16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:11
Adabiyot 👁 3,022

KOʻNGIL TUGʻYoNLARI

KOʻNGIL TUGʻYoNLARI

Ona tilim

 

Bir kalom bor lisonimizda,

Koʻngli choʻkkan takror etadi.

Kelajak bor imkonimizda –

"Bu kunlar ham oʻtib ketadi”.

 

Bu kalomni aytar tumonat,

Davlatmandni gʻamgin etadi.

Boylik, davlat balki omonat –

"Bu kunlar ham oʻtib ketadi”.


Ona tilim!

Qanchalar boysan!

Bilgan sayin oshadi hayrat.

Axir koʻring – bitta jumlada,

Qancha maʼno, mazmun qatma-qat.

 

Bu tabarruk, purmaʼno lison,

Yaratgandan bizlarga inʼom.

Ona tilim bor ekan mudom,

Nufuz topar oʻzbek degan nom.

 

Ahmad NAFASOV.

QUTLOV

 

Vatanim, bagʻringda dunyoga keldim,

Mehrli goʻshangda ulgʻaydim, undim.

Qirlaringda sezdim tiriklik vasfin

Vatanim, muborak aziz ayyoming.

 

Gullayvergin, quyoshli oʻlkam,

Mustaqil yurtim naqadar koʻrkam.

Yuksalgin, yasharsin har qadaming,

Vatanim, muborak aziz ayyoming!

 

Yulduz MADADOVA, 44-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi.

 

Tabdirkorlik haqida ertak

 

Juda qadim zamonda

Bir kambagʻal bor ekan.

Mol-u mulki juda oz,

Burda nonga zor ekan.

 

Xotini ham gohida

Uni koyib qoʻyarkan.

Ishlab non topgan kuni

Olqishlarkan – suyarkan.

 

Ikki oʻgʻil, ikki qiz

Hali ancha yosh ekan.

Boy uyiga xizmatga

Borsa: "bular yosh”, derkan.

 

Shundan, ishga oʻzi-yu

Xotini borar ekan.

Bir oylik mehnatiga

Toʻrt chaqa olar ekan.

 

Shu taxlitda yillar ham

Gʻiz-gʻiz oʻtaveribdi.

Farzandlari voyaga

Bir-bir yetaveribdi.

 

Boylarning eshigida

Ishlab pul topishibdi.

Er-xotin tandir qurib,

Uyda non yopishibdi.

 

Bora-bora "Zoʻr nonvoy”

degan nomni olibdi.

Hunari orqasidan

Rosa boyib qolibdi.

 

Farzandlar ham nonvoylik

Kasbini egallabdi.

Baxt-u omad otini

Tutishib egarlabdi.

 

Oʻgʻillar ulgʻayibdi,

Qizlar tegibdi erga.

Ijaraga yer olib,

Aylanibdi fermerga!

 

Mulkdorlarning safidan

Oʻz oʻrnin olishibdi.

Hatto toʻrt farzandiga

Uy-joylar solishibdi.

 

"Mehnatning tagi rohat”

Degan maqol toʻqibdi.

Ulardan qolgan avlod

Olqish, tahsin oʻqibdi.

 

Rivoyatning maʼnosi:

Kim tadbirkor – kam boʻlmas.

Yurmas boshqa yurtlarda

Koʻzlari hech nam boʻlmas.

 

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist.

Ota-ona

Ota-ona yuragi va bagʻri giryon,

Seni deb oʻzlarin urarlar har yon.

Qarigan chogʻida boʻlmasin sarson,

Qadrlang, doʻstlarim, ota-onani.

 

Oltin-kumush bilan koʻmib qoʻysang ham,

Keksalik balosi boshin qilar xam,

Eʼtibor berdingmi – koʻzlarida nam,

Qadrlang, doʻstlarim ota-onani.

 

Ularga darkormas sendan boshqasi,

Sen oʻzing jigardan ungan parchasi.

Kerakmas oʻzingdan boshqa barchasi,

Qadrlang, doʻstlarim ota-onani.

 

Sening uchun kerak bugun martaba,

Balki ketib qolar ular ertaga.

Afsuslar chekmagin deyman men yana,

Qadrlang, doʻstlarim, ota-onani.

 

Oʻtsalar yuzta qoʻy soʻymoq ne darkor,

Tiriklik chogʻida siylangiz bir bor.

Odamlar oldida boʻlsangiz sardor,

Qadrlang, doʻstlarim, ota-onani.

 

Farhod bu soʻzlarni oldi hayotdan,

Ham oʻqib, oʻrgandi ilm-u bayotdan.

Koʻrdi va oʻrgandi yaqin-u yotdan,

Qadrlang, doʻstlarim, ota-onani.

Farhod AVEZOV.

Vatanim

Shafaqlari yonib uygʻonar quyosh,

Nurga oʻrar ilhomlarimni.

Yogʻdusida ulashar otash,

Bizdan boshlab salomlarini,

Bu – mening Vatanim,

Bu – sening Vataning!

 

Bol bulogʻi, zumrad bogʻlari,

Tuprogʻida kuladi chaman.

Xazinadir olmos togʻlari,

Fazolarga magʻrur uchaman,

Bu – mening Vatanim,

Bu – sening Vataning!

 

Paxtazorda oltin tolalar,

Qalb rishtasi, doʻstlik iplari,

Kundek kulib, yonib tovlanar,

Jilo aylab toʻyning seplari,

Bu – mening Vatanim,

Bu – sening Vataning!

 

Zargar elim, mehmonnavozim,

Sevgi qurgan koʻrkam koshonam.

Jaranglaydi mening ovozim,

Aziz onam, qutlugʻ ostonam,

Bu – mening Vatanim,

Bu – sening Vataning!

Chinoroy OʻRINBOYeVA.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026