16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Jamiyat 👁 252

Belgilanmagan joylarda choʻmilish hayotingiz uchun xavfli

Belgilanmagan joylarda choʻmilish hayotingiz uchun xavfli

Yozgi taʼtil vaqtida oʻquvchilarning aksariyat qismi mavsumni mamlakatimizning eng soʻlim goʻshalaridagi oromgohlarda dam olib oʻtkazishadi. Bu manzillarda yoshlar nafaqat hordiq chiqarishadi, balki viloyatlardan kelgan tengdoshlari bilan doʻstlashadi.

Ammo uyda, ota-onasi bagʻridagi oʻquvchilar taʼtilni qanday oʻtkazadi, bu jarayonda oila boshliqlari nimalarga eʼtibor qaratishlari lozim, degan haqli savol tugʻiladi.

Gap shundaki, koʻpchilik ota-onalar turmush tashvishlari sabab, farzandi nimalar bilan mashgʻulligidan bexabar qolishadi. Ayniqsa, kunning issigʻida bolalarning oʻrtoqlari bilan beboshlik qilib, daryo va koʻllarga, shuningdek, taqiqlangan suv havzalariga borib choʻmilishlari koʻngilsiz voqealar bilan yakunlanishi mumkin. Shunday paytda bolalarga eʼtibor kuchaytirilib, choʻmilishning tartib-qoidalariga amal qilinmasa, baxtsiz hodisalar sodir boʻlmasligiga hech kim kafolot bermaydi.

Maʼlumotlarga koʻra, suvda suzishning huzurbaxshligi bilan birga har yili belgilanmagan joyda choʻmilishlar oqibatida dunyoda 300 ming nafardan ortiq kishi bevaqt hayotdan koʻz yumishi qayd etilgan.

Mana shu maʼlumotning oʻzi ham har bir inson, “suvda choʻkish men va mening yaqinlarim bilan sodir boʻlmaydi” – degan beparvolikdan chekinishi lozimligini koʻrsatadi. Baxtsiz hodisalarning oldini olishimiz uchun oila aʼzolarimiz va atrofdagilarni mavjud xavf-xatarlardan ogoh etishni kundalik vazifamizga aylantirishimiz zarur. Zero, har bir inson uchun farzand aziz, yaqin qarindoshlar esa muqaddasdir.

Afsuski, keyingi 5-yil oraligʻida suvda choʻkib halok boʻlgan yoshlarning 95 foizi ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilishi hamda oʻzboshimchalik bilan belgilanmagan va taqiqlangan joylarda choʻmilishi oqibatida sodir boʻlgan. Katta yoshdagi fuqarolarning suvga choʻkishlarida esa asosan spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, mast holda suvga tushishlari sabab boʻlyapti.

Ayni paytda shu singari hodisalar qayta takrorlanmasligi va uning oldini olish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda belgilanmagan joylarda choʻmilmaslik borasida aholi orasida tushuntirish va prafilaktika tadbirlari olib borilyapti. Shuningdek, daryo qirgʻoqlariga, suv havzalariga taqiqlovchi belgilar va bannerlar oʻrnatilmoqda. Oʻtkazilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning iyul oyigacha boʻlgan davrda tumanimizda suvga choʻkish bilan bogʻliq holatlar kuzatilmadi.

Aziz yurtdoshlar, oʻzinggiz va oila aʼzolaringizning hayotiga beparvo boʻlmang!

Z.Atabayev, Amudaryo tumani FVB xodimi, katta serjant

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019