16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Jamiyat 👁 176

U AYTMOQChI BOʻLGAN QOʻShIQLAR

U AYTMOQChI BOʻLGAN QOʻShIQLAR

Hamyurtimiz, shoir-pedagog Xudoybergan Jumamurodov muborak 70 yoshni qarshiladi.

Xudoybergan Jumamurodov 1951-yilning 14-yanvar kuni tumanimizdagi Yusufxoʻja ovulida tugʻildi. Otasi xoʻjalikda traktor boshqarib, oʻz mehnati bilan elga tanilgan inson boʻlgan.

U hozirgi 12-sonli maktabda taʼlim oldi. Keyinchalik Mangʻit shahridagi 16-sonli oʻrta maktabni oʻqib tugatdi. Dastlab mehnat faoliyatini qurilish idorasida tokar ustaga shogird boʻlib ishlashdan boshladi.

Ishlash bilan bir paytda oʻzining azaliy orzusi – oliy oʻquv yurtiga kirib oʻqishga boʻlgan ishtiyoqi sabab puxta tayyorgarlik koʻrib bordi. Natijada 1968-yilda Nukus davlat pedagogika institutining oʻzbek filologiyasi fakultetining sirtqi boʻlimiga qabul qilindi.

Oʻqish bilan birga ish faoliyatini ham davom ettirdi. Harbiy xizmatni tugatib qaytgach, Mangʻit shahridagi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasida duradgor-usta vazifasida ishladi. Oʻqituvchilikni 1977-yildan 13-sonli oʻrta maktabda ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshladi.

1982-yildan boshlab to 2006-yil mehnat nafaqasiga chiqquniga qadar 12-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi.

Xudoybergan aka jonkuyar ustoz boʻlish bilan birga oilada mehribon ota hamdir. U turmush oʻrtogʻi Oʻgʻiljon opa bilan besh nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Oʻgʻillari – Umar, Nodir, Jasur, qizlari – Zulxumor, Dilbarlar el koriga yaraydigan mehnatkash insonlar boʻlib yetishgan.

Uni boshqalardan ajratib turadigan tomoni – uning shoirligi, sheʼriyatga oshnoligi.

Uning ijodga, sheʼriyatga boʻlgan ixlosi bobosi Jumamurod otadan oʻtgan desak xato qilmaymiz. Jumamurod ota arabcha savodxon boʻlib, koʻpgina ertak va afsonalarni yoddan aytib berib, tinglovchilarda katta taassurot uygʻotgan. Bu jihatlar doimo uning yaqinida boʻlgan yosh Xudoyberganning qalbida adabiyotga mehr uygʻotgani chin haqiqat.

– 16-sonli oʻrta maktabda oʻqib yurgan kezlarimda menda birdaniga keskin oʻzgarish hollari roʻy berdi, – deya eslaydi Xudoybergan Jumamurodov. – Ustozimiz adabiyot oʻqituvchisi Jumatov Shomurod akaning dars oʻtishlari menga yoqib qoldi. Fanga qiziqishim ortib, maktabdagi adabiyot toʻgaragiga qatnashib boshladim. Ustozim Shomurod akaning koʻrsatmalariga binoan yozgan sheʼrlarimni “Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatiga olib bordim. Tahririyatda S.Xoʻjaniyozov meni ochiq chehra va samimiyat bilan kutib oldi. U sheʼrlarimni birma-bir koʻzdan kechirib, yoʻl-yoʻriq, maslahat berdi.

X.Jumamurodov 53-yildan buyon ijod maydonini tark etmay kelmoqda. Shu kungacha saqlanib kelayotgan mingdan ortiq sheʼrlaridan faqatgina 200 ga yaqini saralanib, Toshkentdagi «Turon zamin ziyo» nashriyotida «Men aytmoqchi boʻlgan qoʻshiqlar» turkumida nashr qilindi. Bu uni yanada tinimsiz ijod qilishga undadi. Ayniqsa, shoir Ahmad Nafas bilan ijodiy hamkorlik unga yanada kuch bagʻishladi.

Faxriy ustoz ijodida zamonga xos va mos boʻlgan rang-barang mavzularda Vatanga boʻlgan muhabbat, tabiat goʻzalliklari, ota-onaga hurmat va ularni sidqidildan eʼzozlash, doʻst-yorlarga sodiqlik munosabatlari, oila va farzand tarbiyasi, ilm va bilimga chanqoqlik fazilatlari, sevgi va muhabbat gʻoyalarini taʼriflash kabi sheʼrlar asosiy oʻrinni egallaydi. Sheʼrlarining koʻpchiligini qoʻshiqqa mos ohangda yozishga harakat qiladi.

Sheʼrlarining muxlisi boʻlgan ixlosmandlar taklifiga binoan «Muhabbat haqida sheʼr yoz dedilar» deb nomlangan sheʼr yozdi. Shu sabab boʻldi-yu, muhabbat mavzusida dastxat qilib yozilgan, lekin egasini topolmay qolib ketgan sheʼrlarini toʻpladi. Ularga yangidan sayqal berib, 340 ga yaqin sheʼrni jamul-jam qildi va «Muhabbatim – zeb-ziynatim» deb nomlanuvchi lirik sheʼrlardan iborat qoʻshiqqa mos ohangda yozilgan toʻplamini nashr qildirish taraddudiga tushdi.

...Xudoybergan Jumamurodovning dastlabki sheʼriy-toʻplami ilgari aytib oʻtganimizdek «Men aytmoqchi boʻlgan qoʻshiqlar» deb ataladi. U oʻz oldiga buyuk rejalar qoʻygan. Bir kitobdagi sheʼrlar bilan u aytmoqchi boʻlgan qoʻshiqlar tugamaydi.

Shoir qalamidan toʻkilgan har bir satr uning koʻngil mulki. Ijodkorning koʻngil mulki esa yangi-yangi sheʼr, doston, hikoyalarni yarataveradi. Xudoybergan aka «Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat tashkilotning aʼzosi sifatida ham barcha tadbirlarda faol qatnashadi. Har safar yangi sheʼrlari bilan keladi.

Ustoz shoir bugungi kunda sergʻayrat, tinimsiz ijod bilan band. U aytmoqchi boʻlgan qoʻshiqlar koʻp hali. Kelgusida gazetamiz orqali shoirning ijod namunalaridan bahramand qilib borishga harakat qilamiz.

 

Oʻrozali REYIMOV, «Jayxun ilhomlari» NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019