16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Jamiyat 👁 314

Totuvlik tafti: MUATTAR MEHR TAFTIDAN OBOD XONADON

Totuvlik tafti: MUATTAR MEHR TAFTIDAN OBOD XONADON

Qilichboy zamini Amudaryo tumanining maftunkor goʻshalaridan biri. Bu zaminda yashab, oʻzlarining fidoyi mehnatlari bilan umr manzillarini ziynatlab, yuksak obroʻ-eʼtibor topgan insonlar juda koʻp. Ayniqsa, oʻzaro mehr-oqibatli, totuv va inoq oilalar saltanatini bunyod etib, nafaqat oʻz farzandlariga, balki el-yurtga muattar mehr taftini ulashib yashayotgan insonlarning turmush tarzlari havasga munosib.

Qilichboy zaminida qozoq millatiga mansub Bektursun ogʻa (Alloh rahmat qilsin) va Enajon momo Qilichevlar haqida gap ketganida eldoshlari:

- Ularning  chehralari nurli edi, izlarida qolgan urpoqlari ham juda mehrli, el-yurtga qayishgan, - deya havas bilan eʼtirof etishadi.

Bektursun ogʻa Qilichev butun umrini taʼlim-tarbiya sohasiga bagʻishlagan, to nafaqaga chiqqunlaricha qishloqdagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlarga fizika-matematika fanidan dars berganlar. Umr yoʻldoshi Enajon momo esa shu maktabda farrosh boʻlib ishlash bilan birga katta roʻzgʻorning saranjom-sarishtaligini taʼminlab, oʻta tejamkorlik bilan bekalik vazifasini ado etganlar. Biri qozoq, biri oʻzbek millatiga mansub Bektursun ogʻa bilan Enajon momo mehr-muhabbat chashmasidan suv ichib, bu xonadonda 5 oʻgʻil, 4 nafar qiz voyaga yetdi.

Xalqimizda “Qirqta boʻlsa, qiligʻi, oʻnta boʻlsa, oʻrni boshqa”, degan ajib hikmat goʻyo Bektursun ogʻa bilan Enajon momoning farzandlari xulq-atvoriga qiyosan yaralganday, toʻqqiz nafar oʻgʻil-qiz toʻqqiz xil oʻziga xos dunyo boʻldilar. Ota-onalari feʼlidagi oʻzaro mehr-oqibat, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, qatʼiyat va dadillik, eng muhimi, halollik va rostgoʻylik fazilatlarini oʻzlariga “yuqtirgan” farzandlar kamolga yetganida ahillikda goʻyo bir mushtga, oʻzaro mehr-oqibatda koʻngillari daryoga aylandilar. Biri-biridan mehnatkash, elim, yurtim, uyim-joyim, roʻzgʻorim, degan fidoyi insonlar boʻlib shakllandilar. Vaqt oʻtib, 9 farzand 9 joyda ildiz otib, oʻzlarining muqaddas oila qoʻrgʻonlarini yaratdilar.

Biz istaymizmi, istamaymizmi, hayot qonuni – Allohning hoxish-irodasi oldida ojizmiz. Shuning uchun ham keksalar bu dunyo bir mehmonxona, biz esa mehmonmiz, deyishadi. Bu fano mehmonxonasida izzat-hurmatga, ehtiromga munosib yashash esa insonning oʻziga bogʻliq. Bektursun ogʻa bilan Enajon momo bu hayotdan ketganlariga ancha boʻlgan, lekin har kuni, har tong ularning nurli izlari qolgan katta xonadonda, bu xonadondan bir irmoq kabi taralib, mehr-oqibat ummoniga aylangan oʻgʻil-qizlar, nevara-chevaralarning oilalarida shu aziz insonlarning nomlari tillardan tushmaydi:

- Bobom bilan enamning ruhlari shod boʻlsin, bizlarga ham ularning umr yoʻllarini bersin!

Ana shunday duo qilishadi otaxon bilan onaxonning bugungi avlodlari.

Bugungi avlodlar. Bektursun ogʻa bilan Enajon momoning toʻrtinchi farzandi boʻlgan Zamiraxon Qilicheva ularga bosh-qosh. Taqdir yozigʻimi, bu oila farzandlari ichida Zamiraxon oila qurmadi. Samarqand shahridagi kooperativ texnikumini imtiyozli diplom bilan tugatgan Zamiraxon oʻzidan katta opa-akalari talaba boʻlgani, 5 nafar  uka-singillari juda yoshligi uchun ishlab, ota-onasiga koʻmakdosh boʻlishni xohladi va tuman matlubot jamiyatiga qarashli doʻkonlardan biriga sotuvchi boʻlib ishga joylashdi. 1989-yilda otasi Bektursun ogʻaning vafotidan soʻng, uka-singillari Zamiraxonga qattiq bogʻlanib qolishdi. Oiladagi ogʻir judolik, roʻzgʻorning zalvorli yukini yelkalash Zamiraxonning zimmasiga tushdi. U keksayib qolgan onasiga tirgak boʻlib, uka-singillarini katta hayotga tayyorladi, oʻqitdi, uyli-joyli qildi. 14-yil davomida savdo sohasida ishlagan Zamiraxon Qilicheva 1978-1993-yillarda Qilichboy qishlogʻidagi maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida (hozirgi kasb-hunar maktabi) faoliyat yuritdi.

Uka-singillarining oʻqishi, ishli, uyli-joyli boʻlishi uchun yelib-yugurib yurib pensiya yoshiga yetganini ham sezmay qoldi. U butun orzu-umidlarini tugʻishganlari hayoti bilan bogʻladi. Ularga ota-onasidan keyin ota-onalik mehr-muhabbatini berdi va evaziga hurmat, eʼtibor, ehtirom koʻrdi. Chin maʼnoda baynalmilal oila boʻlgan bu katta xonadonda Bektursun ogʻa bilan Enajon momoning farzandlari, nevara-chevaralari jam boʻlishganlarida xuddi toʻyxonaga aylanib ketadi. Uzoq yillar “qishloqxoʻjalikkimyo” idorasida taʼminotchi-mutaxassis lavozimida halol va fidoyi mehnat qilgan (Alloh rahmat qilsin) oilaning katta farzandi Sultonmurodning ayoli Halima Qusherova – qozoq qizi. Uni butun oila aʼzolari yaxshi koʻrib, ismini umuman tilga olishmaydi. Chunki, kelinlar qayni va bekachlarining, ular esa chechalarining ismlarini aytib chaqirishlari qozoq millatiga xos emas. Uni “jengey” deb eʼzozlashadi. Oilaning qizlari – bekachlar va qayn opalarni esa “Oyqiz”, “Oy opa” deb atashadi, bu borada Zamiraxonning hurmat-eʼtibori ancha baland. Uni barcha “jengey” va kelinlari bir xil “Opa”, deb chaqirishadi.

Xalqimiz qon-qoniga singib ketgan goʻzal bir fazilat bor. Bu – millatlararo totuvlik. Nazarimda bu ezgu fazilat xalqimiz uchun betakror anʼanaga, maʼnaviy qadriyat darajasiga koʻtarilganki, koʻpmillatli mamlakatimizda, xususan, Qoraqalpogʻistonda ham barcha millat vakillari oʻzaro jips, ahil-inoqlikda yashashga odatlanishgan. Razm solsangiz, har bir oʻzbekning bir qoraqalpogʻi, qalbi-qalbiga tutash qozogʻi yoki turkmani bor. Qoraqalpoq, qozoq, turkman va boshqa millatlarning esa oʻzlarining oʻzbek qardoshlarisiz toʻlmaydigan ochiq koʻngillari  bor. Bektursun ogʻa bilan Enajon momoning izlarini obod qilib, bugungi kunda Zamiraxon opa Qilicheva boshchiligida oʻzlaridan koʻpayishib, el-yurtga singib ketgan katta xonadonning kelinlaridan Halima checha Kusherova bilan Rayaxon Yesenovalar – qozoq, nevara kelinlar Anorgul Madiyorova – qoraqalpoq, Raʼnoxon Masharipova va Malohatxon Hajiyevalar esa oʻzbek millatlariga mansub.

Biz ijodiy guruhimiz bilan bu mehr-oqibat gulshani – ota-onasining chirogʻini yoqib ota makonda yashayotgan Zamiraxon opa Qilicheva boshchiligida ota-onalarini xotiralash marosimiga yigʻilgan, biri-biridan dilbar, mehrli kelinlarning oʻzaro muomalalariga chin dildan havas qildik. Qilichboy OFY raisi Bahrom Qodirov va nuroniylar masalalari boʻyicha OFY raisining maslahatchisi Aminaxon opa Yusupovalarning eʼtirof etishlaricha: “Katta xonadonning eshigi yaxshilar uchun hamisha ochiq”, qozoq milliy liboslarini xush koʻrib kiyadigan oʻzbek va qoraqalpoq millatiga mansub kelinlar oilaviy marosimlarga umr yoʻldoshlaridan avvalroq yetib kelishib, dasturxon yasatishni doimiy anʼanaga aylantirishgan. Xuddi ota-onalari hayot-u oʻgʻillarini toʻkin dasturxon atrofida kutayotgan kabi,

- Qaynonam rahmatlik hammamizga quroq tikish hunarini, koʻrpa-koʻrpachalar qavishni oʻrgatganlar, - mehr bilan soʻzlaydi kelinlar.

Shundanmi, bu kabi ishlar ahil-inoq kelinlarning oʻzlaridan ortmaydi.

Insonni mehr ulgʻaytiradi, muhabbat toblaydi, oqibat chiniqtiradi, deydilar. Ana shu uch buyuk tuygʻu hokim boʻlgan joyda oila chamani gullab-yashnaydi, muattar ifori bilan atrofidagilarga, el-yurtga tarovat baxsh etadi.

Bu xonadon mehr taftidan,

Oqibatdan rang olgan goʻsha.

Oʻgʻil-qizning muhabbatidan,

Totuvlikdan charogʻon goʻsha.

 

Shuning uchun quchogʻi obod,

Tonglarida olamcha sehr.

Kelinlarning koʻngillari shod,

Ularga yor muattar mehr!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019