17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:28
Jamiyat 👁 6,170

“Biz — buyuk yurt farzandlarimiz!”

“Biz — buyuk yurt farzandlarimiz!”

2016-yil 17-aprel kuni tumanimizda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlanib "Biz — buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivali oʻtkazildi. Festival yoshlarni mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, demokratik oʻzgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda Vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik va shukronalik tuygʻusini shakllantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni "ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiridan saqlash, kelajagimiz egalarini milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilindi.

Tumanimizning minglab yoshlari qamrab olingan festival doirasidagi tadbirlarda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Zuhra Ashurova, xonanda Toshpoʻlat Matkarimov, aktyor Umid Shodmonov, OʻzR FA fizika instituti ilmiy xodimi Azizbek Boltaboyev, Yoshlar media markazi xodimi Oʻtkir Noʻʼmonov va boshqalar ishtirok etishdi.



Dastlab Amudaryo akademik litseyida "Odam savdosi – davr muammosi”, "Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” loyihalari doirasida yoshlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Uchrashuvda inson, uning shaʼni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan odam savdosi va yot gʻoyalar taʼsiridan yoshlarni asrash, ularni sogʻlom eʼtiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash hamda turli diniy oqimlar taʼsiridan asrash mavzularida maʼruzalar tinglandi.


9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Siz sevgan qahramonlar” loyihasi doirasida yoshlarning kino va teatr aktyorlari hamda estrada xonandalari bilan ijodiy uchrashuvi oʻtkazildi.



Uchrashuvda soʻz olganlar davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida toʻxtalib, yoshlarni ona Vatanimiz ravnaqi yoʻlida sidqidildan xizmat qilishga chorladi. Ishtirokchilar sevimli qahramonlariga hayoti va ijodiy faoliyatiga oid savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javoblar oldilar.



Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida "Zamonamiz qahramonlari” loyihasi doirasida turli sohalarda yutuqlarga erishgan yoshlar, davlat mukofotlari sohiblari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazildi.



Uchrashuvda Vatanimiz ishonchi, el-yurt suyanchi boʻlmish iqtidorli yoshlar oʻzlariga qaratilayotgan eʼtibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun Yurtboshimizga minnatdorchilik bildirdilar.

"Nuroniylar eʼzozimizda” loyihasi doirasida esa patronaj yoshlar guruhlari tomonidan tumanimizning 5 ta hududida yashovchi 5 nafar urush qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari, yolgʻiz qariyalar va nogiron keksalar holidan xabar olinib, ularning uy yumushlariga koʻmaklashildi. Festival mehmonlari ham nuroniylarning oilalariga tashrif buyurib, ularga esdalik sovgʻalari topshirdilar va duolarini oldilar.



Bundan tashqari, 300 nafar tumanimiz yoshlari Ellikqalʼa tumanida oʻtkazilgan yakuniy gala-kontsertda ishtirok etib qaytishdi.

Yoshlarni yurt istiqboli yoʻlida birlashtirish, ularni yanada yuksak marralar sari chorlash maqsadida tashkil qilingan festival, uning doirasida oʻtkazilgan barcha tadbirlar ishtirokchilarda olam-olam taassurotlar qoldirdi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026