16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Qishloq xoʻjaligi 👁 5,728

PAXTAKORLARGA KOʻMAKDOShMIZ

PAXTAKORLARGA KOʻMAKDOShMIZ

Keyingi yillarda mamlakatimiz jahon paxta bozorining asosiy ishtirokchisiga aylanib borayotganligi, yurtimizda yetishtirilgan xomashyoning mavqei oshib, xaridorlarni oʻziga tobora koʻp jalb qilayotganligi hammamizga ravshan. Albatta, bunday yutuqlar avvalo, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga ulkan eʼtibor berilayotgani, sifatli tola beruvchi, tezpishar va iqlim sharoitimizga mos yangi navlar yaratilib, dehqonlarimizning yil-oʻn ikki oy dalada halovat bilmay qilayotgan fidoyi mehnatlarining natijasidir.

Kuz - har bir daqiqasi gʻanimat, beorom fasl hisoblanadi. Mehnatlari mahsuli tarozida tosh bosib, rejasi ado etilgan kun dehqonning quvonchiga sarhad boʻlmaydi. Ana shunday sharafli va masʼuliyatli kunlarda bizning Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutimiz talaba yoshlari doim amudaryolik paxtakorlarga yordamga oshiqadilar. Har yili yigʻim-terim mavsumida koʻmakdosh boʻlayotgan yoshlarni barcha amudaryoliklar bagʻrini ochib, iliq qarshi olishadi, oʻz farzandiday gʻamxoʻrlik qilib, dalada unumli ishlashlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishadi.

Ayni kunlarda tuman paxta dalalarida 4200 nafardan ziyod talabalarimiz yetishtirilgan hosilni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmasdan yigʻib-terib, davlat xazinasiga topshirish, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yanada oshishiga hissa qoʻshish maqsadida yoshlik gʻayrat-shijoati bilan mehnat qilmoqdalar. Talabalarimiz kuniga 200 tonna atrofida paxta terishib, tuman  xirmoniga hissa qoʻshmoqdalar.

Shuni mamnuniyat bilan aytgim keladiki, tumanning qaysi burchagiga qaramang, talabalarimiz uchun yaratilgan har tomonlama shart-sharoitlar, ayniqsa, oqkoʻngil insonlarning otalarcha gʻamxoʻrliklari yoshlarni har bir daqiqani gʻanimat bilib, paxta terishga undamoqda.

Baland xirmon koʻtarishda oʻzining mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan ajralib turadigan ilgʻor talaba-terimchilarning nomlarini faxr bilan tilga olamiz. Pedagogika fakultetining 3-kurs talabasi Bibimaryam Jiyemuratova, oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining 4-kurs talabasi Malohat Abdullayeva, qoraqalpoq tili va adabiyoti fakultetining 3-kurs talabasi Navroʻz Kenesboyev, jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs talabasi Azamat Berdiboyev, boshlangʻich taʼlim fakulteti talabalari Navbahor Sobirova va Qamar Habibullayevalar kuniga 150-200 kilogrammdan paxta terishib, tengdoshlariga namuna boʻlmoqdalar.

Har yili talaba yoshlarimizning paxta terishda chaqqonligi, epchilligini aniqlash, maqsadida "Institut birinchiligi” musaboqasini oʻtkazish anʼanaga aylanib bormoqda. Bu tadbir eng fidoyi yoshlarni aniqlash bilan birga, boshqalarning ham ularga havasini, gʻayratini oshirmoqda.

Sentyabr oyining 18 sanasida "Oq oltin” ovulidagi "Ollombergan hoji bobo” fermer xoʻjaligida boʻlib oʻtgan musobaqani tuman rahbariyati, institutimiz maʼmuriyati hamda jamoat tashkilotlari xodimlari sinchkovlik bilan kuzatib bordilar. Barchaning koʻnglida bir savol: kim gʻolib boʻlarkin? Nihoyat hasharchi talabalar kuni boʻyi tergan paxtalarini taroziga qoʻyganlarida, institutning tabiatshunoslik fakulteti 3-kurs  talabasi Halima Arzimova 325 kilogramm paxta terib, "Institut birinchiligi” musobaqasining mutloq gʻolibi boʻldi.

Shuningdek, mazkur musobaqada fizika-matematika, chet tillari fakulteti terimchi yoshlari ham munosib ishtirok etishib, har biri 200-250 kilogrammdan ziyod paxta terishdi.

Paxta – xalqimiz rizqi, asosiy boyligi. Turmushimiz obodligi, dasturxonlarimiz toʻkinligi dehqon mehnatidan. Shu boisdan-da lahzalari oltindan qimmat quyoshli kunlarda oliy maqsad sari intilayotgan dehqonlarimiz, ularga yordamga otlangan barcha hasharchilar hamjihatlikda Amudaryo tumanining davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejasini mamlakatimizda birinchi boʻlib ado etilishiga munosib hissa qoʻshdilar. Halol va fidoyi mehnat mahsuli boʻlmish paxta dalalardagi qolgan hosilni ham yigʻib-terib, davlatimiz xirmoniga topshirishda kuch-gʻayratlarini ayamaydilar.

Hamjihatlik samarasi boʻlmish yaratilgan ulkan xirmon barchangizga qutlugʻ boʻlsin!

Fursatdan foydalanib, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha oʻqituvchi, ustoz va murabbiylarni tobora yaqinlashib kelayotgan kasb bayramlari bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Quvondiq QODIROV,

NDPI prorektori. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019