16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:33
👁 4,529

MAʼNAVIYaT FIDOYISI

MAʼNAVIYaT FIDOYISI

MAʼNAVIYaT FIDOYISI

yoki Shavkat Chorshamovning muzeyi xususida

Tumanimizning «Oʻrta qalʼa» qishlogʻida Shavkat Chorshamov ismli ajoyib tabiatli inson yashaydi. U kishini yaxshi bilganlar: «Hech tinib-tinchimaydigan odam, mehnatkash, ibratli oila sohibi», - deya taʼriflashadi. Bilmaganlar esa: «Oʻziga foydasi tegmaydigan ishlarga boshini qotirib yuradi, nafaqadagi oʻqituvchi, dam olib yotmaydimi uyida?» - deb qoʻyaqolishadi.

Shavkat Chorshamovning oʻzi tamoman boshqacha fikrda:

- Dam olish – uydan chiqmay yotish degani emas, bunday xayolga borishning oʻzi maʼnaviyatsizlik. Masalan men, bir kun mehnat qilmasam ham zerikib qolaman, ham oʻzimni yomon his qila boshlayman. Demak, yoshi ulgʻaygan odam uchun mehnat – salomatlik tomon eltuvchi yoʻl, qolaversa, mehnatga oshno boʻlish emas, mehnatdan uzoqlashish – inson ruxiyatini yemiradi, - deydi Shavkat Chorshamov.

Shavkat Chorshamov ayni damda nafaqadagi faxriy oʻqituvchi. U to nafaqaga chiqkunga qadar yosh avlodni Vatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalash, ularga munosib bilim berish bilan shugʻullandi. 1973-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining geografiya-biologiya fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan Shavkat Chorshamov shu yiliyoq Mangʻit shahridagi 16-sonli maktabda oʻz mutaxassisligi boʻyicha ilk ish faoliyatini boshladi. Oʻz sohasidan tashqari tarix, arxeologiya va etnografiyaga qiziquvchi Shavkat Chorshamov maktabda Amudaryo tumani tarixi, xalq maʼnaviyati va madaniyati haqida hikoya qiluvchi moʻʼjazgina muzey tashkil etdi. Atrofiga intiluvchan va qiziquvchan shogirdlarini toʻplab, muzeyni tuman tarixiga oid turli xil eksponatlar bilan boyitdi. Ishdan boʻsh vaqtlarini muzeyni jihozlash, yigʻilgan eksponatlarning manba va manzillarini izlash, aniq tarixiy dalillar bilan boyitish ishlari bilan mashgʻul boʻldi. Uning bu ishlarini kuzatgan tanish-bilishlari biri maʼqullasa, yana birovlari: «Foydasi yoʻq ishga boshingni ogʻritma», - qabilidagi gaplarni aytishdi.

 

- Axir hamma narsadan foyda izlayversak, maʼnaviy hayotimiz ahvoli ne kechadi? – Shavkat Chorshamov kuyunchaklik bilan soʻzlaydi. – Kunlar, oylar, yillar shundogʻam tez oʻtib ketayotir. Hayotda ulgurganimizdan ulgurmagan ishlarimiz koʻp. Qolaversa, men muzeyni oʻz shaxsiy foydamni koʻzlab tashkil etmaganman. Muzey xalqimiz turmush tarzining maʼnaviy qiyofasi. Unda tumanimizning kechagi va bugungi kuni, kelajagi aks etib turadi. Qolaversa, muzey - tarixiy haqiqatlar oynasi. Bu – bizdan keyingi avlodlar uchun suv bilan havoday zarur.

Shavkat Chorshamov 1992-yilda kasb taqozosiga koʻra 12-sonli maktabga ishga oʻtdi. 19 yillik mehnati evaziga bunyod boʻlgan muzeydan koʻngil uzishi qiyin boʻldi. Qarasa, oʻzidan keyin muzey ishini yuritish haqida qaygʻuruvchi hech kim yoʻq. Oʻylab oʻtirmay muzeyni 12-sonli maktab binosiga koʻchirdi. Maktab maʼmuriyati uning muzeyi uchun xona ajratib berishdi. Hamkasblari, umr yoʻldoshi Zevarjon opa unga yaqindan yordam berishdi. Bir necha marta Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi koʻrik-tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlar sohibi boʻldi. 2011-yilda esa Shavkat Chorshamov tashkil etgan muzey «Oʻzligingdan oʻrgilay Vatan!» Respublika koʻrik-tanlovida faxrli 2-oʻrinni oldi hamda tanlovning maxsus diplomi va sovgʻasi bilan taqdirlandi.

Kim uchundir boʻsh vaqt – oromgohlarda dam olish, miriqib uxlash, sayohat qilish boʻlsa, kim uchundir kitob oʻqish, sport bilan shugʻullanish yoki ijod qilish. Shavkat Chorshamovning hayotida esa umuman boʻsh vaqtning oʻzi yoʻq. 5 nafar farzandi, 9 nafar nevarasini yoniga olib tomorqada dehqonchilik, bogʻbonlik qiladi. Poliz va sabzavot mahsulotlarining eng sarhili Shavkat Chorshamovning tomorqasida yetiladi. Meva-chevaning serobligi esa oila iqtisodi uchun koni foyda. Barcha yumushlaridan ortgan paytida u muzey tomon oshiqadi. Eng sokin, eng shirin lahzalar uning nazarida shu yerda, muzeyda! Yaqin-atrofdagi maktablarning oʻquvchilari, ovul yoshlari, hatto keksalari ham u tashkil etgan muzeyni tomosha qilishdan aslo zerikishmaydi. Chunki tumanimizda yagona boʻlgan Shavkat Chorshamovning ushbu muzeyini shunchaki tomosha qilish uchun emas, balki bu yerdan nimanidir oʻrganish, zarur manbalarga ega boʻlish uchun kelishadi odamlar.

 Muzey eksponatlari bilan tanisharkanmiz, dilimizdan kechgan bir fikr beixtiyor tilimizga koʻchdi:

- Muzeyni Amudaryo tumanining muzeyi sifatida shakllantirsa boʻlmasmikan. Salkam 40 yillik mehnatingiz mevasi boʻlmish yiqqan manba, eksponatlaringizni tuman muzeyi uchun berarmidingiz?

Shavkat Chorshamov xuddi hozir shu ish amalga oshadiganday yashnab ketdi.

- Jon-jon deb berardim! Axir bu mening 40 yillik orzuim-ku!

Kimdir bu hayotning karvonida sarson kezib oʻziga yashash uchun oson yoʻl izlab-izlab charchaydi, umri poyoniga yetganini sezmay qoladi. Kimdir boylik, mansab gadosi boʻlib vaqtning beshafqat gʻildiragida charxpalakday aylanaveradi, aylanaveradi. Oʻzidan biror bir ezgu iz  qoldirmaganini sezganda vaqt gʻildiragi uni umrning soʻnggi lahzalari tomon eltib qoʻyganini his etadi. Bu dam ham ayanchli, ham juda kech. Shavkat Chorshamovga oʻxshaganlar esa hayotining har bir damini maʼno, mazmun ila boyitib yashaydilar. Umumning manfaati, millat kelajagi uchun fidoyilik qiladilar. Bunday insonlarning izi, oʻtgan umri hikmatlarga, yaxshiliklarga toʻla boʻladi.

 

Shavkat Chorshamov ana shunday insonlar sirasiga kiradi. Biz uning 40 yillik mehnati evaziga bunyod boʻlgan muzeyning albatta tuman markaziga koʻchirilib, Amudaryo tumanining butun qiyofasini oʻzida jo etgan maʼnaviyat maskani sifatida qayta shakllantirilishiga umid qilamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA, 

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amunews”muxbirlari.

Suratlarda:

1. Shavkat Chorshamov muzeyga keltirilgan yangi eksponatni koʻzdan kechirmoqda. 2. Sh.Chorshamov qishloq yoshlarini muzeyga qoʻyilgan qadimiy ashyolar bilan tanishtirmoqda.

3. Muzeyga qoʻyilgan  eksponatlarning bir qismi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019