16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:32
Jamiyat 👁 5,107

AJDODLAR MEROSI – kelajak poydevori

AJDODLAR MEROSI –  kelajak poydevori

"Oʻz tarixini bilmagan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yoʻq”, – degan edilar muhtaram Prezident bobomiz Islom Karimov.

Oʻz tariximiz. Uning ichiga kirgan sari dilimiz faxr tuygʻusiga toʻladi. Ayniqsa, koʻhna Xorazm davlati tarixi juda teran. IX asr oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan  tez rivojlandi. X asrga kelib Xorazm mintaqadagi eng yirik savdo markazlaridan biriga aylandi. Xorazm savdogarlari qoʻshni davlatlar bilan va Volga, Xazar va Bulgʻor podshohliklari, sharqiy Yevropaning slavyan qabilalari bilan ham savdo aloqalarini olib borganlar. Savdo-sotiqning yanada kengayishida, ayniqsa Urganch (Gurganj) muhim rol oʻynagan. Uning hokimi "Gurganj miri” deb ulugʻlangan. 995-yilda Gurganj miri Maʼmun ibn Muhammad Kat shahrini ishgʻol qildi va Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi (Xorazm ilk oʻrta asrlarda ikkiga boʻlingan, birining markazi hozirgi Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumanidagi qadimgi Kat shahri boʻlgan, ikkinchisining markazi hozirgi Turkmaniston Respublikasi hududidagi Koʻhna Urganch shahri boʻlgan) va Xorazmshoh unvoniga sazovor boʻlgan. Shu tariqa Afrigʻiylar sulolasi barham topdi va Maʼmuniylar hukmronligi boshlandi. Koʻhna Urganch Xorazmning poytaxti boʻldi. Qisqa davr ichida Maʼmuniylar Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rivojlantirdilar. Maʼmuniylar davrida Xorazmda ilm-fan va madaniyat ravnaq topdi. "Maʼmun akademiyasi” ham oʻsha davrda tashkil etildi. Ushbu ilmgohda buyuk qomusiy olimlar ijod etgan oʻz kashfiyotlari, yutuqlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeini yuksak darajaga koʻtarganlar va oʻzlarining bemisl ijodi bilan nomlarini abadiylikka muhrlaganlar. Bu abadiylikka muhrlanganlar roʻyxati buyuk bobomiz Al-Xorazmiy nomi bilan boshlanadi. Al-Xorazmiyning asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiydir. U  783 yilda Xivada tugʻilgan. Dastlab Xivada ilm olib, yetuk olim boʻlib yetishadi. Soʻng Oʻrta Osiyoning oʻsha davrdagi yirik ilm-fan markazlaridan biri Marv shahrida (hozirgi Turkmaniston Respublikasi hududi) ijodini davom ettirgan. U yerda koʻplab ustozlardan taʼlim olgan, bir qancha shogirdlar yetishtirgan, zamondosh olimlar bilan fikr va tajriba almashgan. 819-yildan boshlab esa Xalifa Maʼmun  zamonida (813-833) Bagʻdodda  faoliyat yuritgan.

Uning kashfiyotlari, matematikaga doir asarlari  hamon ilmiy qimmatini yoʻqotmagan. "Al jabr” asarini yozishni Xorazmiyga Maʼmun ibn Muhammad buyuradi. Chunki, oʻsha davr muhitida insonlarga, ayniqsa, oddiy xalqqa yer oʻlchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va turli hisob va oʻlchov ishlarida dasturilamal boʻladigan fan albatta zarur edi. Uning yirik kashfiyotlaridan biri "0”dan "9”gacha boʻlgan raqam bilan har qanday sonni yozish mumkinligini, uning murakkab rim raqamlaridan afzalliklarini isbotlab bergani va toʻrt amal bilan qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish qoidalarini yaratganidir. Aslida "0” dan "9”gacha boʻlgan raqamlarni hindlar ixtiro qilgan, lekin keyinchalik ularni Al-Xorazmiy fanga kiritdi, ilmiy asosladi va boshqa olimlarga targʻib qildi. Dunyoda oʻz nomi fan nomiga aylangan allomalar juda kam. Algebra, algoritm atamalari Al-Xorazmiy nomi bilan bogʻliq. Bu hodisa bilan har qancha faxrlansak, har qancha gʻururlansak arziydi.

Al-Xorazmiyning geografiya, astronomiyaga, tarixga va boshqa sohalarga oid jami 20 ta asaridan 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning har bir qilgan ijodiy va ilmiy ishlari bugungi kun olimlari uchun muhim qoʻllanma boʻlib xizmat qilmoqda. Vatandoshimiz oʻz kashfiyotlari bilan tarixda oʻchmas iz qoldirdi. Al-Xorazmiy 850-yilda Bagʻdodda vafot etdi. Uning buyuk va oʻchmas nomini abadiylashtirish maqsadida koʻchalar, xiyobonlar, maktablar Al-Xorazmiy nomi bilan atalmoqda. Bundan tashqari, Xorazm diyorining Urganch shahrida mahobatli haykali qad rostlagan.

Biz yashayotgan yurt Alloh nazari tushgan zamin. Ajdodlarimiz ozodlik uchun qon toʻkkan zamin bu. Bizning ajdodlarimiz kimligi-yu, ularning qanday buyuk ishlar qilganini butun jahon biladi. Biz avlodlar, Oʻzbekiston nomini ajdodlarimiz kabi butun dunyoga taratmogʻimiz, Vatanimiz bayrogʻini yanada koʻklarga koʻtarmogʻimiz kerak. Zero, biz hech kimdan kam emasmiz.

 

Husan YOʻLDOShEV,

Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

(Foto - http://www.darakchi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019