16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:45
Madaniyat 👁 232

MUSIQA VA SANʼAT MAKTABIDA USTOZ SANʼATKOR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI

MUSIQA VA SANʼAT MAKTABIDA USTOZ SANʼATKOR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI

Sanʼat odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat aʼzolarini aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi boʻlib kelgan. Sanʼat odamlarning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir.

Inson zoti borki, musiqa va sanʼat asarlaridan bahra oladi, goh sokin, goh joʻshqin, goh dardli kuy-qoʻshiqlarni tinglab, orom oladi, dunyoni, oʻzini, oʻzligini anglashga, tiriklik, hayot mazmun-mohiyatini teranroq anglashga intilaveradi. Shu barobarida elga manzur qoʻshiqlar ijro etgan sanʼatkorlarga hurmat-eʼtibori ortaveradi.

Tumanimizda sanʼat sohasida oʻziga xos maktab yaratgan, yoshlarning sevimli murabbiysi, dilga yaqin qoʻshiqlari bilan nafaqat tumanda, hatto mamlakatimizda, xorijda ham oʻz ijrosi bilan tinglovchilar qalbini zabt etgan Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Gulmurza Nurmatov ham ana shunday hofizlarning biri desak, adashmagan boʻlamiz.

U uzoq yillar tumandagi Bolalar musiqa va sanʼat maktabida direktor, tuman Madaniyat boʻlimi mudiri lavozimlarida sidqidildan mehnat qildi. Oʻzining ijrochilik mahorati, ijodkorligi bilan, sanʼatga fidoyiligi bilan shogirdlarining yuksak hurmat-eʼtiborini qozongan Gulmurza Nurmatov bu yil hayotining tabarruk saksoninchi bahorini qarshi oldi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 29-martida tuman Bolalar musiqa va sanʼat maktabida otaxon hofiz bilan maktab oʻquvchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tuman madaniyat boʻlimi, maktab rahbariyati hamkorligida tashkil etilgan kechaga oʻquvchilar, oʻqituvchilar, Gulmurza Nurmatovning sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan shogirdlari ishtirok etdilar.

Tadbirni tuman Madaniyat boʻlimi xodimi, suxandon Oybek Begimov boshqarib bordi. Soʻzga chiqqan tuman Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yoʻldosh Abdalov ustoz sanʼatkorni 80 yillik yubileyi bilan qizgʻin qutldi. Ustozning bosib oʻtgan hayot va ijodiy yoʻli, sermahsul faoliyati haqida berilgan maʼlumotlar oʻquvchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Gulmirza Nurmatov ham sanʼat yoʻlini tanlagan yoshlarni mashaqqatlardan choʻchimay, ijodiy barkamollik sari dadil intilishga, xalqimizga manzur boʻladigan kuy-qoʻshiqlar yaratib, maromiga yetkazib ijro etishga daʼvat etdi. Oʻz navbatida umtoz ijodkor oʻziga koʻrsatilayotgan hurmat-eʼtibor uchun Bolalar musiqa va sanʼat maktabi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda ishtirok etgan maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari Gulmurza Nurmatovga ijodiy faoliyatiga doir oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.

Tadbir soʻngida Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari ijrosida kontsert dasturi namoyish etildi. Bolaligidan Usmon Ahmedov, Nazir Rahimov, Rajabboy Bobojonov kabi sanʼat dargʻalari nazariga tushib, ulardan ulkan saboqlar olib, birga ijod qilgan ustoz ijodkor bugun tabarruk yoshga yetdi. Yoshligidan elimizning suyukli sanʼatkorlari bilan sahnalarda birga kontsert dasturlarda qatnashib, ularning sanʼatidan, el xizmati yoʻlidagi fidoyiliklaridan oʻrnak olib kelgan Gulmirza Nurmatov hayoti davomida ustozlarining yoʻlini sharaf bilan davom ettirdi. Sakson yoshida ham ovozidagi joʻshqinlik, kuylash ishtiyoqi soʻnmagan ustoz sanʼatkorning hayotidan, faoliyatidan barcha ibrat olsa arziydi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019