16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:01
Siyosat 👁 3,716

2015-yilda Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan tuman hokimining hisoboti toʻgʻrisida

2015-yilda Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan tuman hokimining hisoboti toʻgʻrisida

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShI QARORI


2015-yilda Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan tuman hokimining hisoboti toʻgʻrisida


"Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 251-moddasiga hamda xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi Reglamentining 601-moddasiga asosan 2015-yilda Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarovning hisobotini tinglab va muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi Q A R O R    Q I L A D I :

1. 2015 yilda Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarovning hisobotini muhokama qilish yakunlari, doimiy komissiya xulosasi va partiya guruhlari fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda tuman hokimi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligi qoniqarli deb baholansin. 

3. Amudaryo tumani hokimligi (B.Ernazarov, M.Temirboyev):

-2015-yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari hisoblangan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va sanoatni diversifikatsiyalash, eksportga mahsulot chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan maqsadli dasturlarning bajarilishi;

- hisobot davrida kreditor va debitor qarzdorlikni kamaytirish, korxonalarning moliyaviy holatini mustahkamlash borasidagi ishlari, jumladan, xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi korxonalar oʻrtasidagi debitor qarzdorlikni kamaytirish;

- yoʻl transport infrastrukturasini rivojlantirish, shuningdek qishloq joylarida namunaviy loyihalardagi turar joylar qurilishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda bu boradagi ishlarda tegishli tashkilotlar masʼuliyatni oshirish boʻyicha choralar koʻrsin.

4. "Ellikqalʼa neftbazasi” unitar korxonasi Qoratov filiali, "QQqishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aktsiyadorlik jamiyati tuman filiali, "Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati Amudaryo tuman elektr taʼminoti korxonasi va "Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasining "Amudaryotumangaz” filiali rahbarlariga debitorlik qarzdorlikning oʻsib ketishiga yoʻl qoʻyganliklari hamda bu boradagi ishlari yetarli emasligi koʻrsatib oʻtilsin.

5. Amudaryo tuman hokimligi (B.Ernazarov, M.Temirboyev)ga 2016-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining eng muhim ustuvor vazifalarini bajarishni taʼminlash maqsadida:

- hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va  diversifikatsiyalash yoʻnalishidagi islohotlarni, ayniqsa, sanoatda va qishloq xoʻjaligini tubdan tizimli oʻzgartirishlarni soʻzsiz davom ettirish, shuningdek, kichik biznesni jadal rivojlantirish va ushbu soha vakillarining manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash;   

- 2016-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini soʻzsiz amalga oshirish;

- ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shuningdek aholining turmush darajasini yana-da yaxshilashga alohida eʼtibor qaratish;

- eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, kichik biznes va ishbilarmonlik subʼektlarining eksport ishlaridagi munosabatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirib borish;

- iqtisodiyot sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, "Elektron hukumat” tizimi ishlarini rivojlantirish ilojlarini koʻrish;

- 2016 yilda mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirish, moliyaviy potentsialini mustahkamlash hamda mahalliy byudjetning respublika byudjetidan olinadigan subventsiya miqdorini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, korxona-tashkilotlar bilan birgalikda yil oxiriga qadar subventsiya ulushini kamaytirish ilojlarini koʻrish;

- "Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu tadbirlarning bajarilishini tizimli nazorat qilish;

- 2016 yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, birinchi navbatda, kollej bitiruvchilarining, ayniqsa, qishloq joylarida ishga joylashtirishning aniq ilojlarini koʻrib borish topshirilsin.

6. Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari raislari va deputatlariga:

- 2016 yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim yoʻnalishlari maqsadli dasturlarining bajarilishini doimiy nazoratga olish va tanqidiy jihatdan baho berish, jamoat va nodavlat tashkilotlari bilan birgalikda dasturlarning bajarilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish;

- dastur loyihalarining bajarilishi yuzasidan hududdagi tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini doimiy komissiyalar majlislarida muhokama qilib borish;

- tuman hududini rivojlantirish boʻyicha belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini oʻz saylov okruglarida nazorat qilish vazifalari topshirilsin.

7. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, Amudaryo televideniyesi va amunews.uz veb-sayti tahririyatlariga ushbu qarorni hamda tuman hokimining hisobotini yoritish tavsiya etilsin.

8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Kazakov zimmasiga yuklatilsin.

 

Sessiya raisi:   M.Sadullayev.

 

Mangʻit shahri, № 51/14-05, 26 yanvar, 2016-yil.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019