16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
Adabiyot 👁 2,672

Yigitlik soʻzing qani? (Hikoya)

Yigitlik soʻzing qani? (Hikoya)

Raʼnoxonning goʻzalligi uning taqdirini oʻzgartirib yubordi. Yoshi 16-17 ga yetganidanoq unga koʻngil qoʻyganlar koʻpayib ketdi. Muhabbat izhor qilgan sinfdosh yigitlarga rad javobini berdi: "Qadrli sinfdosh, xafa boʻlmaysan, oliy maʼlumotli boʻlmagunimcha hech kimga qiya boqmayman. Yoshlikdagi sevgi- muhabbatga ishonib xato qilganlar ozmunchami? Oʻzgalar xatosidan xulosa chiqarish kerak” – deya noumid qaytardi.

Raʼnoning ilk orzusi amalga oshdi. Oʻz kuchi bilan oliygohga oʻqishga kirdi. Ammo bu yerda ham xaridorlar koʻpayib ketdi. Kursdosh yigitlarning anchasi unga oshiq boʻlib qolishdi. Nihoyat kursdoshi Alisher uning qalb eshigini ochishga muyassar boʻldi.

- Alisher, gapning ochigʻini aytganimda xafa boʻlmang, toʻydan keyingi hayotimizni koʻz oldimga keltirayapman. Toʻydan keyin avvalgi vaʼdalarini, ahd-u paymonlarini unutib yuborganlar hayotda koʻp. Siz ham ularning biri boʻlib qolsangiz, oxir-oqibatda umid-ishonchlar soʻnib, oradan mehr-oqibat koʻtarilmaydimi?

- Nima deyapsiz, Raʼnoxon? Men unaqa yigitlardan emasman. Vaʼdamning ustidan chiqmasam, yigitlik soʻzimga amal qilolmasam, bu dunyoda bosh koʻtarib yurib nima qilaman? Men Sizni hech kimga xafa qildirib qoʻy-mayman. Yigitlik soʻzim shu! – dedi Alisher.

Oradan yillar oʻtdi. Avval kelishib olishganlaridek, oliygohni bitirgandan soʻng Alisher bilan Raʼnoning toʻylari boʻlib oʻtdi. Alisher fargʻonalik, Raʼno esa mangʻitlik edi.

Raʼnoning bashoratomuz gaplari toʻgʻri chiqdi. Alisherning singlisi akasiga dugonasini qayliq qilishni niyat qilib yurgan ekan. Toʻy kunidan bir hafta oʻtgach, koʻngilsizlik boʻlib oʻtdi.

- Kelinoyi, balo ekansiz. Alisher akamning boshini ay-lantirib, unga turmushga chiqib oldingiz, - deya uzib oldi qaynsinglisi Barno.

– Yoʻgʻ-yey, yangilishyapsiz, qaytanga akangiz mening boshimni aylantirdi. Necha bor rad javobimni aytsam ham, aslo izimdan qolmadi, singiljon, - dedi kulib Raʼno.

- Hali shunaqami, rad javobini ham berganmisiz? Qishlogʻimizdayam sizdaqa qizlar toʻ-lib yotuvdi, - dedi alamzadalik bilan Barno.

- Boʻlsa bordir. Biroq akangiz meni tanladi. Mana, koʻrib turibsiz, kelinoyingizman, Mangʻitchasiga aytadigan boʻlsam, chechangiz boʻlaman, Barnoxon, - dedi hazilnamo Raʼno.

Shu payt oshxonaga Alisher kirib keldi-yu, ularning suhbati, aniqrogʻi tortishuvi nihoyasiga yetdi. "Kelgani yaxshi boʻldi. Aks holda qaynsinglim bilan janjallashib ham qolardik”- deya oʻzicha oʻylab qoʻydi.

Kelinoyisining oshxonadagi gaplari Barnoga aslo tinchlik bermadi. "Tortishuvimiz tugamasidanoq akamning kelib qolgani yomon boʻldi, kelinoyimning po-pugini pasaytirib qoʻyadigan gaplarim aytilmasdan ichimda qoldi”, - deya oʻylab qoʻydi u.

Nihoyat Barno qaynona-kelin orasiga sovuqchilik soldi. Keyinchalik esa akasi bilan kelinoyisi orasiga. Onasi bilan singlisining toʻqib-bichib aytgan gʻiybatnamo gaplari ham asta sekin mevasini bera boshladi. Buning ustiga yarim tunda Raʼnoga qilingan qoʻngʻiroqlar ham yaxshi boʻlmadi. Raʼno hayron edi. Hech bir yigitga uy telefoni raqamini bermovdi. U esa tundagi telefon qoʻngʻiroqlarini ham yoʻlini topib Barno uyushtirayotganini aslo bilmasdi. Oxir-oqibat Alisher bilan oralariga sovuqchilik tushib ulgurdi. Uyda kinoya va piching gaplar koʻpayib ketdi. Bunga bir oycha chidadi u. Ammo asablari bundan koʻpiga dosh berolmadi. Bir kuni qaynonasining piching gapiga eʼtiroz bildirdi. Raʼnoning eʼtirozi – aniqrogʻi, oʻzini-oʻzi himoya qilishi qaynonaga va qaynsingilga yoqmadi.

- Eshityapsanmi, Alisher? Xotiningning tili chiqib qoldi. Oʻzimizning Fargʻonada bunaqa tannozlar yoʻqmidi? Kelib-kelib topganingni qara. Xotiningga tartib berolmasang, uning yurtiga – Mangʻitga ketaver. Sendaqa oʻgʻildan ham, betgachopar kelindan ham toʻyib ketdim. Yuragim va boshim ogʻriydigan boʻlib qoldi, – dedi yigʻlamsirab.

Oyisining yigʻlamsiraganini koʻrgan Alisher birdaniga qizishib ketdi va oʻzini tutolmay Raʼnoning qoʻlidan tortqilab, oʻz xonalariga olib ketdi. U yerda Raʼnoni tepkiladi, mushtladi, ogʻziga kelgan haqoratomuz gaplar bilan soʻkinib baqirdi. Qoʻpol muomalalarga, doʻposlashlarga chidolmagan hamda ogʻiroyoqligi tufayli salomatligi pasayibroq yurgan Raʼno oʻzidan ketib yiqildi. Alisher esa buni Raʼnoning hiylasi deb tushundi.

"Eh-yey, ne qilib qoʻydim? Oyim bilan singlimning gaplariga kirib sevimli rafiqamga qoʻl koʻtardimmi? Endi bu yogʻi ne boʻlarkan? Ammo Raʼnoyam oʻzidan koʻrsin, chiroyiga keri-lib Fargʻonadan xushtorlar topayotganiga oʻlaymi? Yarim kechada qoʻngʻiroq qilaveradigan qaysi nomard ekan? Haqiqatan ham Raʼno buzuq ayolmikan? Balki shundaydir? Oyim bilan singlim nimanidir biladiganga oʻxshaydi. Shamol boʻlmasa, terakning uchi qimirlamaydi” – deya oʻzini oqladi Alisher.

- Mening javobimni bering, dedi Raʼno ertalab tongda.

- Soʻramasang ham seni Mangʻitingga qaytarmoqqa qaror qildim. Seni deb oyim va singlimdan voz kecholmayman, - dedi Alisher.

- Sizga ulardan voz keching, demayapman, demayman ham. Biroq toʻydan oldingi yigitlik soʻzingiz qani? "Odamzotni soʻz buzar, togʻ-u toshni sel buzar”, degan maqolni bilasiz-ku. Asosiysi yoʻq tuxmat gaplarga ishonib yuribsiz...

- Menga tana-piching qilaverma. Ne qilishni oʻzim bilaman. Toʻygacha hamma yigitlar vaʼda berishadi. Nahotki buni bilmasang, - deya Alisher Raʼnoning gapini choʻrt kesdi.

Raʼno esa kiyimlarini yigʻishtirib, yoʻlga otlandi. Qaynona va qaynsinglisining vaqtlari chogʻ edi. Ular gʻoliblik naʼshidasini surishar, ammo, nomaqbul qiliqlari bilan yosh oila poydevorini buzishayotganini tan olgisi kelishmasdi.

Raʼno uyiga kelib, ota-onasiga bor gapni roʻy-rost aytdi. Ular qiziga tasalli berishdi, koʻnglini koʻtarishdi.

Xoʻsh, Alisher ne qilarkan? Uning yigitlik soʻzi qayerda qoldi? Buni esa vaqt koʻrsatadi. "Vaqt – oliy hakam” deb behuda aytishmagan. Raʼno esa hamon Alisherni hamda tugʻilajak farzandini kutib yashayapti

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019