16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:33
Adabiyot 👁 306

Kitobxonlik madaniyati va mutolaaga ehtiyoj bolalikdan boshlansin!

Kitobxonlik madaniyati va mutolaaga ehtiyoj bolalikdan boshlansin!

Koʻngil ziyosi boʻlgan kitoblarga mehr qoʻyish va kitobxonlik madaniyati yosh tanlamaydi. Farzandlarimiz butun vaqtini telefon bilan oynai jahon oldida oʻtkazib ulgʻayishmasin. Zero, bugun kitob oʻqigan bir bola ertaga televizor koʻrib oʻtirgan oʻnta bolani boshqarishi hayot haqiqatiga aylangan. Qolaversa, bunday uskunalardan doimiy foydalanish bola sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazishi ham sir emas.

Bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda maktabgacha taʼlim tashkilotlari va axborot kutubxona markazlarining samarali faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bola yoshiga mos har xil qiziqarli ertaklar, sheʼrlar hamda qoʻshiqlar muhitida tarbiyalanar, ekan nutq shakllanishi, tasavvur dunyosi kengayishi, xotira koʻnikmalari rivojida ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida tomonidan bolalarni kitobxonlikka jalb qilish boʻyicha turli tadbirlar, aktsiyalar oʻtkazilmoqda.

Markaz tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ham “Bolalar kitob festivali” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Amudaryo tumanidagi “Raduga” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari Feruza Tajiboyeva bogʻchaning bitiruvchi bolalari bilan mehmon boʻldi. “Ezgulik – shiorimiz, marifat - qurolimiz” shiori ostida oʻtkazilgan tadbir bolajonlarga unitilmas quvonch bagʻishladi.

Tabir avvalida tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi Rohatoy Ramanova bolalarni bayram bilan samimiy tabriklab, tashkilot rahbari Feruza Tajiboyevaga markazda bolalar uchun yaratilgan sharoit va rang-barang chiroyli ertak kitoblar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida bogʻchalarda oʻtkazilayotgan kitob koʻrgazmalari, axborot-kutubxona markazida bolalarga bagʻishlab tashkil etilgan ekurkursiyalarning ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Shundan keyin, markaz mutaxassisi Munojat Safarboyeva tamonidan bolalar ishtirokida oʻyinlar oʻtkazildi. Oʻyin shartiga koʻra yosh rassomlar maxsus tayyorlangan rasmlarga rang berishdi. Kimdir mashinga rang bersa, boshqa ishtirokchi oʻzi sevgan ertak qahramonini jonlantirishga harakat qildi. Bolalarning rasmlarni begʻubor tilda tasvirlashi, qahramonlar obraziga kirib aytgan soʻzlari barchaning koʻngliga xush kayfiyat bagʻishladi. Munojaat Safarboyeva tamonidan obrazga kirib aytilgan qiziqarli ertaklar bolalarga manzur boʻldi.

Shundan keyin bolalar bogʻchada yod olgan oʻzbek va rus tilidagi sheʼrlarni ifodali oʻqishdi. Mazkur sheʼrlarda ularning ulgʻayganda kim boʻlishi, qaysi kasbni yaxshi koʻrishi, tabiat manzalari hamda ertak qahramonlari bayon etildi. Sheʼr oʻqish tasavvurni boyitib, nutqiy shakllanishni ham yaxshilaydi. Qizlar tomonidan tayyorlanib ijro etilgan rasqlar esa, tadbirga bayramona fayz bagʻishladi. Raqs nafaqat kayfiyatni koʻtaradi, balki bolaning sogʻlom rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida bolajonlarga tashkilotchilar tamonidan bayram sovgʻalari bilan faxriy yorliqlar topshirildi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari Feruza Tajibayeva koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan maʼnaviy-marifiy tadbir uchun tuman Axborot-kutubxona xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bugungi kunda axborot-kutubxona markazi fondida har xil janrdagi umumiy soni 65ming 300dan ziyod ilmiy, badiy, publitsistik kitoblar hamda gazeta-jurnallar mavjud. Shundan 3mingga yaqinini bolalarga bagʻishlangan kitoblar tashkil etadi. Yozgi taʼtil vaqtida axborot-kutubxona markazi xodimlari joylarga borib, ochiq osmon ostida – tabiat qoʻynida tadbirlar, davra suhbatlari, kitob koʻrgazmalari, shoir-yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishni rejalashtirmoqdalar.

Bola bamisoli niholga oʻxshaydi. Ularni qanday muhitda tarbiya qilish oʻzimizga bogʻliq. Zero, kitoblarni doʻst bilib ulagʻaygan insondan yomonlik chiqmaydi. Fursatdan foydalanib, tumanimizdagi barcha yoshlarni hamda aholini Axborot-kutubxona markaziga taklif qilamiz.

Rohatoy Ramonova, Amudaryo tumani Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019