʻlib qolibman.

Bayram kunlarida, tavallud kunida Zebo Rajabovaning uyida telefon qoʻngʻirogʻi tez-tez jiringlaydi. Toshkentdan, Nukusdan, Urganchdan, qoʻyingki, mamlakatimizning turli hududlarida taʼlim olayotgan, mehnat qilayotgan shogirdlari opani yoʻqlashadi. Bayram bilan, tavallud ayyomi bilan qutlaydi.

Zebo Rajabova 30 yillik pedagogik faoliyati davomida qancha-qancha oʻquvchilarini mustaqil hayotga kuzatgan, oq yoʻl tilagan boʻlsa-da hech qachon «Falonchi mening shogirdim», demaydi.

- Oʻzim oʻqitdim, deb hamma oʻquvchilarni «shogirdim», deyish notoʻgʻri, - deydi u. - Sendan saboq olgan, sening bilimingni, hayotga qarashlaringni, fazilatlaringni tan olgan, qadrlaydigan oʻquvchingning oʻzi «Ustoz!» deb huzuringga keladi. - Ana shu oʻquvching senga munosib shogird. Sinf toʻla bolaning hammasini «shogirdlarim», deya daʼvo qilish - oʻqituvchiga munosib emas. Biz muallimlar bolalar qalbida hurmat, eʼtibor, havas uygʻota oladigan fazilatga ega boʻlmogʻimiz kerak.

Bu Zebo Rajabovaning tajribali muallima va ijodkor inson sifatidagi xulosasi, shaxsiy fikri. Biz uni zimdan kuzatib, fikrlarini tinglarkanmiz, Zebogulning yana bir goʻzal xislatini kashf etdik: oddiylik va kamtarlik. Nazdimizda ana shu oddiyligi, kamtarligi Zebo Rajabovani el sevgan ijodkor-muallima sifatida tanitgan, shaxs sifatida shakllantirganday:

U shundayin yashaydi. Oddiy,

Mehnat erur umrin bezagi.

Martabasi, hatto mansabi-

Oddiygina muallimligi.

Shunday yashar, har bitta bola,

Uning koʻzin nuri, qarogʻi.

Va koʻnglida gullagan lola-

Kelajakning  porloq chirogʻi.

Bu hayotdan topgan bir komi

Kamtargina oilasidir.

Ustoz degan ulugʻvor nomi

Yurakdagi xazinasidir.

 

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amu news” ning maxsus muxbirlari.

Suratda: Zebo Rajabova shogirdlari davrasida

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019