16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:54
Salomatlik 👁 4,111

OʻTKIR YuQUMLI IChAK KASALLIKLARIDAN SAQLANING!

 OʻTKIR YuQUMLI IChAK KASALLIKLARIDAN SAQLANING!

Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari mavsumiy kasalliklar hisoblanib, asosan yilning yoz va kuz fasllarida koʻproq uchraydi, chunki bu fasllarda kasallikning yuqish omillari faollashadi.

Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklariga qorin tifi, paratiflar, salmonellyoz, ichburugʻ, virusli gepatitning "A” turi va boshqa bir qator kasalliklar kiradi.

Bu kasalliklarni aksariyat hollarda bakteriya va viruslar qoʻzgʻatib, bemor va bakteriya tashuvchi odamlar kasallik qoʻzgʻatuvchilarining manbalari hisoblanadi. Ular kasallik qoʻzgʻatuvchilarini asosan oʻzlarining najasi orqali tashqi muhitga chiqaradi va atrof-muhitni shu kasallik qoʻzgʻatuvchilari bilan ifloslantiradi.

Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari qoʻzgʻatuvchilarining barchasi tashqi muhitga ancha chidamli boʻladi. Masalan, qorin tifi qoʻzgʻatuvchisi oqar suvda, sabzavot va mevalarda 5-10 kun, koʻlmak suvda 1 oygacha, non va non mahsulotlari yuzasida bir necha kun davomida tirik saqlansa, vabo qoʻzgʻatuvchilari oqar suvda 18 kundan 5 oygacha saqlanadi. Vabo qoʻzgʻatuvchisi suvda va salmonellyoz qoʻzgʻatuvchilari oziq-ovqat mahsulotlarida qulay sharoitda hattoki koʻpayishi ham mumkin.

Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarning yuqish yoʻllari bir-biriga oʻxshash boʻlsa-da, ularning har birining yetakchi yuqish omili bor. Masalan, qorin tifi va vabo kasalliklarida yetakchi yuqish omili suv hisoblansa, salmonellyoz kasalliklarida oziq-ovqat mahsulotlari yetakchi yuqish omili hisoblanadi.

Bu guruh yuqumli kasalliklar maishiy – muloqot yoʻli bilan ham yuqadi.

Yilning issiq kunlarida aholi, ayniqsa, bolalar oʻrtasida oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari tez-tez uchrab turadi.

Yoz oylarida oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari omillari faollashadi. Aholi koʻproq suv, har xil chanqoqbosdi ichimliklar ichish, meva-sabzavotlar, koʻkatlar isteʼmol qilish hamda kasallik qoʻzgʻatuvchilari bilan ifloslangan ochiq suv havzalarida choʻmilish jarayonlarida oʻtkir yuqumli kasalliklarni yuqtirib olishi  mumkin.

Kasallik qoʻzgʻatuvchilarining odam organizmiga tushib, toki kasallikning ilk alomatlari paydo boʻlguniga qadar maʼlum bir vaqt oʻtadi. Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarida yashirin davr bir necha soatdan 21 kungacha davom etadi.

Kasallikka chalingan bemorlarda holsizlik, koʻngil aynishi, qusish, ichning suyuq ketishi, tana haroratining koʻtarilishi kabi alomatlar kuzatiladi.

Bemorlarga oʻz vaqtida tegishli tibbiy yordam koʻrsatilmasa, bu kasalliklar oʻzidan bir qancha asoratlar qoldirishi mumkin. Bularga ichaklar faoliyatining buzilishi, ichakdagi yaralardan qon ketishi, ichak devorlarining teshilishi, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi misol boʻla oladi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, xonadonlarda, jamoat joylarida tozalik va obodonlashtirish ishlarini muntazam amalga oshirish, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalarda sanitariya talablariga  rioya qilish hamda aholining tibbiy-sanitariya madaniyatini oshirish bu kabi kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Tirnoqlarni oʻz vaqtida olish, qoʻllarning tozaligiga doimo rioya qilish, oilada har kim oʻz sochigʻidan, toʻy-maʼrakalarda shaxsiy qoʻl roʻmolchadan foydalanish ham bu borada muhim rol oʻynaydi.

Ob-havoning isib ketishi natijasida odamlarning ichimlik suvga boʻlgan ehtiyoji ham ortadi. Bundan tashqari, bolalar ariqlarga, kanallarga, hovuzlarga choʻmilishga oshiqishadi.  Shu sababli kunning issiq paytlari bolalarning nazoratsiz koʻchaga chiqishlariga, toʻgʻri kelgan joylarda choʻmilishlariga yoʻl qoʻymaslik kerak.

Bundan tashqari, dehqon bozorlarida, koʻchalarda sifati kafolatlanmagan, qoʻlda (uy sharoitida) tayyorlangan salqin ichimliklar, sharbatlar, ayron va boshqa ichimliklarni isteʼmol qilish ham oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari asosan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida uchrashini inobatga olib, bolalar parvarishi bilan shugʻullanuvchi ota-onalarga quyidagilar tavsiya qilinadi:

- bolalar parvarishi bilan shugʻullanuvchi shaxslar muntazam ravishda pediatr vrachlardan bolalar parvarishi boʻyicha maslahatlar olishi;

- bolalar parvarishi bilan shugʻullanuvchi shaxslar shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishi, bolalarga nisbatan ham shu talabni qoʻllashi;

- bolalarga sovutkichda uzoq muddat saqlangan taomlarni yedirmasligi, ularni toʻgʻri kelgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ovqatlantirmasligi;

- har qanday kishiga bolani ovqatlantirishga ruxsat bermasligi;

- koʻchadan uyga kirganda, ovqatlanishdan oldin, bolaga ovqat tayyorlashdan oldin va uni ovqatlantirishdan avval qoʻllarini sovunlab yuvishi;

- bolalar qoʻllari va ogʻizlarini umumiy foydalanilgan sochiqlar bilan artmasligi;

- oziq-ovqat mahsulotlarini pashsha, suvarak va boshqa boʻgʻimoyoqlilardan asrashi;

bolalarning barmogʻini soʻrishiga yoʻl qoʻymasligi;

- bozorlarda va koʻchalarda sotilayotgan meva-sabzavotlarni oqar suvda yuvmasdan taʼtib koʻrmasligi;

- bolalarning nazoratsiz koʻchaga chiqishlariga, toʻgʻri kelgan joylarda choʻmilishlariga yoʻl qoʻymasligi kerak.

Mutaxassislar va olimlarning taʼkidlashicha, salomatlikni asrash 18 foiz irsiy omillarga, 17 foiz atrof-muhit omillariga, 10 foiz tibbiy xizmatga, 55 foiz sogʻlom turmush tarziga bogʻliq.

Demak, sogʻlom turmush tarzini bolalikdan shakllantirib borish barcha kasalliklarning oldini olishning bosh mezonidir.

 

Toʻramurod BOBONIYoZOV, tuman DSENM bosh vrachi, xalq deputatlari  tuman Kengashi deputati.

(Foto - http://soglom.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019