16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Jamiyat 👁 213

Nukusda «QR Gastronomic Quality - 2026» festivali yuqori saviyada oʻtkazildi

Nukusda «QR Gastronomic Quality - 2026» festivali yuqori saviyada oʻtkazildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻzining boy tarixi, betakror madaniyati va jozibador tabiati bilan sayyohlarni oʻziga jalb etib kelayotgan maskanlardan hisoblanadi. Endilikda bu zamin nafaqat tarixiy yodgorliklari, balki oʻziga xos milliy taomlari bilan ham jahon turizm xaritasida mustahkam oʻrin egallashga intilmoqda. 9-iyul kuni Nukus shahrida joylashgan «Qaraqalpaq Etno Awıl» turistik majmuasi hududida oʻtkazilgan «QR Gastronomic Quality - 2026» festivali fikrimizning yorqin dalilidir. Ushbu keng koʻlamli tadbir professional oshpazlar, restoran biznesi vakillari, turizm sohasi mutaxassislari, ekspertlar hamda koʻplab mehmonlarni yagona maqsad yoʻlida birlashtirdi.

Mazkur yirik loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondining ijtimoiy buyurtmasi asosida moliyalashtirildi. Tashabbus Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining bevosita qoʻllab-quvvatlashida «DMO Karakalpakstan» jamoat tashkiloti tomonidan amalga oshirildi. Loyihaning bosh maqsadi – mintaqadagi umumiy ovqatlanish sohasini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, mahalliy gastronomiyani hududning asosiy turistik brendlaridan biriga aylantirish va xizmat koʻrsatish tizimiga zamonaviy xalqaro standartlarni keng joriy etishdan iboratdir.

Ushbu ulkan natijaga erishish yoʻlida davlat, jamoatchilik va tadbirkorlik sektorlari vakillarini oʻzida jamlagan juda keng koʻlamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Xususan, tadbirga qadar jami 6 ta seminar-trening tashkil etilib, ularda gastronomik biznes egalari, turistik kompaniyalar vakillari, hunarmandlar va yoshlardan iborat 213 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ahamiyatlisi, ularning 117 nafarini xotin-qizlar tashkil etdi. Shuningdek, qoʻshimcha 122 nafar ishtirokchi loyihaning maxsus taqdimotlarida qatnashdi. Bu jarayonda Qoraqalpogʻiston Respublikasida turizmni rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 3 ta yigʻilishi oʻtkazilib, davlat va xususiy sektor vakillari mavjud muammolar hamda ularning yechimlarini oʻzaro muhokama qildilar. Taʼlim yoʻnalishida 151 nafar yosh ishtirokchi jalb qilingan boʻlsa, sohaning 47 nafar vakili xorijiy ekspertlar tomonidan oʻtilgan mahorat darslarida oʻz malakalarini oshirishga muvaffaq boʻldi.

Loyihaning muhim natijalaridan yana biri zamonaviy taʼlim va axborot bazasining yaratilganidir. Yetakchi mahalliy mutaxassislar ishtirokida tayyorlangan gastronomik xizmatlar sifat standartlarini joriy etish boʻyicha amaliy qoʻllanma qoraqalpoq, oʻzbek va rus tillarida chop etildi hamda hududdagi barcha umumiy ovqatlanish korxonalariga yetkazib berildi. Sohani raqamlashtirish maqsadida ishga tushirilgan maxsus elektron platforma va mobil ilova xizmat koʻrsatish sohasida yangi sahifa ochdi. Endilikda mijozlar QR-kod orqali 4 tilda taqdim etilgan raqamli menyuni zudlik bilan ochib, taomlarning fotosuratlari, tarkibi, vazni va narxlari bilan tanishishi, xizmat darajasini baholab, oʻz fikr-mulohazalarini qoldirishi mumkin.

Asosiy bayram kunida esa «Qaraqalpaq Etno Awıl» majmuasi haqiqiy maʼnodagi ulkan gastronomik maydonga aylandi. Mehmonlar kun davomida professional oshpazlarning qizgʻin musobaqasiga guvoh boʻldilar. Maydonda nafaqat mahalliy, balki Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan mohir oshpazlar ham pazandalik sirlarini namoyish etishdi. Shuningdek, turli millat vakillarining milliy oshxonalari namoyishi, mavzuli koʻrgazma pavilonlari, qiziqarli viktorinalar hamda milliy liboslar va anʼanaviy taomlar uygʻunlashgan oʻziga xos muhit barchaga unutilmas taassurot bagʻishladi. Sanʼatkorlarning kontsert dasturlari esa bayram shukuhini yanada oshirdi.

Tadbirning eng hayajonli qismi umumiy ovqatlanish korxonalari va professional oshpazlar oʻrtasidagi bellashuvlar boʻldi. Ishtirokchilar mualliflik taomlari, zamonaviy tayyorlash texnologiyalari va taqdimotning oʻziga xosligini yuqori darajada namoyish etdilar. Hakamlar hayʼati taomlarning taʼmiga qoʻshimcha ravishda ularning xalqaro standartlarga nechogʻliq mos kelishini ham baholadilar. Restoran va kafelar oʻrtasidagi bellashuvda 1-oʻrin «Caravan» restoraniga nasib etdi. 2-oʻrinni «MJ Family» restorani egallagan boʻlsa, 3-oʻringa «Qaraqalpaq asxanasi» restorani munosib deb topildi. Gʻoliblar gastronomiya industriyasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida xorijda tajriba almashish va malaka oshirish yoʻllanmasi bilan taqdirlandilar.

Professional oshpazlar bellashuvi ham qizgʻin bahslarga boy boʻldi. Unda Nukus shahridagi «LasVegas» restorani bosh oshpazi Madina Davletmuratova 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, tengsiz ekanini isbotladi. Xorazm oshpazlar sanʼati akademiyasi vakili Sarabibi Oʻrozmetova 2-oʻringa, Moʻynoq tumanidagi «ANISA» restorani bosh oshpazi Gulmira Batirbayeva esa 3-oʻringa loyiq deb topildi. Gʻoliblarga diplom, maxsus statuetka va pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, turli millatlarning milliy taomlari koʻrgazmasida Rus milliy madaniy markazi 1-oʻrinni, ukrain milliy madaniy markazi 2-oʻrinni va Koreys milliy madaniy markazi 3-oʻrinni egalladi. Festivalning eng kreativ oshpazi nominatsiyasida esa «MJ Family» restorani bosh oshpazi Andrey Grachyov mutlaq gʻolib deb topildi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi rahbari Quoʻatbay Karimxodjayev, Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi raisi Gulmirza Yoʻldoshev hamda «DMO Karakalpakstan» jamoat birlashmasi direktori Mels Qosnazarovlar ishtirok etib, gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalarini topshirdilar.

Xulosa qilib aytganda, mazkur loyiha shunchaki bayram yoki tanlov doirasidan chiqib, taʼlim, raqamli texnologiyalar, xalqaro hamkorlik va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashni oʻzida mujassam etgan yaxlit kompleks tashabbusga aylandi. Ushbu festival gastronomiya nafaqat boy madaniy merosning muhim boʻlagi, balki turizm, barqaror iqtisodiyot va Qoraqalpogʻiston Respublikasining jahon maydonidagi ijobiy imijini shakllantirishda eng kuchli vositalardan ekanligini yana bir bor isbotladi. Bu esa kelajakda Qoraqalpogʻiston Respublikasining jahon sayyohlari uchun eng sevimli gastronomik manzillardan biriga aylanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019