16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Adabiyot 👁 2,672

FOTIHA (hikoya)

FOTIHA (hikoya)

"Odamzot kuni yetib qazo qilar boʻlsa, tobuti ketidan yigʻlab yuguradiganlari qolsin ekan”, -xoʻrsindi buvam choy ustida serajin yuzini bosgan marjon-marjon terlarini oppoq sochiq bilan artar ekan. Surishtirib bilsam, buvam qishlogʻimiz qariyalari bilan birgalikda uch qishloq hatlab, Xudoyor qayiqchi degan kishini oxirgi yoʻlga kuzatib qoʻygani borib kelgan ekanlar.

Oradan yillar oʻtib ketgani sababli oldiniga bu kishining nomi menga tanishday tuyulgani bilan, oʻzini sira eslay olmadim. Xudoyor qayiqchi, qayiqchi Xudoyor...

Bir necha kun miyamdan chiqmagan bu nom meni xayol ogʻushida oʻrpong yoʻllar toʻzgʻitib oʻtgan begʻubor bolalik yillar sari eltdi va...

Yozgi taʼtil kunlarining birida onam bizga katta akam Haydarni qoʻshib, Matkarim togʻamiznikiga bir-ikki kunga mehmonga borib kelishimizni tayinladi. Bunday quvonchli taklifdan oʻzimizga sigʻmay, apil-tapil kiyina solib toʻrtovlon yoʻlga chiqdik.

Orqamizdan onamning qoʻlida nimanidir koʻrsatib, qichqirib qolganiga ham unchalik eʼtibor qilmay, oʻrpong yoʻlni changitib oldinda Haydar akam - kim oʻzarga yugurganimizcha uydan uzoqlashdik. Quvonganimdan oyoq kiyimimni kiyishgayam ulgurmapman, yoz tuprogʻi tovonlarimni choʻgʻday qizdirgani-qizdirgan.

"Mayli deyman oʻzimcha, -Asov kanaligacha yetib olsak bas, u yogʻi dadamlarning taʼbiri bilan aytganda "qoʻlni uzatsang yetgulik”. U paytlari avtobus qayda, quyosh hovuridan tushib qolgan chogʻda "komandir”imiz Haydar akam boshchiligida bir yugurib, bir yurib Asov kanaliga bir amallab yetib keldik. Akamning qirgʻoqdagi qayiqqa tomon "olgʻa” degan buyrugʻidan shosha-pisha qayiqqa chiqib ulgurmasimizdanoq, notanish kishining yoʻgʻon ovozidan turgan joyimizda tarashaday qotib qoldik.

Yugurib pastlikka tushganimiz uchunmi, qirgʻoqda turgan qayiqdan oʻnqadamlar chapda, qoʻlida qarmoq ushlab oʻtirgan, qoradan kelgan, koʻkragini qop-qora tuk bosgan, dadamlar qatori keladigan yarim-yalangʻoch kishini payqamagan ham ekanmiz.

- Qayiq sizlarga oʻyinchoq emas, tushinglar darrov! - oʻshqirdi u oʻtirgan joyidan.

Qayiqqa chiqib ulgurgan Haydar va Shuhrat akamlar darrov undan sakrab tushishdi.

Bir-birimizga qoʻrquv aralash alanglab, keyin bir kelgan yoʻlimizga, bir haligi notanish kishiga qaraganimizcha qayiqdan nariroqqa tisarildik. Biroz davom etgan jimlikdan soʻng "komandir”imiz oʻzini qoʻlga oldi chogʻi, qoʻliga onam berib yuborgan tugunni olib, notanish kishi tomon yurdi.

- Siz qayiqchimisiz? Iltimos bizni narigi qirgʻoqqa oʻtkazib qoʻying... -dedi duduqlanib u.

- Toʻgʻri topding, qayiqchi Xudoyor men boʻlaman... Qancha pullaring bor?-soʻradi bizga boqmasdan u.

Akam bizga, biz akamga termuldik. Shundagina orqamizdan qichqirib qolgan onamning qoʻlidagini anglaganday boʻldim.

- Bizda pul yoʻq. Iltimos, biz... -Haydar akamning gapi ichida qoldi.

- Bekorga oʻtkazish yoʻq. Har bittangiz bir soʻmdan, toʻrt soʻm bermaganingizcha qayiqqa yaqinlashmanglar! - deya oʻrnidan turdi qayiqchi. U xoʻragini baliq yeb ketgan qarmogʻiga xamir ildirarkan, yana joyiga oʻtirdi.

Endi navbat unga kelganini payqab, Shuhrat akam qayiqchiga yaqinlashdi.

-Qayiqchi aka, biz pul olib chiqmapmiz, oʻtkazib yuboring. Qaytishimizda hammasini bir qilib tashlab ketamiz, -yalina boshladi u. - Mana koʻrasiz, Matkarim togʻamdan sikkiz soʻm pul olib, tashlab ketamiz sizga...

- Gap bitta, quloq ikkita, -barmogʻini koʻrsatdi davomini aytmasdan qayiqchi.

Oraga endi uzoq jimlik choʻkdi. Men bilan singlimdan hech qanday naf chiqmasligini sezgan Haydar akam sovuq nafas olganicha yerga qaradi. Turnaqator boʻlib qirgʻoqda qan-cha turganimizni bilmayman.

Quyosh nurlari zargʻaldoq rang olib, bizni kelgan yoʻlimizga boshladi. Qirgʻoqdan yuqoriga endi chiqib ham edik-ki, orqamizdan oʻsha tanishovoz eshitildi.

- Mayli, tugunni choʻz, oʻtkazib qoʻyganim boʻlsin. Oʻtiringlar qayiqqa, -dedi u miyigʻida kulib.

Quloqlarimga ishonmay, hammadan soʻng qayiqdan joy oldim.

Kanalning u qirgʻogʻidan bu qirgʻogʻiga tortilgan sim yoʻl boʻylab qayiq suza boshladi.

Baland boʻyli qayiqchi qayigʻini tik turib haydab kelarkan, quyoshning och qizil nurlari ostida u menga qoʻrqinchli boʻlib koʻrindi. Shu payt qayiq suzishdan toʻxtadi.

- Mana, kanalning oʻrtasiga keldik. Istasanglar, aytgan qirgʻogʻingizga oʻtkazib qoʻyaman. Faqat bitta shartim bor. Shuni bajarsalaring bas!- dedi qayiqchi baland ovozda.

- Mayli, bajaramiz! -dedik hammamiz birvarakayiga.

- Unda eshitinglar, hozir: "Ey xudo, mana shu turgan Xudoyor akamizga koʻp-koʻp, bizdan ham chiroyli, aqlli, shirin-shirin farzandlar ber, omin, - deb fotiha oʻqiysizlar...”, - dedi negadir gaplari bir-biriga qovushmay.

Soddadil bolalikda, biz shartning bu qadar osonligidan quvonib, kula boshladik.

- Kulmanglar, -baqirdi u, -qani boshladik.

- Ey xudo, mana shu turgan Xudoyor qayiqchi akamizga...

- Toʻxtat! Xudoyor qayiqchi emas, Xudoyor akamizga, -oʻshqirdi u, -qani kaftlaringizni ochib, aytinglar.

Biz buni ham uddalay olmadik. Shundan soʻng biz kaftlarimizni ochganimizcha yuzimizga yaqin olib Xudoyor qayiqchi aytib turgan gaplarnitakrorlab, fotiha oʻqiy boshladik: "Ey xudo, mana shu oldimizda tik turgan Xudoyor akamizga koʻp-koʻp, bizdan ham chiroyli, bizdan ham aqlli, bizdan ham shirin-shirin farzandlar ato et. Bufarzandlarining unga xizmatlari buyursin, omin, fotihamizni oʻzing qabul et”.

U tik turganicha yuziga qip-qizil kaftlarini surtdi. Oʻz istagiga erishgan bu odamning yuzida men negadir baribir quvonch sezmadim. Xudoyor qayiqchining shu alpozda turishi menga yoqmadi.

Biz esa qirgʻoqqa tushishimiz bilan, oʻqigan fotihamizni ham unutib, yugurganimizcha, qoʻl uzatsa yetgulik Matkarim togʻamiznikiga chopqillab ketaverdik...

"Odamzot kuni yetib qazo qilar boʻlsa, tobuti ketidan yigʻlab yuguradiganlari qolsin ekan...”-xoʻrsindi buvam choy ustida serajin yuzini bosgan marjon-marjon terlarini oppoq sochiq bilanartar ekan. Surishtirib bilsam, buvam qishlogʻimiz qariyalari bilan birgalikda uch qishloq hatlab, shu-shu taqdir meni qayta hech uchrashtirmagan, bir umr befarzand oʻtgan Xudoyor qayiqchini oxirgi yoʻlga kuzatib qoʻygani borib kelgan ekanlar...

Yendirboy RAJABOV

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019