16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:16
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,423

YeRGA EGALIK HISSI YuTUQLARIMIZGA ZAMIN BOʻLMOQDA

YeRGA EGALIK HISSI YuTUQLARIMIZGA ZAMIN BOʻLMOQDA

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz qishloq xoʻjaligiga joriy etilgan islohotlar tufayli dehqon yerning haqiqiy xoʻjayiniga aylandi.  Bugun u oʻzi yetishtirgan hosilning daromadidan manfaatdor. Yerga egalik hissi qishloq xoʻjalik ekinlarining barchasidan ham yuqori hosil olib, xoʻjaligi, oilasi iqtisodini mustahkamlashga asos boʻlmoqda.

Men yoshligimdan paxtachilik tashvishlariga guvoh boʻlib ulgʻaydim. Keyinchalik brigada boshligʻi boʻlib ishladim. U paytlarda brigadirlar fa-qatgina dala mehnatkashlariga buyurilgan topshiriqlarni bajartiruvchi edi, xolos. Bugun-chi, bugun? Bugun oʻz yerimiz oʻz ixtiyorimizda, fermer nafaqat yer uchun, balki, hududida istiqomat qiluvchi aholining turmush sifatini yaxshilashga, farovon yashashiga ham masʼul. Yangi-yangi ish oʻrinlari yaratib, aholining ish bilan taʼminlanishiga ham hissa qoʻshmogʻi darkor.

Men 2002-yilda "Iskandarov Farhod” fermer xoʻjaligini tuzgan vaqtimdan beri 13-yil oʻtgan boʻlsa, hozirgi kungacha xoʻjaligimiz tumanimizdagi eng iqtisodiy baquvvat va moʻl hosilli xoʻjalikka aylandi. Birgina oʻtgan yilning oʻzida 105 gektar paxta maydonlaridan 216 tonna hosil yetishtirish boʻyicha shartnoma tuzgan boʻlsak, amalda 378 tonna paxtani davlatimiz xirmoniga toʻkdik. Natijada 89 nafar ijarachilarimizning ham daromadi moʻl boʻldi, xoʻjaligimizga yangi texnikalar xarid qilish imkoniyatiga ega boʻldik.

Joriy yilda ham xoʻjaligimizda pilla, bugʻdoy yetishtirish rejalari ortigʻi bilan bajarildi. Hozir asosiy ekinimiz – paxta yigʻim-terimiga kirishdik. Qiygʻos ochilib turgan paxtalar bu yilgi xirmonimiz ham moʻl boʻlishidan darak berib turibdi. Asosiy dalalarimizga "Buxoro-8”navini ekkanmiz. Bu hosildor nav boʻlishi bilan birga tumanimizda ekilayotgan boshqa navlarga nisbatan hafta – oʻn kun kechroq yetiladi. Biroq biz avgust oyida ham gʻoʻza tarbiyasini davom ettirib, hosilga-hosil qoʻshishga erishdik.

Qishloq xoʻjaligi xodimlari uchun juda masʼuliyatli va hayajonli damlar – yigʻim-terim mavsumi boshlanib ketdi. Yil boshidan beri qishning ayozi-yu yozning issiq taftini pisand etmay, dalada qilgan mehnatlari mahsuli taroziga qoʻyiladigan damlarga oz fursat qolayapti. Peshona teri, qalb qoʻri bilan asosiy boyligimiz – paxtadan yuqori hosil yetishtirishdek ulugʻ maqsadlar yoʻlida mehnat qilgan barcha paxtakorlarning mehnatlari samarali, yuzlari yorugʻ boʻlishini tilayman. Bizga ana shunday imkoniyatlarni bergan mustaqilligimizning 24 yilligi qutlugʻ boʻlsin, deyman.

Farhod ISKANDAROV, fermer.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019