16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:09
Madaniyat 👁 392

TANIQLI SANʼATKOR ORZIGUL OTAMURODOVA TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA BAGʻIShLAB XOTIRA KEChASI OʻTKAZILDI

TANIQLI SANʼATKOR ORZIGUL OTAMURODOVA TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA BAGʻIShLAB XOTIRA KEChASI OʻTKAZILDI

Hayotda har birimizning koʻrishga talpinadigan, dunyodan oʻtib ketganidan soʻng ham xotirasini hurmat bilan esimizga oladigan insonlarimiz bor.

Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston xalq artisti, oʻziga xos maftunkor ovoz sohibasi, Qoraqalpoq sanʼati dargʻalaridan biri Orzigul Otamurodova ana shunday insonlar sirasidan edi. Uning nurli yuzi, shirali ovozi koʻpchilik yurtdoshlarimiz koʻnglida yashayapti. Sanʼatkor onaxon agar hayot boʻlganlarida hozir 100 yoshni qarshi olar edilar.

5-aprel kuni Amudaryo tumanining Nazarxon ovulida joylashgan 3-sonli maktabda Qoraqalpoq xalqining iqtidorli sanʼatkor qizi, “Shuhrat” medali sohibasi, urush va mehnat faxriysi Orzigul Otamurodova xotirasiga bagʻishlangan adabiy kecha oʻtkazildi.

Xotira kechasida tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, Orzigul Otamurodovaning safdoshi, shogirdi Shinnigul Dosxojayeva, xoʻjaylilik Guliston Reyimova, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Xanzada Palvanova, Nazarxon ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari, maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari, marhuma sanʼatkorning yaqinlari ishtirok etdilar.

Tadbirni Nazarxon ovul fuqarolar yigʻini raisi Sagʻinbay Yoʻldashev ochdi va taniqli sanʼatkor xotirasini eslash maqsadida yigʻilganlarga uning sanʼatdagi yorqin yoʻli haqida gapirib berdi.

Orzigul Otamurodova 1923-yilda respublikamizning Nukus tumani Nazarxon ovulida (ushbu hudud avval mazkur tumanga qarashli boʻlgan) tugʻilgan. Sanʼatga bolaligidan qiziqqan. Uning iqtidorini sezgan nazarxonlik taniqli baxshi Japaq Shomurodov unga ustozlik qilib qoraqalpoq xalq qoʻshiqlarini, termalarini oʻrgatgan.

Maktabdan soʻng – 1944-yilda Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri qoshida ochilgan balet kursini tugatgan. 1944-yildan 1953-yilgacha shu teatrda aktrisa sifatida ishlab, iqtidori tufayli koʻpchilik tomoshabinlar eʼtiborini qozongan. Uning oʻziga xos jarangdor ovoz bilan ijro etgan qoʻshiqlari xalqimiz hurmat-eʼtiboriga sazovor boʻlgan.

Oʻsha vaqtlarda ayol-qizlarning sahnaga chiqishi, qoʻshiq aytib, rollar ijro etishining oʻzi ulkan jasorat edi. Orzigul Otamurodova ijodida bu jasorat bilan uygʻun yorqin isteʼdod uni nafaqat Qoraqalpogʻistonda, qoʻshni mamlakatlarda ham mashhur qildi.

Uning “Suymaganga suykanma” spektaklidagi Oysanam, shuningdek, Berdaq spektaklidagi Hurliman, “Oltin koʻl”dagi Shohista kabi yaratgan oʻnlab obrazlari xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi. Xonanda sifatidagi sohir ovoz bilan kuylagan qoʻshiqlari maʼnaviy merosimizning ajralmas qismiga aylandi.

Orzigul Otamurodova Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida, Qoraqalpoq davlat televideniyesi va radio qoʻmitasida yakkaxon xonanda sifatida ham samarali ijod qildi.

U Qoraqalpoq sanʼatiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Oʻzbekiston xalq artisti unvonlari bilan mukofotlangan.

Xotira kechasida Orzigul Otamurodovaning hayot yoʻli va ijodi haqida tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, sanʼatkorning yaqinlari, uni yaqindan bilganlarning xotiralari tinglandi, sanʼatkorning hayotidan namoyish etilgan videolavhalar, ijro etgan qoʻshiqlari yangradi. Shuningdek, nazarxonlik yosh havaskor xonanda ijrosida qoʻshiq, raqslar ijro etildi.

Yillar oʻtaveradi, biroq el-u xalq xizmati uchun umrini baxshida etgan insonlar xotirasi hech qachon unutilmaydi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026