16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:26
Adabiyot 👁 364

BOʻZYoPLIK KITOBXON YoShLAR DAVRASIDA

BOʻZYoPLIK KITOBXON YoShLAR DAVRASIDA

Kitob – insoniyatni zulmatdan yorugʻlik sari eltuvchi mayoq. Ilm qadrini bilgan insonning hayot sifatini yaxshilovchi, maʼnaviyatini yuksaltiruvchi qudratli kuchdir. Aqlni charxlab, koʻngilda ezgu orzular uygʻotishga qodir mutolaa lahzalari har qanday odam ongida yaxshilik, mehr tuygʻularini mustahkamlaydi.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilishga bagʻishlangan “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” davlat granti loyihasi doirasidagi tadbirlarning mazmun-mohiyati ham oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm choʻqqilarini egallash va yuksak maʼnaviyat sohiblari boʻlishga daʼvat etish, shu bilan birga, bilimdon va tashabbuskor yoshlarni tengdoshlariga oʻrnak qilib koʻrsatishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan mazkur loyiha ish rejasiga koʻra, loyiha ijodkorlari joriy yilning 29-mart sanasida Amudaryo tumanining 3-sektori hududidagi 77-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlishib, yosh kitobxonlar bilan uchrashdi.

Boʻzyop qishlogʻi aholisining farzandlari taʼlim-tarbiya olayotgan mazkur oʻquv maskani, 2017-yilda qayta taʼmirlanib, zamonaviy talablar darajasida jihozlangan. 140 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan taʼlim muassasasida ayni paytda 134 nafar boʻzyoplik ilmga chanqoq oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. 26 nafar oʻqituvchilarning 1 nafari oliy, 3 nafari 1-, 3 nafari 2-toifaga, qolganlari esa mutaxassis oʻqituvchilardir. Maktabda umumtaʼlim fanlari boʻyicha 14ta fan toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur toʻgaraklarda salkam 90 nafar oʻquvchi shugʻullanishadi. 6ta sport sektsiyasida olib boriladigan mashgʻulotlarning doimiy ishtirokchilari esa 52 nafarni tashkil etadi.

Maktab oʻquvchilari uchun kitobxonlik eng qiziqarli mashgʻulotlar sirasiga kiradi. Zulxumor Yozboyeva rahbarlik qilayotgan maktab kutubxonasining kitoblar jamlanmasi 2600ta boʻlib, kutubxonada hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyoti namunalaridan tortib, jahon adabiyotining durdona asarlari tartib bilan terib qoʻyilgan.

Moʻʼjazgina kutubxonaning 90 nafar doimiy aʼzolari bilan birgalikda kutubxona mudirasi Zulxumor Yozboyeva turli sanalar munosabati bilan adabiy-badiiy davra suhbatlari, taniqli shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan mushoiralar, sheʼriyat bayramlari tashkil etilayotganidan bildikki, kitobxon oʻquvchi-yoshlar uchun maktab kutubxonasi haqiqiy maʼnaviyat maskaniga aylangan.

Maktab direktori Shavkat Toʻrayev, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Muhabbat Mangʻitovalarning eʼtirof etishlaricha, kitobxon oʻquvchilar orasida A.Navoiy, Z.M.Bobur, Furqat, Zulfiyaxonim, H.Olimjon, E.Vohidov, A.Oripov, H.Xudoyberdiyeva, Ibroyim Yusupov, Muhammad Yusuf asarlarining bilimdonlari koʻp. Buni biz kitobxon oʻquvchi-yoshlarning oʻzlari oʻqigan kitoblar, kitoblardan olgan taassurotlari haqida toʻlqinlanib soʻzlashlaridan his etdik.

8-sinf oʻquvchisi Saodat Jumaboyeva Alisher Navoiyning “Xamsa”si, Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarlaridan oʻzi uchun olgan ibrat va mehr-muhabbat hissi, Muhammad Yusuf sheʼriyati tufayli qalbida uygʻongan vatanparvarlik, xalqparvarlik tuygʻulari xususida faxrlanib soʻz yuritarkan, uning bu fikrlarini quvvatlagan 10-sinf oʻquvchilari Sevaraxon Yoʻldosheva, Madinaxon Sobirova, 5-sinf oʻquvchisi Oydinoy Rashidova, Ulboʻsin Matnazarovalar ham oʻzlari oʻqigan kitoblar haqida soʻz yuritib, tengdoshlariga ushbu kitoblarni oʻqishni tavsiya ham qildilar.

Maktabning biri-biridan kitobxon yoshlari bilan samimiy muloqotda boʻlgan loyiha koordinatori, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻsratgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldosheva kitobxon yoshlarning bilim va salohiyatlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida hozirgi zamon va mumtoz oʻzbek adabiyoti namoyondalarining asarlari yuzasidan savol-javob tadbirini ham oʻtkazdi.

Kitobxon yoshlar Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Humoyun va Akbar” asarlari, A.Oripovning “Hakim va ajal” dostoni, M.Yusuf sheʼriyati xususidagi savollarga mamnuniyat bilan javob berishib, oʻzlarining maʼnan barkamol insonlar sifatida voyaga yetayotganlarini puxta javoblari, teran fikrlari bilan amalda namoyon etdilar.

Maktabning 11-sinf oʻquvchisi Lobarxon Jumaboyeva oʻzi yozgan sheʼrlaridan, kitobxon yoshlar esa H.Olimjon, M.Yusuf, Ibroyim Yusupov, A.Oripov sheʼrlaridan ifodali oʻqib berdilar.

Bugungi globallashuv jarayonida oʻzlarining boʻsh vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarga, internet va uyali telefon vositalariga sarflamay, maktab kutubxonasi mudirasi Zulxumor Yozboyeva rahbarligida maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar, kitob mutolaasi bilan shugʻullanish orqali oʻtkazayotgan boʻzyoplik kitobxon yoshlar orasidan kelajakda ona Yurt fidoyilari, haqiqiy vatanparvarlar yetishib chiqishiga ishondik. Joriy oʻquv yilida ilk bitiruvchilari mustaqil hayotga qadam qoʻyishga hozirlanayotgan 77-sonli maktab obroʻsini koʻtarishga qodir ilmga chanqoq yoshlarning orzulari ushalishini tiladik.

Ravshan BAHROMOV, Muyassar XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026