16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:24
Madaniyat 👁 306

QIZILChOLIDAGI NAVROʻZ ShUKUHI KOʻNGILLARGA BAHORIY KAYFIYaT HADYa ETDI

QIZILChOLIDAGI NAVROʻZ ShUKUHI KOʻNGILLARGA BAHORIY KAYFIYaT HADYa ETDI

Jannatmakon yurtimiz uzra oftob charaqlab, butun olamni goʻzallikka burkab, qutlugʻ poyqadami bilan Navroʻz tashrif buyurdi. Bundan koʻngillar shodlikka, zavqqa toʻlib, dillar yayradi. Shunday paytda dunyolarga sigʻmagan bu quvonchni hamma birga baham koʻrishga, Navroʻz hadya etgan goʻzalliklardan birga bahra olishga oshiqadi. Navroʻz ana shunday har bir oila, har bir xonadonga shod-u xurramlik olib kiradigan eng qadrli, aziz va suyukli milliy bayram.
Uch ming yildan ziyod tarixga ega boʻlgan Navroʻzi olam – sharqona yangi yil xalqimizning tabiati, ong-u tafakkuri, qalbiga chuqur singib ketgan. Bir donishmanddan Navroʻz qachondan bayram qilinganini soʻrashganida, u bu kunni Oy va Quyosh paydo boʻlgan paytdan boshlangan, deb javob beribdi. Bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy esa “Quyosh va Oy falakning ikki koʻzi boʻlganiday, Navroʻz va Mehrjon zamonning ikki koʻzidir”, degan ekan. Darhaqiqat, azal-azaldan elimizda bahordagi kecha va kunduz tenglashishi Navroʻz, kuzda ham bu holatning takrorlanishi Mehrjon deb atalib, har ikkalasi shodiyonalar bilan bayram qilingan.


17-mart kuni Qizilcholi mahallasida ham Navroʻz bayramini nishonlash, aholiga bahoriy kayfiyat ulashish, koʻtarinki ruh bagʻishlash maqsadida 9-sonli maktabning yozgi sport maydonchasida katta tadbir oʻtkazildi. Bayramga tashrif buyurgan yosh-u qarini fuqarolar yigʻini raisi Rashid Yerlapasov qutlugʻ ayyom bilan muborakbod etib, yil davomidagi erishilgan yutuqlarni quvonch va faxr bilan tilga oldi. Tumandagi ulkan bunyodkorlik ishlari, yosh avlodga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ayniqsa, joriy yilda boshlangan Amudaryo ustidan oʻtadigan temir yoʻl va avtomobil yoʻli qoʻshma koʻprigi qurilishi ishlari haqida iftixor bilan soʻzlab, bayram sayliga tashrif buyurganlarni juda ruhlantirdi.


Bayram tomoshalari 9-sonli maktab oʻquvchilari, hududdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kichkintoylari tomonidan ijro etilgan bahor, navroʻz, yurt madhini tarannum etuvchi kuy va qoʻshiqlar, dilrabo raqslar bilan yanada avj oldi. Ayniqsa, mahalla onaxonlari, havaskorlari tomonidan kuylangan yor-yorlar, laparlar va alla qoʻshiqlari, turli anʼana va udumlarning sahnadagi namoyishi hammaga manzur boʻlib, dillarga xushnudlik baxsh etdi. Sayil milliy sport oʻyinlaridan arqon tortishish hamda shaxmat-shashka, futbol musobaqalari bilan davom ettirildi. Bolajonlar esa oʻzlari yasagan rang-barang varraklarni baland-baland uchirishdi. Bahor kelganidan darak berib, zangori osmonda uchayotgan turfa rangli varraklar kichkintoylar qatorida yoshi kattalarni ham nihoyatda zavqlantirdi.


- Navroʻz milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi haqiqiy xalq bayrami, - deya oʻz quvonchini, dil izhorlarini bayon etadi mahallaning yosh ulugʻ otaxoni Ismoil ota Yusupov. - Uning oʻziga xos tarixi Ona xalqimiz tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Mahmud Qoshgʻariy, Navoiy, Bobur kabi ulugʻlarimiz oʻz asarlarida Navroʻzi olam tarixi, uning mohiyati haqida qimmatli fikrlar bildirganlar. Biz bularning hammasini, milliy anʼanalarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimizni yosh avlod ongiga, qalbiga doim singdirib borishimiz darkor.
Oʻyin-kulgu, zavq-shavq bilan davom etayotgan ushbu ulkan bayram tadbirida sport oʻyinlari, musobaqalar gʻoliblari turli sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Ayniqsa, fuqarolar yigʻini va maktab maʼmuriyati tomonidan berilgan faxriy yorliqlar, mahalladoshlarning olqishlari ulardagi bayramona kayfiyatni yanada koʻtardi.


- Ota-bobolarimiz Navroʻzni bayram qilish asnosida turli anʼana va udumlarni ham namoyish etishgan. Dehqonlar shu kuni yerga baraka urugʻini qadab, Allohdan moʻl rizq tilashgan. Ayol-qizlar esa yangi chiqqan giyohlardan tanaga quvvat beruvchi, darmonbaxsh taomlar, ayniqsa, sumalak tayyorlab, xonadonlariga qut-baraka soʻrashgan. Ahillik va hamjihatlikda ushbu bayramni nishonlab, keyingi avlodlarga ham ibrat koʻrsatishgan. Shu kunlarga yetganimizga, kelajagimiz boʻlgan yoshlarning komil insonlar boʻlib voyaga yetayotganiga shukronamiz koʻp  -, deydi mamnuniyat bilan nuroniy otaxon Chorsham Matvafoyev.


Sayilda mahalla ayollari, kelinchaklar-u qizlar oʻzlari tayyorlagan turli milliy taomlar, shirinliklar, non-patirlar, qatlama-chalpaklar, sumalaklar bilan bayram dasturxonini bezab, bor mahoratlarini koʻrsatishdi. Katta doshqozonlarda pishirilgan palov ham barcha mehmonlarga suzib tarqatildi.
Shodu-xurramlik bilan nishonlangan Navroʻz bayramidagi koʻtarinkilik nafaqat Qizilcholi mahallasidagi har bir xonadonga, balki yon-atrofdagi ovul-mahallalarga ham koʻchdi. Boshlanayotgan sharqona yangi yil butun kuyukkoʻpirliklar tomonidan katta quvonch bilan kutib olinib, shodiyonalarning bardavom boʻlishiga ezgu tilaklar bildirildi.
Umumxalq bayrami Navroʻz hammaning koʻngliga iliqlik, yuraklariga bahoriy kayfiyat, yuzlariga tabassum hadya etuvchi bayramdir. Har kunimiz boʻlsin Navroʻz, degan gap bejiz aytilmagan. Shunday ekan Navroʻz shukuhi yurtimizda har doim kezib yursin.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019