17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 09:51
Maqolalar 👁 3,056

SOFLIK UChUN QADAH KOʻTAR...MANG!

SOFLIK UChUN QADAH KOʻTAR...MANG!

Yaqindagina oʻzim shohidi boʻlganim bir voqea  necha kunki koʻz oʻngimdan ketmaydi. Kun peshindan oqqanda ishdan qaytayotirib bir dugonamni tugʻilgan kuni bilan tabriklagani bordim.

- Yur, kasbdosh dugonalarim bilan oʻtirgʻizaman. Bahonada tanishib ham olasan, - deb meni dugonam chogʻroqqina, yetti-sakkiz nafar turli yoshdagi ayollar oʻtirgan xonaga olib kirdi. Ular bilan omonlik soʻrashib boʻlgunimcha mehmonlarning ichkilik taʼsiridan biroz sarxush ekanliklarini angladim. Dasturxonda suyuq, quyuq ovqatlar tortilgan idishlar, boʻshagan konyak shishasi, konfet qogʻozlari, yarim tishlangan tuzlama bodring, pomidorlar, boʻlak-boʻlak nonlar, yeryongʻoq poʻchoqlari-yu mevalar qoldiqlari aftidan ularning "buzmay” oʻtirgisi kelganini aytib turardi. Shunday davraga kirib qolganimdan oʻzim noqulay ahvolga tushib qoldim. Oʻtirganlar esa bir gapirib oʻn, kulishar, goʻyo, "qoʻylarini qumga yoyishgan” edi.

Mening holimni yonimda oʻtirgan oʻzim tengi ayol sarxush boʻlsa-da tushungandek boʻldimi, "qani opazdayushiy mehmonga shtrafnoy quy”, - deb qoldi xontaxtaning narigi betida oʻtirgan yoshgina kelinchakka. U:

- Xoʻp, opa, - deya stakanlarga boshqalarga yarim, menga toʻldirib konyak quyib uzatdi-da, qadah soʻzi aytishimni soʻradi.

- Unda yana bir stakan tost poy ham ber, - xoxolab kuldi oʻtirganlardan yana biri.

Men ichmasligimni aytib, qadahni olmay uzr soʻradim.

– Ichmaydigan onasining qornida. Aldamang, hamma ichadi, siz ham. Faqat biz bilan ichgingiz kelmayapti. Pisand qilmayapsizmi?

Menga "tost poy” soʻragan ayolning soʻzlaridan badtar oʻngʻaysizlandim. Qolganlari uning gapini maʼqullashdi.

- Bizni ham alkash ekan deb oʻylamang. Ish, oila, turmush tashvishlarini birpas unutaylik deb shunday yaxshi kunlarda sogʻlik, vaqtixushlik uchun ozgina ichamiz, xolos.

Yonimda oʻtirgan ayolning soʻzlari meni oʻylantirib qoʻydi. Binoyiday bir idorada ishlaydigan, oliy maʼlumotli, ellik yoshlar chamasidagi ayol nahotki alkogolni sogʻlik uchun, vaqtixushlik uchun ichsa? Buni qanday tushunish mumkin?

Hademay davradagilar tarqalishib, oilasiga qaytar, farzandlari, oilasidagilar yuziga qanday qarashar ekan, degan savol miyamga keldi-yu badtar taʼbim xira boʻldi. Koshkiydi sogʻlik uchun qadah koʻtaruvchilar faqatgina shu davradagi ayollar boʻlsa?! Koshkiydi! Bu soʻzim bilan men hamma ayollarni qoralamoqchi, ichadi, demoqchi emasman. Biroq ayni kunlarda toʻylarda, yubileylarda, turli marosimlarda ayollarning ham hech uyalmay qadah urishtirib oʻtirganlarini hammamiz ham koʻrib yuribmiz. Eng achinarlisi, bundan hech kim ajablanmaydi. Ayollarku ayollar, hatto erkaklarning ichishi ham oila uchun, jamiyat uchun naqadar ogʻir oqibatlarga olib kelishini his qilishmaydi, balki toʻyda ichiladi-da, deb hisoblashadi. Vaholanki, kunda-kunora  (toʻy bergich xalqmizda oʻzi) toʻyga borib ichib kelgan erkak, ayol oilada farzandlariga ota-onalik, ota-onasiga farzandlik, kelinlik burchini toʻliq ado eta oladimi? Buni hamma biladi: albatta yoʻq! Demak bu oilaning koʻradigan jabri. Bugun maza qilib ichgan erkak, ayol ertasiga ishxonasida oʻz vazifasini keragicha bajara olmaydi. Bundan ham xavflisi oilada farzandlar tarbiyasi izdan chiqadi. Sogʻlom muhit buziladi. Shu oilada voyaga yetayotgan oʻgʻil-qiz ham  ota-onasidan andoza olib ulgʻayadi. Ha, masalaga chuqurroq nazar tashlasangiz, jamiyatimiz koʻradigan jabrning zalvori juda ogʻir ekan.

Biroq buni sarxush ayollarga tushuntirishning iloji yoʻqligi uchun bahona topib oʻrnimdan turdim.

Tibbiyotning guvohlik berishicha, oyida uch marta alkogol qabul qiluvchi onadan tugʻilgan farzandda alkogolga 47 foiz, agar ota ham ichsa, 60 foiz moyillik boʻlarkan. Demak, eng dahshatlisi ichuvchi ona, ota boʻlajak ichuvchini dunyoga keltirisharkan. Ichuvchi ota-onadan bola 10 foiz epilepsiya, 10 foiz miya shikastlanishi, xotira sustligi kasalliklari bilan danyoga kelarkan. Bu jamiyatimiz, millatimiz uchun halokatli oqibatlarga yoʻl ochib bermaydimi? Bu toʻkin, farovon, ozod zamonamizga, millatimizga xiyonat emasmi?

Mayli, bundan faqat tibbiyot xodimlarigina xabardor, deb hisoblaydigan boʻlsak, kunda-kunora ichib transport boshqarish oqibatida koʻz oʻngimizda necha-necha odamlar hayotdan bevaqt ketishayapti. Toʻyib ichish tufayli yuragi dosh beraolmay hayotdan koʻz yumish hollari, necha-necha oilalarda halovat yoʻqolib, urush-janjallar, hatto ajralishlar ham sodir boʻlayotganini hammamiz ham koʻrib, eshitib yuribmiz. Afsuski bundan tegishli xulosa chiqarayotganimiz yoʻq.

Baʼzan shunday boʻladi, birovning yuziga aytolmagan soʻzlaringni qogʻozga tushirish, shu tarzda tushuntirish oʻngʻayroq boʻladi. Oʻzim hozirgina churq etmay tark etgan davradoshlarimga, barcha-barchaga men ham shunday degim keladi: sogʻlik uchun qadah koʻtarmang, axir oʻsha zahqum sogʻligʻingiz, kelajagingiz kushandasi-ku.

Mastlik-ixtiyoriy telbalikdir. Sizlarga telbalik emas, gul-gul yashnab mehnat qilish, goʻzal va baxtiyor turmush kechirish yarashadi.

 Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019