16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Madaniyat 👁 240

“SENI SOGʻINDIK, BAHOR!” ShIORI OSTIDA OʻTKAZILAYoTGAN “KINOKARVON” MANGʻITDA BOʻLDI

“SENI SOGʻINDIK, BAHOR!” ShIORI OSTIDA OʻTKAZILAYoTGAN “KINOKARVON” MANGʻITDA BOʻLDI

Yurtimizda Kinematografiya agentligi tomonidan eʼlon qilingan “Seni sogʻindik, bahor!” shiori ostida “Kinokarvon” aktsiyasi oʻtkazilmoqda. Respublikaning barcha hududlarida aktsiya doirasida boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda taniqli rejissyorlar, operatorlar, aktyorlar va aktrisalar koʻpsonli muxlislari bilan uchrashib, kino sohasidagi yangiliklar, soʻnggi yillarda suratga olinayotgan badiiy va hujjatli filmlar, ularda aks ettirilayotgan mavzu va gʻoyalar, sohaga doir yangiliklar haqida qiziqarli suhbatlar uyushtirmoqdalar hamda eng sara filmlarni namoyish etmoqdalar.

Kinokarvon aktsiyasi ishtirokchilaridan bir guruhi 11-aprel kuni Amudaryo tumaniga ham tashrif buyurishdi. Mehmonlar Mangʻit shahridagi tuman Madaniyat boʻlimi muhtasham binosi oldida karnay-surnaylar sadosi ostida qarshi olindi. Kinoijodkorlarga ostonada xalqimizning odatiga koʻra non tutildi. Aziz mehmonlar bayramona bezatilgan bino ichkarisida taklif etildi. Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev va boshqa masʼullar hamrohligida ularning tomoshalar zaliga kirib kelishlarini koʻpsonli kino muxlislari qarsaklar bilan olqishlab turdilar.

Kinematografiya agentligining “Kino sanʼati” jurnali direktori Saydulla Rajabov, kinorejissyor Rustam Sagdiyev, teatr va kino rejissyori Farhod Mahmudov, aktrisa Anjelika Yesimbayeva, aktrisa Shaxsanem Abdijamilova, operator Lochin Ibragimovlardan iborat ijodiy guruh bilan diydorlashuv mangʻitliklarda oʻchmas taassurotlar qoldirdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, “Seni sogʻindik, bahor!” shiori ostida respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan kinokarvon aktsiyasi doirasida kinoijodkorlarning tumanimizga tashrifi uchun ularga chuqur minnatdorchilik bildirdi, ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi va ushbu uchrashuv amudaryolik kinoixlosmandlar uchun unutilmas taassurotlar hadya etishini taʼkidladi.

Aktsiya ishtirokchilari Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi badiiy va hujjatli filmlar, kino sohasidagi yangiliklar va yangi suratga olingan filmlarning xalqaro festivallarda namoyish etilib, yuksak eʼtiroflarga sazovor boʻlayotgani, nufuzli mukofotlarni qoʻlga kiritayotgani haqida, shuningdek, “Kinokarvon” aktsiyasining tomoshabinlarga yangi badiiy, hujjatli filmlarni targʻib etishdagi oʻrni haqida tomoshabinlar bilan samimiy suhbatlashishdi.

Yorqin taassurotlarga boy suhbat soʻngida kinoijodkorlar ayni kunlarda butun mamlakat boʻylab davom etayotgan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida oʻtayotgan referendumoldi tadbirlar, amaldagi Konstututsiyamizga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Uchrashuvda tomoshabinlarni qiziqtirgan kino sohasiga oid savollarga batafsil javoblar berildi. Shundan soʻng oʻzbek kinoijodkorlari mehnati mahsuli boʻlgan “Baron-2. Sogʻinch” badiiy filmi namoyish etildi.

Yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini saqlash yoʻlidagi mardlik, fidoyilik, Vatanga sadoqat ulugʻlangan film barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019