16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Adabiyot 👁 4,614

BOBUR GʻAZALLARI SEHRI

BOBUR GʻAZALLARI SEHRI

Asrlar davomida dunyo ahlini lol qoldirib kelayotgan, milliy sanʼatimiz barqarorligini taʼminlayotgan sabablardan biri – beqiyos tafakkur qudrati aks etgan asarlar yaratgan buyuk olim va adiblarimizning ijod mahsullari boʻlsa, ikkinchi sabab esa shunday bebaho sanʼat namunalarini ardoqlab saqlab, ajdodlardan-avlodlarga butun teranligi, goʻzalligi va jozibasi bilan yetkazib kelayotgan xalqimizning maʼnaviy merosimizga boʻlgan mislsiz ixlosidir.

Milliy sanʼatimizning muhim qismi boʻlgan mumtoz ashulalardan qay birini tinglamang, asrlar davomida sayqallanib kelayotgan bu sanʼat asarlaridagi purmaʼno gʻazal, jozibador kuy va sohir ovoz taʼsiridan rohatlanamiz va iftixor hislarini tuyamiz. Sababi, milliy qadriyatlarga sodiq qolib, bebaho maʼnaviy merosini bizchalik asrab-avaylab kelayotgan xalqlar  yer yuzida uncha koʻp emas.

Buyuk Alisher Navoiy va Bobur gʻazallari asosida yaratilgan ashulalarni tinglaganimizda yuqorida aytilgan fikrlar qayta-qayta yodimizga keladi. Maʼlumki, boshqa mashhur mumtoz adabiyotimiz vakillari singari bu ikki buyuk shoir mislsiz gʻazallar bitganliklari bilan birgalikda musiqa ilmining ham zukko bilimdonlari boʻlishgan.

Ularning asarlarini bir marotaba oʻqib, ularda ifoda qilingan fikrlarni uqib oldim, degan odam oʻzini qanchalik olim sanamasin, qattiq adashadi, chunki, bu gʻazallarda olam-olam maʼno, his-tuygʻu ifoda qilinganki, ularni faqat qayta-qayta oʻqish orqaligina tushunishimiz, his qilishimiz mumkin.

Agar puxta fikr qilsak, Bobur sheʼriyati yor va diyordan ajralgan shaxs hissiyotlarining ifodasidan iboratdir. Hatto oddiy tabiat manzarasi yoki narsalar ifodalangan baytlarda ham shu tuygʻular taʼsirini koʻramiz.

Qovun birlan uzumning hajridan koʻnglimda har su.

Oqar suvning firoqida koʻzimdan gar dam oqar su.

Qovun keltirilishi va buning Boburga qanday taʼsir qilganligi haqida "Boburnoma”da ham yozib qoldirilgan, lekin bu yerda shoir qovun va uzum vositasida ona yurtining beqiyos tabiatiga ishora qilib, oʻzining  qalbi tubidagi sogʻinchini ifoda qiladi. Hindistonda ham turfa xil mevalar yetiladi, lekin birortasi ham yurtimiz neʼmatlarining oʻrnini bosolmasligi taʼkidlanadi.

Bu baytda har su (har tomon) va oqar su (oqar suv) soʻzlari birga kelib, iyhom sanʼatini paydo qilgan. Iyhom – sheʼriy sanʼatlar ichida eng qiyini va qadrlanuvchisi sanaladi.

Yuqorida aytib oʻtgan fikrimizning isboti sifatida yana Bobur baytlariga murojaat qilamiz.

Xazon yafrogʻi yangligʻ gul yuzing hajrida sargʻardim.

Koʻrib rahm  aylagʻil, ey lola-ruh, bu chehrai zardim.

Shoir kuz fasli manzarasini koʻz oldiga keltirib, oʻz  umrining  kuzini – xazon faslini his qiladi va yor timsoli sifatida taqdiri azalga shunday murojaat etadi, xazon yaprogʻi, xajr, chehrai zard (sariq yuz) kabi gʻamli tashbihlari orqali koʻnglida kechayotgan yurt sogʻinchini  ifoda etadi.

Sen, ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Ayogʻingga tushub bargi xazondek muncha yolbordim.

Shoir qishin-yozin koʻm-koʻk libosini yechmaydigan sarv timsolida oʻzi yetolmagan orzu-niyatlarining yuksakligini koʻradi, oʻzini esa toʻkilgan yaproq sifatida his qiladi. Chunki, toʻkilgan yaproq judolik  ramzidir. Sarkashlik sifatida esa qismatning oʻjarligini, qanchalar iltijo qilmasin, taqdir uni ayanchli, umidsiz ahvolda qoldirayotganini afsus bilan qayd etadi.

Shoirning koʻnglini toj-taxt uchun talashib, uni ona yurtidan ayrilishga sabab boʻlgan amaki-yu togʻalar qilmishidan afsuslanish hissi chulgʻaydi va bir daqiqa ulardan oʻzining qutulganiga shukur qiladi:

Xazondek qon yoshim, sarigʻ yuzimdin el tanaffurda,

Ba har range, bihamdillah, ulusdan oʻzni qutqordim.

Yaʼni, mening qonli yoshimdan, sariq  yuzimdan el nafratlansa ham mayli, men bundan xursandman, men ulardan oʻzimni qutqardim.

Shoir boshiga tushgan omadsizlikni oʻzining baxt yulduzi yoʻqligidan koʻradi, chunki, munajjimlarning fikricha, har bir kishining bir yulduzi boʻladi va taqdiri shunga bogʻliq kechadi:

Ne toleʼdur mengakim, axtari baxtim topilmaydi,

Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim.

Falak varaqlaridan baxt axtari (yuzduzi)ni topolmagan shoir butun umri kechinmalarini esga oladi, chekkan mashaqqatlarini, yaxshi-yomon odamlarni koʻz oldiga keltiradi va ulus men haqda ne desa deyaversin, buning men uchun ahamiyati yoʻq, chunki, men har turli yaxshilikni ham, yomonlikni ham koʻrdim, deydi. Ulugʻ daholarning tafakkur mahsullari kabi Boburning bu gʻazalidagi fikrlari faqat zamondoshlari emas, balki bizga va kelgusi avlodlarga ham qaratilgandir. Shuning uchun biz ulugʻ shoirimizni sevamiz, gʻazallarini koʻngilarda ardoqlab saqlab, qoʻshiq qilib aytib yuramiz.

Ahmad NAFASOV,

"Jayxun ilhomlari”

NNT raisi.

(Foto - http://anons.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019