16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Adabiyot 👁 6,004

AYoL DARDI

AYoL DARDI

(Boʻlgan voqea)

Men kollejda endigina birinchi bosqich oʻquvchisi edim. Niyatim mohir tikuvchi boʻlish yoki oʻz biznes loyihamni ishlab chiqib, tadbirkor boʻlmoqchi edim. Oʻqish bilan ovora boʻlib yurgan kunlarim edi. Bir kuni oʻqishdan chiqib qaytib kelayotsam, oldimdan bir yigit chiqdi. Baland boʻyli, qoshi-koʻzi qora, chiroyli. U men bilan tanishmoqchiligini, unga yoqishimni aytdi. Men esa oʻzimni beparvo tutardim-u, ammo hayolim unda edi, lekin hech sezdirmasdim.

Mendan ancha katta boʻlsa ham men u yigitni sevardim, uning soʻzidan chiqmasdim. Kunlarning birida uni uyidagilari uylantirmoqchiligini, xoʻp desam menga uylanishini aytdi. Hash-pash deguncha toʻy ham oʻtdi... Men toʻydan soʻng tushundim yoshligimni, hayotga tayyor emasligimni, kelinlik hali menga ancha ogʻirlik qilishini ham. Qaynonamning oʻjarligiga chiday olmasdim, har doim yonimni oladigan erim toʻydan keyin  meni unutdi. Uydagi mendan katta qayinsinglimning meni tekshirishi, yoʻq joydan janjal chiqarishi, uni deb erim ham menga urishishidan oʻzimni xuddi bir quldek his qilardim. Ohir-oqibat turmush mushtlariga chidamasdan ota uyimga ketib qoldim. Buni qarang, hatto oʻz uyimga ham sigʻmadim, ota-onam "oʻzing qazigan chuqurga oʻzing tushding”, deyishdi. Chiqqan qiz chiydan tashqari, deyishgani rost ekan, avvalgidek qabul qilishmadi va yana kelgan kunimoq ota-onam erimnikiga olib borib qoʻyishdi. Qaynonamning esa shu kundan boshlab menga munosabati oʻzgardi, bilmaganlarimni oʻrgata boshladi. Oradan bir oy oʻtib, qaynsinglimning ham baxti ochilib, turmushga chiqdi. Hamma narsa endi joy-joyiga tushdi, deb yursam, menga erimning munosabati oʻzgarib qoldi. Hadeb urishib, hatto qoʻl ham koʻtaradigan boʻldi. Men jim, chidashga majbur edim. Uyga borolmayman, ularni ham qiynamay, deyman. Koʻzim oldida u boshqa qiz bilan telefonda gaplashardi. Bir kuni: "sen uyingga ket, menga keraging yoʻq”, - dedi. Unga men biz bir oila ekanligimizni aytsam, u yuzsizlarcha ustimdan kuldi. Men yana ota uyimga ketdim, uydagilarga hech narsa demadim, ammo endi qaytish niyatim yoʻqligini aytdim va qarorim qatʼiyligini tushuntirdim. Bir ahvolda ekanimni sezgan oila aʼzolarim hech narsa deyishmadi va meni yolgʻiz qoldirishdi. Ammo onamning har 5 daqiqada nimanidir sezganday, bahonalab yonimga kelishi uning yuzidagi xavotirdan shunday sezilib turardi-yu, hech narsa demas edi. Men esa bu hayotdan charchagan edim, haqiqatan ham oʻz jonimga qasd qilishni oʻylardim. Biroq hech fursat topolmasdim. Tun yarim boʻlganida uydagilar ancha tinchib qolishdi, yonimda singlim uxlab yotardi. Sekin oʻrnimdan turdim va molxona tomonga yurdim. Molxona eshigi ochiq turgan ekan. Mening tashqariga chiqqanimni hech kim sezmadi. Butun aʼzoyi badanimni titroq bosdi. Tun juda qorongʻi,  osmonni qora bulut qoplagan, havo sovuq edi. Bir payt hovlidagi katta oʻrik ostidagi supa tomondan kimningdir yigʻlagan ovozi qulogʻimga chalindi. Oldin bir oz qoʻrqdim, keyin jim turib eshitsam, bu otamning ovozi ekan: "Ey xudo, men senga nima yomonlik qildim, qanday gunoh qildim? Xato qilgan boʻlsam meni jazola, farzandimda nima ayb”, deyayotgan edi.

Shu kungacha otamning yigʻlaganini hech koʻrmagan edim, buni koʻrib, qattiq qiynaldim va qalbim osmonida qandaydir yorugʻlik koʻrindi. Men taslim boʻlmasligim, hali koʻp yaxshi ishlar qilishim kerakligini oʻyladim va uyga qaytib kirdim. Shu kungacha faqat oʻsha, mening qadrimga yetmaydigan inson uchun yashabman, endi men shu kunlarga kelgunimcha tarbiyalab, menga hayot bagʻishlagan insonlar uchun yashayman, degan qarorga keldim. Bu dunyoda chin doʻst faqat ota-ona ekanini tushundim.

Oʻsha paytda kollejda tengqurlarim 2-bosqichni tugatish arafasida edilar. Oʻqishga bora boshladim. Ammo tengdoshlarimga oldingidek qoʻshila olmasdim. 2-bosqichni tugatib, tikuvchilikni oʻrganish uchun mahallamizdagi mohir tikuvchiga shogird boʻldim, oilamdagilar meni har tomonlama qoʻllab turishdi.

Bir kuni oʻz qoʻlim bilan onamga koʻylak tikib berdim, u juda xursand boʻldi. 3 oy ichida men ham ustozim darajasiga yetdim va otam menga tikuv mashinasi olib berdi. Mijozlarim koʻpaydi. Bu yil men kollejni tugataman. Bitiruvchilarga kredit berilishi haqida eshitdim va oʻz biznes loyihamni ishlay boshladim. Bu orada odamlarning gap-soʻzi ancha tinchib qolgandi.

Biznes loyiham qoʻllab-quvvatlanib, imtiyozli kredit oldim va kichikroq boʻlsa ham tikuv tsexi ochdim, besh nafar qizni ish bilan taʼminladim. Oldin tikkan kiyim-kechaklarni bozorda sotdik keyin har xil korxona va muassasalar bilan shartnoma tuzdim va oradan 3-yil oʻtib, men katta bir tsex egasi, tadbirkor ayolga aylandim. Bankdagi qarzimni ham  toʻlab, oʻzimni ancha oʻnglab oldim.

28 yoshimda haqiqiy baxtimni topdim. Men oʻzaro hurmat va mehr-oqibat hamma narsadan ustun tutiladigan oilaga kelin boʻldim. Ishlarim ham ancha rivojlandi. Oradan bir yil oʻtib, egizak farzand koʻrdik. Bundan hammamiz suyundik. Hozir eng baxtiyor oila sohibasiman.

Aytaversam, mening umrim bir kitob. Har kim oʻz asarini oʻzi yaratarkan. Umr kitobining har sahifasi goʻzal boʻlishi insonning oʻz qoʻlida. Oʻz baxtimiz, oʻzimizning qoʻlimizda. Insonga umr degan ulugʻ  neʼmat berildimi, shunga  munosib yashamogʻi kerak. Toʻkilayotgan xazonlar oʻrnida qolgan murtaklar qishdan omon chiqsa, bahorda yana barg yozadi. Boshqa joydan emas, xuddi oʻsha uzilgan barg oʻrnidan chiqadi yashil barglar...

Inson ham shunday, umr kuzaklari va qishlarining azoblariga bardosh bersa, egilmasa, albatta gullash fasliga yetadi...

 

Ayolning dardlarini oqqa koʻchirgan Yulduz YuSUPOVA, Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019