16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Siyosat 👁 456

1-SONLI UMUMTAʼLIM MAKTABIDA “KONSTITUTsIYaM – FAXRIM” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

1-SONLI UMUMTAʼLIM MAKTABIDA “KONSTITUTsIYaM – FAXRIM” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻquvchi-yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga hissa qoʻshish maqsadida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-sonli umumtaʼlim maktabida “Konstitutsiyam – faxrim” mavzusida maʼnaviy maʼrifiy va adabiy-musiqiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi barqaror taraqqiyoti, xalqimiz farovon va osoyishta hayotining mustahkam va ishonchli kafolati, insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, maktab taʼlimi, shaxsning salomatligi, atrof-muhit muhofazasi, millatlararo totuvlik, tinchlik va tenglik kabi printsiplar qonuniy mustahkamlab qoʻyilgani eʼtirof etildi.

Maktabning ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda maktab pedagogika jamoasi, Milliy gvardiya inspektori, tarbiyachi-psixolog Nurlan Oʻrazbayev hamda yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktori Dilrabo Sherboyeva ochdi va barchani Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Dilrabo Sherboyeva Konstitutsiyamizning har bir bobi toʻgʻrisida alohida toʻxtalib, bugungi farovon, tinch va osoyishta hayotimizni barpo etishda Bosh Qomusimizda belgilab qoʻyilgan normalarning ahamiyati kattaligini, jamiyatimizning har tomonlama taraqqiy etishida muhim huquqiy asos boʻlgan Konstitutsiya har bir fuqaro uchun istiqbolli rejalarni amalga oshirish yoʻlida dasturilamal boʻlib xizmat qilishini, ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini oshirish, ushbu huquqiy hujjatni moddama-modda chuqur oʻrganishlarini taʼminlash har bir pedagog xodimning zimmasidagi masʼuliyatli vazifasi ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda Milliy gvardi inspektori, tarbiyachi-psixolog Nurlan Oʻrazbayev va ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari ham Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida, xususan, Bosh Qomusimizga kiritilgan oʻzgartirishlar, yangi normalar haqida batafsil soʻz yuritishib, unda insonparvarlik va xalqparvarlik tamoyillari yanada mustahkamlanganini misollar bilan ifodalab berdilar.

Tadbirning adabiy-musiqiy qismida maktabning yuqori sinflar oʻquvchilari oʻzlarining Konstitutsiya bilimdonlari sifatidagi mahoratlarini amalda namoyon etishdi va har bir modda boʻyicha sheʼriy taʼriflar berishdi. Konstitutsiyamizni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar esa har bir qalbga Bosh Qomusimizdan faxrlanish tuygʻusini bagʻishladi. Oʻquvchi- yoshlar Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligini ustozlari va tadbir mehmonlari bilan birgalikda tinchlik, doʻstlik, millatlararo totuvlik va tenglik madh etilgan kuy-qoʻshiqlar, raqslar orqali faxr-u iftixor bilan tantanali nishonladilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019