16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Jamiyat 👁 4,071

YaXShI FAZILATLARIMIZ KITOB TUFAYLI

YaXShI FAZILATLARIMIZ KITOB TUFAYLI

Biror yolgʻonchining musiqiy asar taʼsirida rostgoʻy boʻlib qolishi qiyin. Ota-onasining yuziga oyoq qoʻygan biror kishining musiqa asari yordamida tuzalib, mehribon farzandga aylanishiga ham ishonib boʻlmaydi. Agar yolgʻonchida jindek vijdon boʻlsa, oʻz vijdoni pushaymonlarga olib borishi va oxir-oqibatda tarbiyalashi ham mumkin. Xuddi shuningdek, ota-onasini hurmat qilmay qoʻygan bola ham hayot taʼsirida oʻz xatosini tushunib yetishi, ota-onasi oldidagi burchini his etishi, hatto kechikib boʻlsa-da, tavba qilishi mumkin. Agar biror bola notoʻgʻri yoʻlga kirgan boʻlsa, unga nasihat qilsangiz, nasihatingizni toʻgʻri qabul qilmasligi mumkin. Lekin unga biror hayotiy ibratli hikoyani oʻqib bersangiz, u oʻz qilmishidan pushaymon boʻlishi tabiiy.

Shuning uchun men oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida kitobxonlik kechalari, "Men sevgan qahramon” mavzusidagi davra suhbatlari muhim oʻrin tutishini taʼqidlamoqchiman. Chunki, kitob inson maʼnaviy dunyosini boyituvchi eng muhim tarbiya vositasidir. Biz oʻzimiz uchun eng yaxshi fazilatlarni kitobdan olamiz.

 

Maqsuda QOʻChQOROVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

KOʻZGA TOʻTIYo KITOB

Ancha vaqt ilgari boʻlib oʻtgan bir vaqea meni oʻylantirib qoʻydi. Taksilar toʻxtash joyida tursam, yonimga yoshlari chamasi saksonga kirgan keksa otaxon kelib oʻtirdi, uning soch-soqoli oppoq, koʻzlarida koʻzoynak, qoʻllarida eski bir kitob bor edi. Yuzlaridan esa nur yogʻilib turardi. Otaxon oʻrindiqqa oʻtirdi-da, kitobni ochib, varaqlay boshladi. Men kitobga zimdan nazar tashladim. Kitob juda eski boʻlsa ham muqovasi oppoq qogʻoz bilan qoplangandi. Bir necha daqiqadan keyin avtobus kelib toʻxtadi. Men shoshib avtobusga chiqdim. Ortimdan asta-sekin otaxon ham avtobusga chiqdi. Avtobusda odam koʻpligidan boʻsh oʻrindiq yoʻq edi. U kishi tik oyoqda turgancha kitobni mutolaa qila boshladilar. Otaxon tik turganicha kitob oʻqiyotganiga mening bir havasim, bir rahmim kelardi. Avtobus sal boʻshab, otaxon oʻrindiqqa oʻtirib, kitob oʻqishda davom etdi. Xayolimdan "ota-bobolarimiz kitobni qanday asrab-avaylaganlar, biz yoshlar esa aksincha, uning qadriga yetmaymiz, baʼzan yirtib, iflos qilamiz, kattalarga hurmat, odob, uyalish tuygʻularidan begonalashib ketayapmiz”, –  degan oʻylar kechdi.

Ota-bobolarimiz kitobni qoʻllariga olganda avval oʻpib, koʻzlariga surtib, keyin ochib oʻqiganlar, iflos joylarga qoʻymaganlar. Hozirda esa kitobni emas, aksincha televizorni, telefonni, kompyuterni, hatto uyquni afzal biladiganlar koʻpaygan. Biroq Oʻzbekistonga bilimli, aqlli, dono, sogʻlom, oʻz ona Vataniga munosib farzandlar kerak. Buning uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan, faqatgina biz yoshlar ulardan unumli foydalana bilishimiz kerak.

 

Chinoroy OʻRINBOYeVA.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019