16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Jamiyat 👁 262

ASKAR OʻGʻLINING QARORIDAN MAMNUN ONA

ASKAR OʻGʻLINING QARORIDAN MAMNUN ONA

Xalqimizning qon-qoniga singib ketgan goʻzal bir fazilati bor: yangi oila qurayotgan yoshlarga toʻlib-toshib baxt-saodat tilash bilan birga, albatta “unib-oʻsinglar, boshlaringizda soyabon, atrofingizda metin qoʻrgʻon boʻlgulik oʻgʻillar koʻringlar”, – deyishadi. Bu – yosh oilaning ona Vatan tinchligiga daxldor juftlik sifatida eʼtirof etilishidir.

Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida istiqomat qiluvchi Muzaffar Qoʻchqorov bilan Dildora Avezboyevalarning birgalikdagi hayoti ham ana shunday tilaklar bilan boshlandi. Oʻzaro mehr-oqibat, bir-birovga izzat-hurmat asosiga qurilgan oilada biri-biridan shirin ikki oʻgʻil dunyoga kelganida Muzaffar bilan Dildoraning quvonchlariga nafaqat yaqinlari, balki doʻstlari, qoʻni-qoʻshnilari ham sherik boʻlishdi.

Yillar bilan boʻy talashib, ulgʻaygan oʻgʻillarining kattasi Nurbek otasiga yordamchi boʻldi, yakka tadbirkorlik yoʻnalishini tanladi. Begzod esa oʻzi taʼlim olgan 55-sonli maktabda oʻqib yurgan kezlaridanoq harbiy boʻlish orzusi bilan ulgʻaydi va harbiylar hayotiga oid kitoblarni oʻqish, maktabdagi chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fanini puxta oʻzlashtirish uning sevimli mashgʻulotiga aylandi. Oʻqishdan boʻsh vaqtlarida mustaqil ravishda futbol sporti bilan shugʻullandi, chiniqish mashgʻulotlarida qatnashdi. 2022-yilning yanvar-fevral oylarida u muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan tengqurlari qatori Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tibbiy, axloqiy-maʼnaviy, jismoniy yetuklik boʻyicha koʻriklardan oʻtib, maʼnaviy-maʼrifiy va nazariy sinovlarni muvaffaqiyatli topshirdi. Mart oyida muddatli harbiy xizmat burchini ado etish uchun joʻnab ketdi.

Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibida oʻz xizmat burchini ado etishga kirishgan Begzod oʻzining qiziquvchanligi, qolaversa, mustaqil ravishda futbol sporti va jismoniy chiniqish mashqlari bilan shugʻullangani uchun harbiy hayotga juda tez koʻnikdi. Chaqqonligi va kism komandirlari tomonidan berilgan topshiriqlarni aʼlo darajada bajarishi bilan quroldosh doʻstlariga namuna boʻlaoldi.

Muddatli harbiy xizmat burchini ado etayotgan barcha safdoshlari qatori Begzod Oʻrozboyev ham ayni kunlarda harbiy-jismoniy va nazariy test sinovlarini topshirmoqda.

- Oʻgʻlim sinovlardan aʼlo darajada oʻtayotgan ekan, - quvonch bilan soʻzlaydi uning onasi Dildora Avezboyeva. – Begzodjon xizmat qilayotgan harbiy qismdan tashakkurnomalar, “shunday farzandni tarbiyalaganingiz uchun rahmat”, - degan minnatdorchilik xatlarini olganimda koʻksim togʻday yuksaladi. Begzodjon harbiy xizmatga joʻnab ketayotib menga soʻz bergan: “albatta harbiy boʻlaman, ona Vatanni himoya qilaman!”, - degan!

Onaning farzandidan roziligi ham, farzandiga ishonchi ham uning mamnuniyat balqib turgan yuz-u koʻzlarida ayon. Dildoraxon ham Begzodjonning tanlovidan, erishayotgan yutuqlaridan mamnun. Chunki Begzodjon Oʻrozboyev oʻzi xizmat qilayotgan davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibidagi harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyasi, qolaversa, oʻz hohishi bilan muddatli harbiy xizmat burchini oʻtab boʻlgach, shartnoma asosida xizmatni davom ettirishga qaror qilgan.

- Bahor kelishini intiqib kutayapmiz, - deydi Dildoraxon. – Begzodjonni harbiy libosda koʻrish ona sifatida menga faxr-iftixor bagʻishlaydi. U oʻzi orzu qilganiday ona Vatan himoyachisi boʻlib, harbiy xizmatni davom ettirish uchun yana oʻzi xizmat qilgan qismga joʻnab ketadi. Ilohim, oʻgʻlim va u kabi barcha Vatan himoyachilari omon boʻlsinlar.

Biz ham askar oʻgʻlining qaroridan mamnun Dildoraxon Avezboyevaga va barcha askar onalariga sogʻlik, yurtimizga tinchlik tilaymiz hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA, Rashan BAHROMOV, M.ShOMURODOV surat-lavhasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019