16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:06
Sport 👁 303

XOTIRA VA QADRLASh KUNI MUNOSABATI BILAN MARAFON OʻTKAZILDI

XOTIRA VA QADRLASh KUNI MUNOSABATI BILAN MARAFON OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini rivojlantirish, jismoniy faolligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida qishloq va mahallalarda salomatlik guzarlari, minifutbol, stritbol, voleybol va basketbol maydonchalari tashkil etilib, bolalar va oʻsmirlar, yoshlar va keksalar oʻrtasida turli xil sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda. Ayniqsa, turli bayram sanalari munosabati bilan amalga oshirilayotgan marafon musobaqalarida aholining barcha yosh toifasidagi qatlami keng qamrab olinayotgani aholi oʻrtasida sportni yanada ommalashtirish imkonini bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, minifutbol, badminton, stritbol va vorkautsport turlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan keng miqyosli chora-tadbirlar tufayli ertalabki yurish, yugurish, minifutbol, badminton, stritbol va vorkautsport aholi oʻrtasida tobora ommalashib bormoqda.

8-may kuni Xotira va qadrlash kuni – umumxalq bayramiga bagʻishlab Amudaryo tumanida oʻtkazilgan marafon musobaqasida ham turli yosh toifasidagi sportsevarlar ishtirok etishdi.

Amudaryo tumanining qishloq va mahallalarida istiqomat qiluvchi, 16 yoshdan yuqori boʻlgan erkaklar va ayollar ishtirokida oʻtkazilgan musobaqalar qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtkazildi. 196 nafar ishtirokchining 68 nafari ayol-qizlardan iborat boʻlib, har bir ishtirokchi oldindan musobaqa Nizomi va zarur shartlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Erkaklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan marafon musobaqalari yakuniga koʻra, Xolimbeg ovulidan kelgan jamoa aʼzosi Rashidbek Iskandarov faxrli 1-oʻrinni egallab, xolimbegliklar ishonchini sharafli ado etdi. Shuningdek, erkaklar oʻrtasidagi musobaqalarda Toryop mahallasidan Yashnarbek Shukurullayev faxrli 2-oʻrinni, Toʻlqin ovulidan Sardorbek Shomurodov esa 3-oʻrinni egalladilar.

Ayol-qizlar oʻrtasidagi musobaqalar yanada qiziqarli va doʻstona vaziyatda oʻtdi. Unda 1-oʻrin Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasidan Dinora Ozodovaga nasib etdi. 2-oʻrinni Kuyuk koʻpir ovulidan Muxlisaxon Tojiboyeva egallagan boʻlsa, 3-oʻrin Muxlisaxonning hamqishlogʻi, yana bir Kuyuk koʻpir ovullik sportchi Gulbonu Oʻrinboyeva hisobiga yozib qoʻyildi.

Ahillik va jipslik asosida boʻlib oʻtgan marafon musobaqalarda har bir ishtirokchi oʻz qishlogʻi va mahallasi shaʼni uchun kurashdilar hamda erishgan gʻalabalari bilan ona Vatanga cheksiz muhabbat, bugungi dorilomon kunlar uchun jonlarini fido etgan vatanparvar, fidoyi bobolari xotiralariga hurmat-ehtirom tuygʻularini namoyon etdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019