16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Adabiyot 👁 3,783

XAR KOʻNGILDA BIR ORZU

XAR KOʻNGILDA BIR ORZU

Mehri xola qishloqdagi qarindoshlarinikiga mehmonga bormoqchi boʻlib, yoʻlga chiqdi. Kun biram issiq, "yondiraman”, deydi. Qishloqqa yaqinlashgan sayin mashina oynasidan toza havo kirib, xolaning dili yayradi. Bogʻlardan taralayotgan mevalar hidi dimogʻini qitiqladi.

Mehri xolani qarindoshlari juda yaxshi kutib olishdi.

Uy egalarining farzandlari xolani oʻrab olishdi.

- Men 7-sinfda oʻqiyman, men esa 4-sinfda tahsil olaman, men boʻlsam, 8 yoshdaman, - deya chugʻurlashdi bolalar. – Sizni endi uyingizga qoʻyib yubormaymiz, – deyishib, xolaga girdikapalak boʻlishdi.

Ertalab yuz-qoʻllarini yuvgan bolalar xontaxta atrofiga kelib oʻtirishdi. Ularning salom bermay, kirib kelganidan Mehri xolaning koʻngli biroz xijil boʻldi. Bolalar  nonushta qilib boʻlishganidan keyin:

- Bolalarim, sizlar bir uyda yashasalaring ham ertalab bir-biringizga, ayniqsa kattalarga salom berishlaringiz kerak. Kechasi esa xayrli tun tilasalaringiz, bir-biringizga mehringiz yanada ortadi, - dedi.

Ertasiga oʻgʻil-qizlar qoʻllari koʻksida, "assalomu alaykum”, deb kirib kelganlarini koʻrishgan ota-onaning va Mehri xolaning yuzlarida goʻyo quyosh balqigandek boʻldi...

* * *

Rixsi xolaning shahar bozorini aylanib, koʻzi quvonadi. Bozorda yoʻq narsaning oʻzi yoʻq. Moʻl-koʻlchilik, toʻkinchilik. "Koʻz tegmasin yurtimizga” deya oʻyladi xola bozor aylanarkan.

Xola uyiga qaytish uchun yoʻlovchi mashinaga chiqdi. Mashinada 30 yoshlar chamasidagi yigit, 15-16 yoshlar chamasidagi ikki nafar oʻgʻlonlar oʻtirishgan ekan. Xola oʻtirishi bilan mashina oʻrnidan jildi. "Shahar biram goʻzal, yoʻlning ikki tarafida koʻrkam binolar koʻzni oladi-ya”, quvondi xola atrofni tomosha qilarkan.

Bir uy yonida 12-13 yoshdagi 2-3 nafar oʻgʻil bolalarning milliy oʻyinimiz "langi” oʻyinini oʻynashayotganiga koʻzi tushgan 30 yoshlar chamasidagi yigit: 

- Anavilarni qarang, anovi bolalar "langi” oʻyinini oʻynashayapti. Men koʻp paytdan beri bolalarning bu oʻyinni oʻynashganini koʻrmagan edim. Biz yosh paytimizda oʻynar edik, - deya hayratlandi.

Yigitning bolalarcha quvonib gapirishidan uning bolaligini qoʻmsayotganini sezgan Rixsi xola:

- Ha biz ham bolaligimizda "besh tosh”, "meni top”, "ip sakrash” oʻyinlarini oʻynardik. Bu oʻyinlar bizning milliy oʻyinlarimiz. Sening ham oʻgʻil-qizlaring boʻlsa, oʻrgatsang, ular ham oʻynaydilar. Milliy oʻyinlarimiz ham bizlarning boyligimiz. Avloddan-avlodga oʻtguvchi bu oʻyinlarimizning xosiyatlari koʻp. Masalan: shu "langi” oʻyinida bolalarning oyoq mushaklari chiniqadi, baquvvat boʻladi, qon aylanishi yaxshilanadi. "Kim topar” oʻyinida bolaning ongi oʻsadi, "besh tosh” oʻyinida qoʻl barmoqlarining sezgirligi oshadi. Hozirgi paytda bolalar televizor qarshisida koʻproq  oʻtiradi, kompyuter oʻyinlari oʻynaydi, juda boʻlmasa, telefon bilan mashgʻul. Televizor koʻrmasin, kompyuter oʻynamasin, telefon ushlamasin, demaymiz, lekin har narsa meʼyorida boʻlgani maʼqul, – dedi xola.

Xolaning bu oqilona mulohazasidan koʻngli joʻsh urgan haydovchi ham, 30 yoshdagi yoʻlovchi ham. – Milliy oʻyinlarimizni albatta bolalarimizga oʻrgatish kerak, - deyishdi. Mashinadagi ikkala oʻgʻil bolaning ham milliy oʻyinlarimizga qiziqishayotgani yuz-koʻzlaridan sezilib turardi.

* * *

Umr oqar daryo, deyishgani rost ekan. Mana 50 yoshdan ham oʻtib qoldim. Yoshlikda charchash nimaligi hech bilinmas ekan.  Endi mana mashina bekatiga yetguncha charchab qolyapman-a, - degan xayollar bilan qadam bosib kelayotgan ayolning xayolini erkak kishining "Sarvimisan?” degan ovozi boʻldi.

Roʻparada bir sinfda taʼlim olgan sinfdoshi Baxtiyor turardi.

Koʻp yillardan beri bir-birlarini uchratmagan sinfdoshlar quyuq soʻrashishdi. Oila haqida gap ketar ekan, Baxtiyor:

- Turmush oʻrtogʻim qazo qilganiga ikki yil boʻldi. Oʻgʻillarimni uylantirdim, qizlarimni uzatdim. Umr yoʻldoshsiz erkak kishiga juda qiyin boʻlarkan, - dedi.

- Taqdirda borini koʻraverasan ham, koʻnaverasan ham. Erim qazo qilganiga 10-yildan oshdi. Oila yukini bir oʻzim koʻtarishim oson boʻlmadi. Shukurlar boʻlsin, oʻgʻilni uylantirib, qizni uzatib, boʻynimdagi burchni oʻtadim. Endi nevaralar bor. Shular uchun yashashda davom qilyapman... Soʻng bir zum tin oldida, sinfdoshiga:

- Yolgʻizlik qiyin kechishi maʼlum. Tengingiz topilar, uylanib oling, - dedi Sarvi.

- Sen turmushga chiqmaysanmi? deya hazilomuz kulib qoʻydi Baxtiyor.

- Hazilingiz ham bor boʻlsin. Shu yoshda turmushga chiqib, bolalarim yuzini yerga qarataymi? Endi kech. Aytishadi-ku oʻzim uchun yashay deganda, umr tugab qolar ekan, deb.

Shu orada avtobus ham kelib qoldi.

- Mayli, sogʻ boʻling, - deya xayrlashib avtobusga chiqarkan, sinfdoshining maʼyus nigohi Sarvini kuzatib qolganday boʻldi...

Gulnora YuSUPOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019