16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:02
Maqolalar 👁 266

BIR KELIB-KETING, QIShLOGʻIMIZGA

BIR KELIB-KETING, QIShLOGʻIMIZGA

Z.M.Bobur nomli ovul, “Obod qishloq” dasturi doirasidagi qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish tadbirlaridan soʻng, yanada koʻrkam va obod goʻshaga aylanib bormoqda. Qishloqqa eltuvchi yoʻlning ikki yoqasidagi yam-yashil archalar kundan-kunga boʻy choʻzib, qishloq chiroyiga-chiroy qoʻshmoqda.

Hududdagi barcha koʻchalarga shagʻal-tosh toʻshalib, asfalt yotqizilmoqda. Tungi chiroqlar oʻrnatilgan koʻchalarimiz charogʻonligini koʻrib, koʻnglimiz yanada yorishadi. Ovul fuqarolar yigʻini raisasi Gulbahor Raimova tashabbusi hamda ishlarni toʻgʻri tashkil etgani bois, Bobur nomli qishlogʻimizda aholi muammolari bosqichma-bosqich ijobiy hal etilmoqda. Qishloq hududida faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisi Alisher Yalgʻashev, xotin-qizlar faoli Sabohat Rajabovalar uyma-uy kirib borib, yoshlar va ayol-qizlar hayotiga doir muammolarni joylariga chiqib oʻrganish orqali hal qilishmoqda. Yoshlar yetakchisi Asilbek Reimov hokim yordamchisi Alisher Yalgʻashev bilan hamkorlikda yoshlar muammolarini tizimli asosda oʻrganib, ularning ish bilan bandligini taʼminlashlariga yaqindan yordam berib kelmoqda. U iqtidorli qiz Umida Ibragimova “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida tumanda 1-oʻrinni, Respublikada 2-oʻrinni egallashida barcha zarur sharoitlarni yaratib berdi va ushbu muvaffaqiyati bilan “STREET WORKOUT” sport maydonchasini yutib oldi.

Toʻylarimiz hamda boshqa oilaviy tadbirlar tinch, fayzli oʻtishida profilaktika inspektori Hamid Nurekeyev hamda yordamchisi, inspektor Baxtiyor Rajabovlarning hissalari katta.

Qishlogʻimizga kiraverishda, katta yoʻl yoqasida joylashgan, Gulruxsora Nafasovaning kundalik ehtiyoj mollar doʻkoni ochilishida ham Bobur OFY masʼullarining xizmatlari katta. Aholi endilikda kundalik xarajat uchun tuman markaziga qatnamaydigan boʻlishdi. Bundan tashqari, qishlogʻimizda mineral oʻgʻitlar qishloq xoʻjalik mollari, oziq-ovqat, kiyim-kechak doʻkonlari ham faoliyat yuritayotgani, ikki qavatli toʻyxona hamda supermarket qurilayotganidan aholi mamnun. Teleradio ustasi Oybek Allaberganov, sartaroshlar Aʼzam Xolimbetov, Shahzod Qurbonboyev, etikdoʻz  usta Xurshid Rajabov, dorixona mudiri Otabek Chorshamovlar ham el-yurt xizmatiga kamarbasta. Nodirbek Qodirov, Baxtiyor Xidirovlar tomonidan har kuni xonadonlarga toza ichimlik suvi beminnat yetkazib berilmoqda. Yosh tadbirkor, chevar qizlarimiz Nargiza Gʻoʻchboyeva, Mardona Adhamovalar xizmatidan, “Bahrom — Lolagul” MChJ pazanda nonvoylari yopayotgan issiq non, patirlar lazzatidan xalqimiz minnatdor. Zulxumor Bekatova, Nilufar Rajabova, Sharofat Safarboyeva kabi tadbirkor ayol-qizlar mehnati tufayli elimiz dasturxonidan yogʻli patir va issiq non arimaydi.

Neʼmat Bobojonov, Turgʻun Qulimbetovlar  yasagan uy va oshxona mebel jihozlari esa hamisha xaridorgir. Bu mebellar qoʻshni mahallalar xonadonlariga ham koʻrk bagʻishlab turibdi.

Yangidan qurilib, ishga tushirilgan “Jasurbek” kafesi, kafe yaqinidagi goʻsht doʻkoni xizmati ham barchaga manzur.

Qishlogʻimizda amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlarda “mahalla yettiligi”ning xizmatlari katta. Ularning hamkorlikdagi, el-yurt manfaati yoʻlidagi fidoyiliklari tufayli Z.M.Bobur nomli qishlogʻimiz tumandagi iqtisodi ravnaq topayotgan obod goʻshaga aylanib bormoqda. Qishlogʻimizga bir bora kelib-ketsangiz, bu oʻzgarishlarning yaqqol guvohi boʻlasiz.

Gulora DOʻSChANOVA, Z.M.Bobur nomli ovul, pensioner.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019