16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:54
Adabiyot 👁 2,824

Baxillik

Baxillik

(Boʻlgan voqea)

Tumanning qoʻshni davlat – Turkmaniston Respublikasi bilan chegara hududidagi xonadonlar koʻchiriladigan boʻldi. Ota-bobolari yashab oʻtgan makondan koʻchish qanchalik ogʻirligini boshiga tushganlar biladi. Buxorboy oʻziga yangi imorat qurish uchun ajratilgan yer maydonini koʻrib kelgach, taraddudni boshlab yubordi.

- Qoʻshnilarimiz qanday odamlar ekan? –qiziqdi onasi.

- Qoʻshnilarmi, yaxshi boʻlsa kerak, lekin ovul odamlari juda koʻngli ochiq, oʻzimizga oʻxshagan ekan, - dedi xotirjamlik bilan Buxorboy.

Ovul oqsoqoli, mahalla ahlining qoʻllab-quvvatlashi bilan Buxorboy bir oyda imorat paxsasini tiklab oldi.

- Bu yil binoning tomini yopib qoʻyaver, - dedi ovul oqsoqoli. Yaxshilab qurisin, paxsa devor zichlashsin, shunda suvogʻi koʻch-maydigan, mustahkam boʻladi.

Onasi ham shu fikrni aytdi.

- Tomorqa yeringning baland-pastligini toʻgʻrilab, joʻxori ek, yerning shoʻrini oladi, yer ochilib, yetilishadi, - maslahat berdi oqsoqol.

Buxorboy ikki tomonidagi qoʻshnilari bilan bamaslahat oʻz yeri chegarasiga kelasi bahorda devor urish uchun tosh terib chiqdi. Yangi hovlisining koʻcha tomoniga ariq qazib, koʻchat oʻtqazish uchun chuqurchalar tayyorlab qoʻydi. Kattalar maslahati bilan tomorqa yeriga qalin qilib oq joʻxori urugʻini sepdi.

- Bemalol ketaver, - dedi chap tomonidagi qoʻshnisi Nurjon. – Hech qaygʻurma, joʻra, ekiningga ham, hovli-joyingga ham koʻz-quloq boʻlib turaman.

Haqiqatan ham Nurjon oqkoʻngil, toʻgʻrisoʻz yigit edi. Aytganiday, Buxorboyning ekin-tikinidan, hovli-joyidan boxabar boʻlib turdi. Ammo...

Bir kuni tongda Buxorboy qoʻl telefonining tinimsiz jiringlashidan uygʻonib ketdi.

-Kelmasang boʻlmaydi, qoʻshni!

Nurjonning asabiy ovozidan hayron boʻlgan Buxorboy:

- Tinchlikmi, joʻra, - deb soʻradi.

- Kel-chi, keyin bilasan.

Yangi hovli bilan Buxorboyning uyi orasi piyodaga bir-bir yarim soatlik yoʻl. Nurjon asabiylashayotganiga qaraganda, jiddiyroq gap bor. "Nima boʻlishi mumkin-a?”- to velosipedda yetib kelguncha Buxorboy jiqqa terga botdi. Yangi hovli yaqiniga yetganda Nurjon uning oldiga chiqdi. "Nima gap?” deganday, oʻziga hayron qarab turgan Buxorboyga tomorqasini koʻrsatib:

- Qaragin, Jumat akaga men tushuntira olmadim. Har kuni shu ahvol, joʻra. Shuning uchun oʻzing ham bir koʻrgin, deb tongda chaqirdim.

Tomorqa yeridagi tizza boʻyi oʻsib qolgan joʻxoripoya ustiga ikkita molni boʻsh qoʻyib, oʻzi eshigi oldida, supada yonboshlab yotgan Jumat akaga koʻzi tushgan Buxorboyning jahli chiqdi. Axir yam-yashil boʻlib oʻsib yotgan joʻxorini ekish uchun ozmuncha xarajat qildimi? Shunday boʻlsa-da indamay, mollarni tomorqadan haydab chiqardi.

- Ey-ey-y-y! – oʻrnidan turdi Jumat aka. – Mol-da, mol, koʻrmay qolibman.

Buxorboy "qarab yotibsiz-ku!” demadi. Mollarni haydab chiqardi-yu, tomorqasini achinish bilan bir aylanib chiqdi. Joʻxoripoya boshdan-oyoq qoramol tuyogʻi ostida ezilib, payhon boʻlgandi.

Kech kuzda hovlisining koʻcha tarafiga, ikkala qoʻshnilarining hovlilariga tutash qismiga har xil koʻchatlar ekdi. Tomorqasini aylantirib mevali daraxt nihollarini oʻtqazdi. Oradan oʻn kunlarcha vaqt oʻtib, hovlisidan xabar olgani kelsa, ekkan mevali daraxt koʻchatlarining bittasi ham yoʻq. Hovli atrofi va koʻcha yuzidagi nihollar ham ancha siyraklab qolgan. Hayron boʻldi.

- Ha, oʻgʻirlab ketishibdimi, deyman, - gap qotdi Jumat aka.

- Gumon qilish imonsizlik, aka, - dedi Buxorboy. – Lekin ancha pulga sotib olgandim-a.

- Xafa boʻlma, bahorda boshqatdan ekasan, oʻ-xoʻ, koʻchib kelguningcha mevaga kiradi, endi eksang ham.

Buxorboy bahorda yangi hovli-joyi atrofiga yana koʻchatlar oʻtqazdi. Usta yollab, imoratini sozlashni boshladi. Bir yarim - ikki oy deganda imoratning ichki-tashqi pardozlash ishlari bitdi. Oilasi bilan koʻchib kelishdan oldin hovli sahnlari, atroflarini tozalash uchun katta oʻgʻli bilan bir-ikki kun ishlashiga toʻgʻri keldi. Jumat akaning hovlisi bilan oʻz hovlisi oraligʻiga xom gʻishtdan devor ura boshladi. Devor bitgan kuni birrov uyiga borib kelish uchun ota-bola yoʻlga tushishdi. Yarim yoʻlga yetmay, qoʻl telefonini unutib qoldirgan Buxorboy oʻgʻliga:

- Shu matohsiz ish bitmaydi, sen ketib turaver-chi, men orqangdan yetib olaman,-deb iziga qaytdi.

Buxorboy yangi hovlisining darvozasini ochayotib nimaningdir gursillagan ovozini eshitib, hayron boʻldi. Ovoz Jumat akalarning uyi tomondan eshitilganday boʻldi. Dolondan oʻtib, hovli ichkarisiga kirayotganida gursillagan ovoz yana eshitildi. Atrofni shom qorongʻiligi chulgʻay boshlagani uchun hovlining chirogʻini yoqib, qoʻl telefonini qoldirgan ayvon tokchasi tomon yoʻnalgan Buxorboy Jumat akaning hovlisi bilan oʻz hovlisi oraligʻiga uch kun oʻgʻli bilan tinmay ishlab, tiklagan ihota devor gʻishtlari toʻpir-toʻpir yerga tushayotganini koʻrib, dong qotdi. Qandaydir sharpa, aftidan Jumat aka chaqqonlik bilan oʻzini qorongʻilikka urganini Buxorboy aniq koʻrdi. Tomorqasiga "boʻshalib” tushgan mol, oʻgʻirlangan koʻchatlar, imo-ratni sozlash jarayonida goh-goh yoʻqolib turadigan zarur buyumlar – barcha-barchasi Jumat akaning ishi ekanligini sezsa-da, ishonqiramay yurgan Buxorboy yangi qoʻshnining baxilligini bugun oʻz koʻzi bilan koʻrib, hamon taxtaday qotib turardi. "Nima qilsin? Urushsinmi, yoqa yirtishsinmi?”

Koʻchib kelmasidan janjal chiqarishni istamagan Buxorboy tishini-tishiga qoʻyib, biron narsa deyishdan oʻzini tiydi. Hech narsa sezmaganday, qoʻl telefonini olib, ortiga qaytdi. Uyiga kelib, bor gapni onasiga aytdi:

- Mayli, bolam, tor, baxil odamga sen torlik qilma, - dedi onasi bosiqlik bilan. – Jazosini Xudoyimning oʻzi beraveradi. Koʻchib boraylik-chi avval.

Buxorboy yangi imorati ostonasida jonliq soʻyib, yangi ovuldoshlariga xudoyi-sadaqa berdi. Keksalarning fotihasini oldi. Hamma unga sogʻlik, moli-joniga omonlik tiladi. Faqat "qutlugʻ boʻlsin”ga kelganlar ikki qoʻshni oʻrtasiga qurilgan ihota devorning bir-ikki metr qismi buzilganiga hayron boʻlishdi.

- Nimaga qurding-u, yana buzding? –deyishdi yangi qoʻshnilar.

- Jumat akaning koʻzi tekkan, - istehzo bilan kuldi Nurjon.

- Balki qoʻli tekkandir! – kesatdi yana bir qoʻshnisi.

- Yoʻq, Jumat akaning nafasi ham juda keskir! – kinoya qildi yana kimdir.

Shu yerda boʻlgan Jumat aka boshini koʻtarolmay qoldi. Lom-mim demadi. Ayniqsa, Buxorboyning hech nima demayotgani uning boʻgʻziga pichoq qadagandan battar boʻldi.

- Kel, shu oʻtkinchi dunyoda baxillik qilmay, shu paxsaning oʻrniga ikki tupgina mevali ogʻoch ekay, dedim-da, - Buxorboy zimdan Jumat akaga boqdi. Jumat aka buzilgan paxsa devordan hatlab, "lip” etib hovlisiga oʻtib ketdi.

- Endi-i, oʻgʻlim, paxsa urilsa, bir-birovga malolsiz boʻladi-da, mol-hol, parranda, deganday,- dedi maslahatomuz ovul imomi.

Har kim bilganini aytib ketishdi. Buxorboy ham oʻz bilganini qildi. Buzilgan devorni qayta tiklamadi. Oʻzi aytganiday, devorning oʻsha joyini yaxshilab tekislab, kuzda qondirib sugʻorib qoʻydi. Kech kuzga borib, bozordan bir tup shotut, ikki tup gilos koʻchatlari olib kelib oʻtqazdi. Uch-toʻrt yilda koʻchatlar oʻsib, soya bera boshlaganda tagiga yogʻoch supa oʻrnatdi. Yozning issiq kunlarida supa xuddi jannatiy havo kasb etadi. Shotut, gilos mevalari pishgan pallada tovoqlarni toʻldirib qoʻshnilarga olib chiqadi.

Jumat aka yangi qoʻshnisining kengfeʼlligidan, odamoxun va samimiyligidan oʻziga xulosa chiqarmadi. Qaytanga:

- Mahallada obroʻ topmoqchi! –ich-ichidan qovrildi u.

Buxorboy esa garchi ovulda yangi boʻlsa-da allaqachon barchaga ellashib, xuddi ming yillik qadrdonlarday boʻlib ketgandi.

Oradan oʻn yil oʻtib, Jumat aka qazo qildi. Azaga kelgan ayollar hamon tomorqasida makkajoʻxori aralash qamish oʻsib yotgan Jumat akaga achinganday bosh chayqashdi.

- Yaxshiligidan yomonligi koʻp edi, -deyishdi.

Mayyitni qabristonga eltgan hassakash-tobutkashlar yoqalariga "tuf”lashdi:

- Yo alhazar, shunaqasiyam boʻlarkan-da, uch-toʻrt joyni kovlasak ham Jumat akaga qabrjoy qilolmadik, biridan ilon, biridan suv, yana biridan odam suyaklari chiqdi. Eski bir mozorga qoʻyib keldik Jumat akani. Mayyitga ikki gaz toza yer ham nasib etmadi-ya!

Robiya YOʻLDOShEVA.
(Foto - http://profpto.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019