16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Siyosat 👁 190

Xotiralar uygʻonganda...

Xotiralar uygʻonganda...

HAYoTDA ERIShGAN YuTUQLARIM – OTA-ONAM TARBIYaSI TUFAYLI

Inson keksaygani sari bosib oʻtgan yoʻliga nazar tashlab, umr daftarini varaqlayverarkan, oʻz-oʻzini  sarhisob qilarkan. Shunday damlarda  hayotingning  nurafshon boʻlishini taʼminlagan, ulgʻaytirib oyoqqa turgʻizgan insonlar – ota-onang koʻz oʻngingda jonlanadi.

Men hozir 83 yoshdan oshdim. 36-yildan beri maishiy xizmat koʻrsatish sohasida ishlayman. Avval ekskavatorchi boʻlib, qurilish tashkilotlarida ishladim. Ayni kunda ham  “Mangʻit” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ijrochi direktoriman. Korxonamizning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani bois necha oʻnlab xodimlarimiz oʻz vaqtida oylik olib, doimiy daromadga ega boʻlishayapti.

Oʻtgan umrimga nazar tashlar ekanman, erishgan barcha muvaffaqiyatlarim ota-onamning toʻgʻri tarbiya berib, hayotda intilib yashashga oʻrgatganlari natijasi, deb bilaman.

Otam Ahmad Jumaniyozov 1907-yilda  tumanimizning Xitoy ovulida tugʻilgan. Maktabda oʻqib, keyinchalik 1937-yilda Toʻrtkoʻl shahridagi kadrlar tayyorlash bir yillik kursini tamomlagan. 1938-1939-yillarda qishlogʻimizdagi  boshlangʻich maktabda oʻqituvchilik  qilgan. 1940-yilda sobiq Qipchoq  tumaniga qarashli Oxunboboyev nomli kolxozda chorvachilik fermasi mudiri, keyinchalik chorvachilik boʻyicha rais oʻrinbosari  boʻlib ishlagan. Xoʻjalikka zarur kadr sifatida Ikkinchi jahon urushidan bron bilan qoldirilgan. Onam bir umr  fermada sogʻuvchilik qildilar.

Otam odamshavanda, borini el bilan baham koʻradigan, tadbirkor odam edi. Fermada ishlaydigan odamlarning tashvishini xuddi oʻzinikiday qabul qilar, imkoni boricha yordam berar edi. Bolaligimni eslasam, doim otamning doʻstlari, qoʻni-qoʻshnilar bilan gavjum boʻladigan hovlimiz koʻz oldimga keladi. Shunday damlarda otam soz chaladigan, ashula aytadigan tanishlarini ham  chorlar, uyimizda tonggacha soz-u suhbatlar davom etardi. Otam ayniqsa, mumtoz ashulalarni  juda sevar, sanʼatkor doʻstlari  koʻp boʻlar edi. Rahmatlik mashhur hofiz Nazir Rahimovning ijrosiga  tan berar, uyimizga tez-tez chorlab turar edi. Nazir Rahimovning har bir tashrifidan uyimiz nurga toʻlib ketar, qarindoshlarimiz, qoʻni-qoʻshnilar qilt etmasdan u kishining qoʻshiqlari ohangiga sehrlanib oʻtirishar edi.

Otam, onam men yolgʻiz farzand boʻlsam har ortiqcha erkalatmasdan foydali mehnatga  jalb etishgan, oʻqib, ilmli boʻlishimga gʻamxoʻrlik qilishgan.

Endi oʻylab qarasam, ular mening hayotda oʻz oʻrnimni topib, elga  xizmat qiladigan odam boʻlishimga harakat qilishgan ekan. Men ularning orzularini roʻyobga chiqarganimdan, 80 yoshdan oshgan vaqtimda ham elimga xizmat qilayotganimdan quvonaman, ota-onamni doim joylari jannatda boʻlgay, deb duo qilaman.

Ha, azizlar, hayotda kim, qanday yashashi ota-ona tarbiyasiga bogʻliq. Shunday ekan, farzandlari oldidagi burchini hech kim unutmasligi lozim.

Tursunboy AHMEDOV, “Mangʻit” MChJ ijrochi direktori, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan savdo va maishiy xizmat xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019